“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 12:18
ЎЗO‘Z

O‘zbekistonda yangi kodeks ishlab chiqiladi

02 yanv, 09:30 3 405 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekistonda yangi kodeks ishlab chiqiladi O‘zbekiston Respublikasining Sog‘liqni saqlash kodeksi ishlab chiqiladi. Bu haqda 2020 yilda qonun loyihalarini ishlab chiqish va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish dasturi loyihasida aytilgan.

Qayd etilishicha, Qonun loyihasini ishlab chiqish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 7 dekabrdagi PF–5590-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2019–2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirish konsepsiyasini amalga oshirish chora-tadbirlari dasturining 7-bandida nazarda tutilgan.

Kodeks loyihasida quyidagilar nazarda tutiladi:
- sog‘liqni saqlash sohasida amaldagi qonun normalarini birlashtirish;
- sog‘liqni saqlash sohasini aniqlovchi asosiy atamalar;
- sog‘liqni saqlash tizimi va tibbiy yordamni tashkil etish;
- tibbiy va farmatsevtik faoliyatni belgilash, ko‘rsatiladigan xizmat hajmi va turlarini aniqlash;
- sog‘liqni saqlash sohasini davlat tomonidan tartibga solish, boshqarish va nazorati, shuningdek, idoralararo hamkorlik qilish;
- sog‘liqni saqlash tizimini moliyalashtirish;
- sanitariya-epidemiologik nazoratni tashkil qilish;
- sog‘liqni saqlash sohasida ta’lim va ilmiy faoliyatni normasini belgilash;
- sog‘liqni saqlash sohasidagi huquqiy munosabatlarda tomonlarning huquq va majburiyatlari;
- tibbiy va farmatsevtik faoliyatlarning ayrim turlarini huquqiy tartibga solish va boshqalar.

Mas’ul ijrochilar - Sog‘liqni saqlash vazirligi, Oliy Majlis huzuridagi Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti, Innovatsion sog‘liqni saqlash milliy palatasi, Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi. Vazirlar Mahkamasiga taqdim etish muddati - 2020 yil 1 iyul, Qonunchilik palatasiga kiritishning taxminiy muddati - 2020 yil 1 avgust.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi 30 apr, 19:54 516
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 134
  • “O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 28 apr, 11:05 119
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 210
  • «O‘zgidromet» 23 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 22 apr, 12:20 142
  • O‘zbekistonda 22 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumoti 22 apr, 00:55 172
  • So'nggi yangiliklar
  • Ruslanbek Jiyanov: "Yaponiya terma jamoasi bilan ikki yil avval ham to‘qnash kelganmiz" 02 мая, 11:53 0
  • Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi 02 мая, 11:30 35
  • Kolumbiya Isroil bilan diplomatik aloqalarni uzdi 02 мая, 11:06 13
  • Saudiya Arabistoni energetika vaziri O‘zbekistonga tashrif buyuradi 02 мая, 10:43 6
  • Rossiya hududlari dronlar hujumi haqida xabar berdi 02 мая, 10:20 70
  • Germaniyada Rheinmetall qurol kompaniyasi rahbarining dachasi yoqib yuborildi 02 мая, 09:56 55
  • Taniqli aktyor va rejissyor Mashrab Kimsanov 69 yoshida vafot etdi 02 мая, 09:36 84
  • Toshkentda voyaga yetmagan qizga shilqimlik qilgan yigitga sud hukmi o‘qildi 02 мая, 09:31 65
  • Tbilisidagi namoyishlar: politsiya qalampir gazidan foydalandi 02 мая, 08:53 24
  • AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi 02 мая, 08:32 129
  • Ronaldu "Al Nassr"ni Qirol kubogi finaliga olib chiqdi 02 мая, 08:27 83
  • Chempionlar ligasi 1/2 final. “Borussiya D” o‘z maydonida “PSJ”ni kichik hisobda mag‘lub etdi 02 мая, 08:21 42
  • Bo‘limlar