“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 19:29
ЎЗO‘Z

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqini Yangi yil bilan tabrikladi (video)

01 yanv, 00:02 3 748 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqini Yangi yil bilan tabrikladi (video) 2020 yil kirib kelishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqiga yangi yil tabrigini yo‘lladi. Prezidentning bayram tabrigi O‘zbekistonning barcha markaziy telekanallari orqali o‘qib eshittirildi.
Шавкат Мирзиёев Ўзбекистон халқини Янги йил билан табриклади

2020 йил кириб келиши муносабати билан Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Ўзбекистон халқига янги йил табригини йўллади. Президентнинг байрам табриги Ўзбекистоннинг барча марказий телеканаллари орқали ўқиб эшиттирилди.

Опубликовано Kun.uz Вторник, 31 декабря 2019 г.

Aziz vatandoshlar!

Mana shu quvonchli lahzalarda siz, azizlarni, ko‘p millatli butun xalqimizni Yangi yil bayrami bilan chin qalbimdan muborakbod etaman! Barchangizga sihat-salomatlik, oilaviy baxt tilayman!

O‘tib borayotgan yil mamlakatimiz uchun unutilmas voqealarga boy bo‘ldi. Turli qiyinchilik va sinovlarni ham boshimizdan kechirdik.

Xalqimizning fidokorona mehnati bilan «Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili»da ulkan yutuqlarga erishdik. Mamlakatimiz salohiyati va raqobatbardoshligini oshirish yo‘lida yangi qadamlar qo‘yildi.

Iqtisodiyotimizning yetakchi soha va tarmoqlari jadal rivojlanmoqda. Yuqori texnologiyalarga asoslangan zamonaviy korxonalar, yangi transport tizimlari ishga tushirilmoqda.

Mirishkor dehqon va fermerlarimiz, murakkab ob-havo sharoitiga qaramasdan, mo‘l hosil yetishtirdilar.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka keng yo‘l ochildi.

Yil davomida hududlarda aholi, ayniqsa, yoshlarimiz, xotin-qizlar uchun ko‘plab yangi ish o‘rinlari yaratildi.
Davlat dasturlari asosida shahar va qishloqlarimiz, yurtimiz qiyofasi butunlay o‘zgarmoqda.

2019 yilda ming-minglab yurtdoshlarimiz, jumladan, kam ta’minlangan oilalar shinam uy-joylarga ega bo‘ldilar.
Ilm-fan, ta’lim va tarbiya sohasida tub burilish davri boshlandi.

Yangi-yangi bog‘cha va maktablar, oliy o‘quv yurtlari, yetakchi xorijiy universitetlarning filiallari, shifoxonalar, madaniyat va sport maskanlari bunyod etilmoqda.

Eng muhimi, odamlarimizning hayot darajasi, Vatan taqdiriga daxldorlik tuyg‘usi, ertangi kunga ishonchi tobora kuchaymoqda.
Jamiyatimizda demokratiya tamoyillari, ochiqlik va erkinlik muhiti chuqur qaror topmoqda.

Kuni kecha Oliy Majlis va mahalliy kengashlarga bo‘lib o‘tgan saylovlar buni yaqqol tasdiqladi. Saylovlar O‘zbekiston demokratik taraqqiyot yo‘lidan ortga qaytmasligini yana bir bor isbotladi.
Mustaqilligimiz, osoyishta hayotimiz kafolati bo‘lgan Qurolli Kuchlarimizning jangovar salohiyati mustahkamlanmoqda.

Tinchliksevar va amaliy tashqi siyosat olib borayotgan davlatimizning xalqaro maydondagi obro‘-e’tibori ortib bormoqda.
Muxtasar aytganda, 2019 yil yangi O‘zbekiston tarixida har tomonlama yorqin iz qoldirmoqda.

Hurmatli yurtdoshlar!
Biz milliy yuksalishning muhim bosqichiga qadam qo‘ymoqdamiz.

2020 yilda ham iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda keng ko‘lamli islohotlarimizni faol davom ettiramiz.
Xususiy mulk, tadbirkorlik va biznes uchun yanada qulay muhit yaratishga, yangi ish o‘rinlari tashkil etishga alohida ahamiyat qaratamiz. Ish haqi, pensiya, stipendiya va nafaqalarni, aholi real daromadlarini ko‘paytirish e’tiborimiz markazida bo‘ladi.

Odamlarimizning yashash sharoitini, kommunal-maishiy xizmat sifatini yaxshilash, arzon va qulay uy-joylar qurish bo‘yicha boshlagan ishlarimizni yanada kengaytiramiz.

Farzandlarimizga munosib ta’lim va tarbiya berishga, ularning qobiliyat va iste’dodini ro‘yobga chiqarishga barcha kuch va imkoniyatlarimizni safarbar etamiz.

Aholi salomatligini mustahkamlash, sog‘lom turmush tarzini qaror toptirishga qaratilgan ishlarimiz yangi bosqichga ko‘tariladi.
Nuroniy faxriylarimiz, munis opa-singillarimizga e’tibor va g‘amxo‘rlikni yanada kuchaytiramiz.

Ijtimoiy himoya va ko‘makka muhtoj yurtdoshlarimizni doimiy qo‘llab-quvvatlashga birinchi darajali ahamiyat beramiz.
Tinchlik va barqarorlikni, jamiyatimizda o‘zaro hurmat va ahillikni mustahkamlash asosiy vazifamiz bo‘lib qoladi.
Bu borada dunyo hamjamiyati, avvalo, yon qo‘shnilarimiz bilan samarali hamkorlikni har tomonlama kuchaytiramiz.

Aziz yurtdoshlarim, qadrdonlarim!
2020 yil har bir oila, har qaysi xonadonga qut-baraka, baxt va omad olib kelsin!
Barcha ezgu maqsadlarimiz ro‘yobga chiqsin!

Jonajon O‘zbekistonimiz gullab-yashnasin!
Yangi yil barchamizga muborak bo‘lsin!




Mavzuga oid yangiliklar
  • Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi 30 apr, 19:54 533
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 135
  • “O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 28 apr, 11:05 119
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 210
  • «O‘zgidromet» 23 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 22 apr, 12:20 144
  • O‘zbekistonda 22 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumoti 22 apr, 00:55 174
  • So'nggi yangiliklar
  • Saudiya Arabistonida 100 ming nafargacha o‘zbekistonliklar doimiy ishga joylashtirilishi mumkin 03 мая, 18:53 0
  • Chilonzorda 1 yoshli qizaloqni daraxt bosib qoldi 03 мая, 18:39 0
  • Usmon Toshev: "Olimpiadaga chiqqanimizdan 20 daqiqa o‘tgach, ko‘plab jamoalardan takliflar tushdi" 03 мая, 18:34 1
  • Saul Alvares: "U o‘z jangchisiga tupurib qo‘ygan!" 03 мая, 18:26 0
  • ISHIDga aloqadorlikda gumonlangan o‘zbekistonlik AQSHda 2 yil erkin yashagani aniqlandi 03 мая, 18:21 1
  • Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi 03 мая, 18:08 0
  • “Zenit” futbolchisi Fayzullayev haqida nimalar dedi? 03 мая, 16:31 129
  • AQSHda erkak xotinini pichoqlab, uni tiriklayin ko‘mdi, ayol esa tirik... 03 мая, 15:54 182
  • O‘zbekiston va Qatar ishchilarni jalb etish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yyapti 03 мая, 15:47 38
  • Rossiya qo‘shinlari Nigerdagi AQSH bazasiga joylashdi 03 мая, 14:59 144
  • «Ziki eski shahar» laqabi bilan tanilgan Lutfulla Umarovga sud hukmi o‘qildi 03 мая, 14:56 101
  • Osiyo kubogi final uchrashuvi: Bugun “oq bo‘rilar” yapon “samuraylari”ga qarshi maydonga tushadi 03 мая, 14:10 88
  • Bo‘limlar