“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 16:55
ЎЗO‘Z

Prezident koronavirus bo‘yicha farmoyish chiqardi

01 fev, 15:33 6 227 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Prezident koronavirus bo‘yicha farmoyish chiqardi Prezident farmoyishi bilan respublika maxsus komissiyasi tuzildi. Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi ko‘rilayotgan choralar haqida batafsil ma’lumot berdi.

29 yanvar kuni «O‘zbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha respublika maxsus komissiyasini tashkil etish to‘g‘risida» prezident farmoyishi qabul qilindi.

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligidan ma’lum qilishlaricha, 28 yanvar kuni Vazirlar Mahkamasida Bosh vazir boshchiligida Epidemiyaga qarshi kurash favqulodda komissiyasining yig‘ilishi o‘tkazilgan.

31 yanvarda O‘zbekistonga 28 mingdan ortiq kishi kirib kelgan
Kecha I.Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportiga xorijdan 38ta samolyot uchib kelib, 4194 nafar fuqaro sanitariya-karantin punktlarida termometriyadan o‘tkazilgan, shulardan 84 nafari Xitoyda o‘qiydigan talabalardir.

«Termometriyadan o‘tkazilgan fuqarolar orasida 1 nafar Rossiyadan uchib kelgan fuqaroda tana harorati yuqoriligi aniqlangan, shifokorlar tomonidan epidemiologik surishtiruv o‘tkazilganda tana harorati ko‘tarilgan bemor, koronavirus kasalligiga gumon qilingan yoki kasallik bilan kasallangan bemorlar bilan muloqotda bo‘lmaganligi aniqlangan», – deyiladi agentlik xabarida.

«O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ markaziy SESiga qarashli 6ta SKPdan 5ta poyezdda 953 nafar fuqaro o‘tishgan va ular o‘rtasida tana harorati ko‘tarilgan bemorlar aniqlanmagan.

Davlat chegara posti orqali o‘tuvchi sanitar-karantin punktlari – Toshkent viloyatining «G‘isht-ko‘prik», «Oybek», Surxondaryoning «Ayraton», «Gulbahor» va Daryo porti hamda Andijon viloyatining «Do‘stlik» SKPlari orqali 2158ta avtotransport, 23570 nafar fuqaro o‘tkazilgan, ular orasida yuqumli kasallikka gumon qilingan bemorlar aniqlanmagan.

Agentlikning virusologiya laboratoriyasiga koronavirusga tekshirish uchun 21 nafar fuqarodan namunalar olib kelingan, namunalar orasida koronavirus topilmagan.

31 yanvar holatiga respublika fuqarolari orasida koronavirus infeksiyasi qayd etilmagan.
Ta’kidlanishicha, Sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi agentligida tashkil qilingan shtab 24 soat davomida faoliyat olib bormoqda.

«Agentlik mutaxassislari tomonidan ishonch telefonlari orqali koronavirusning oldini olish borasida Xitoydan kelayotgan va o‘qiyotgan talabalar va ularning ota-onalari, tadbirkorlar va boshqa soha xodimlariga tegishli tushuntirishlar va tavsiyalar berib borilmoqda.

31 yanvar kuni Toshkent vrachlar malakasini oshirish institutida koronavirus infeksiyasi etiologiyasi, klinikasi va profilaktikasi hamda kasallikka gumon qilinganda tibbiy xodimlarni tezkor harakatlari mavzusida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, viloyatlar Sog‘liqni saqlash boshqarmalari va Toshkent shahar Sog‘liqni saqlash Bosh boshqarmasining reanimatologlari, infeksionistlari va Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazlarining epidemiologlari o‘rtasida o‘quv-seminari o‘tkazildi.

Barcha ma’muriy hududlarda reanimatolog, infeksionist, epidemiologlardan iborat 3tadan tezkor harakatlar brigadalari tashkil etildi, shuningdek mazkur o‘quv-seminarda Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining vakillari ishtirok etishdi», – deyiladi agentlikning kunlik ma’lumotida.

Eslatib o‘tamiz, fevral oyiga kelib virus qurbonlari soni 259 nafarga yetdi, infeksiya yuqtirgan soni 11791 kishini tashkil etmoqda. Bir kun ichida virus bilan kasallanganlar soni 2102 nafarga ko‘paygan. Shu bilan birga, sog‘ayib ketganlar soni 243 nafarga yetdi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi 30 apr, 19:54 532
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 135
  • “O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 28 apr, 11:05 119
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 210
  • «O‘zgidromet» 23 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 22 apr, 12:20 144
  • O‘zbekistonda 22 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumoti 22 apr, 00:55 174
  • So'nggi yangiliklar
  • AQSHda erkak xotinini pichoqlab, uni tiriklayin ko‘mdi, ayol esa tirik... 03 мая, 15:54 15
  • O‘zbekiston va Qatar ishchilarni jalb etish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yyapti 03 мая, 15:47 6
  • Rossiya qo‘shinlari Nigerdagi AQSH bazasiga joylashdi 03 мая, 14:59 48
  • «Ziki eski shahar» laqabi bilan tanilgan Lutfulla Umarovga sud hukmi o‘qildi 03 мая, 14:56 40
  • Osiyo kubogi final uchrashuvi: Bugun “oq bo‘rilar” yapon “samuraylari”ga qarshi maydonga tushadi 03 мая, 14:10 40
  • AQSHda og‘ir-bosiqligi bilan mashhur bo‘lgan alligator o‘g‘irlab ketildi (foto) 03 мая, 13:43 60
  • SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi? 03 мая, 13:25 129
  • OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni 03 мая, 13:00 43
  • Iroq U-23 ustozi Radhi Shenaishil: "Qo‘l ostimdagi barcha futbolchilar Olimpiadaga borishga munosib" 03 мая, 12:44 39
  • Indoneziya U-23 murabbiyi Shin Tae Yong: "Oxirgi imkoniyatdan foydalanishga urinib ko‘ramiz" 03 мая, 12:23 62
  • O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari ham Rossiyaga kiritilmayapti 03 мая, 12:00 185
  • Baxt aslida nimadaligini tushunishga yordam beradigan 5 ta film 03 мая, 11:37 40
  • Bo‘limlar