“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 08 2024, 14:05
ЎЗO‘Z

Shavkat Mirziyoyev: «Endi O‘zbekistonda investitsiya bo‘yicha aniq qonun ishlaydi»

30 dek, 07:04 2 912 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Shavkat Mirziyoyev: «Endi O‘zbekistonda investitsiya bo‘yicha aniq qonun ishlaydi» Shavkat Mirziyoyev 28 dekabr kuni «Navoiyazot» AJ negizidagi majmua ochilishi marosim davomida O‘zbekistonda investorlarga yaratib berilayotgan imkoniyatlarning qonuniy kafolatlari haqida ham gapirdi.

«Tan olaylik, shu paytga qadar O‘zbekistonda investorlarga xavf bor edi. Ular bizning davlatga pul tikishga qo‘rqishardi.
Investitsiya faoliyati qaror bilan tartibga solinardi, ammo bu qaror istalgan paytda, istalgan kishi foydasiga ishlab ketavergan.

Men yaqinda «Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to‘g‘risida»gi qonunni imzoladim. Bu qonun endilikda investorlarga kafolat bo‘ladi. To‘g‘ri, bu kimgadir yoqadi, kimgadir esa yo‘q, lekin endi O‘zbekistonda bu sohada ham aniq va qat’iy qonun ishlaydi», — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Prezident shuningdek, endilikda istalgan investor dunyoning istagan joyida turib O‘zbekistonda amalga kiritilgan qonun haqida ma’lumot olishi va investor huquqlari himoya qilinishiga ishonch hosil qilishi mumkinligini ta’kidlagan.

Eslatib o‘tamiz, shu yilning 26 dekabr kuni O‘zbekiston prezidenti «Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to‘g‘risida»gi qonunni imzoladi.
Qonun Qonunchilik palatasi tomonidan 2019 yil 9 dekabrda qabul qilingan, Senat tomonidan 2019 yil 14 dekabrda ma’qullangan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • 5 may kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 04 мая, 11:46 146
  • Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi 30 apr, 19:54 562
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 144
  • “O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 28 apr, 11:05 127
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 212
  • «O‘zgidromet» 23 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 22 apr, 12:20 145
  • So'nggi yangiliklar
  • Dunyodagi eng ko‘p millionerlar yashaydigan shaharlar e’lon qilindi 08 мая, 13:37 0
  • OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda 08 мая, 13:09 129
  • Olimpiadaga chiqqan futbolchilar qancha mukofot pullari olgani ma’lum bo‘ldi 08 мая, 12:50 171
  • Gollivudning eng uyatchan yulduzlari (foto) 08 мая, 12:22 123
  • Hindiston aeroportida ikki nafar o‘zbekistonlik 5 kilo oltin bilan ushlandi 08 мая, 12:00 51
  • BMT Isroilni xalqaro huquqning barcha normalarini buzganlikda aybladi 08 мая, 11:35 28
  • Si Szinpin Makronni omma oldida e’tibordan chetda qoldirdi 08 мая, 11:16 195
  • Luis Enrike PSJning ECHLdan chiqib ketishiga munosabat bildirdi 08 мая, 10:58 113
  • Onkolog tatuirovka ishqibozlarini jiddiy ogohlantirdi 08 мая, 10:35 43
  • Putin Rossiyada tug‘ilishni ko‘paytirishga buyruq berdi 08 мая, 10:16 175
  • Rossiyalik xaker uchun 10 million dollar va’da qilindi 08 мая, 09:53 162
  • “Chelsi”ning eng yomon o‘yinchilari nomi aytildi 08 мая, 09:30 76
  • Bo‘limlar