“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 03:13
ЎЗO‘Z

«Bankrotlik to’g’risida»gi qonunga o’zgartishlar kiritildi

15 dek, 14:32 2 830 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
«Bankrotlik to’g’risida»gi qonunga o’zgartishlar kiritildi «Bankrotlik to’g’risida»gi qonunga o’zgartish va qo’shimchalar kiritish to’g’risidagi qonun Prezident tomonidan imzolandi. Bu haqda «Huquqiy axborot» kanali ma'lum qildi.

Qonun bilan kiritilgan o’zgartishlarga ko’ra, bankrotlik to’g’risidagi ishni qo’zg’atish uchun beriladigan arizada qarzdor va kreditorlarga to’lov qobiliyatini tiklash yoki tugatish tartibotlari qo’llashni ko’rsatgan holda murojaat etish huquqi berildi.

Kreditorlar yig’ilishida kreditorlar tomonidan ovoz berishda guruhlarga bo’lish va har bir kreditor guruhining ovozlari alohida inobatga olish amaliyoti joriy etildi. Shuningdek, endilikda kelishuv bitimi bankrotlik taomili deb hisoblanmaydi. Qarzdor va kreditorlar iqtisodiy sud tomonidan bankrotlik to’g’risidagi ishni ko’rib chiqishning har qanday bosqichida kelishuv bitimi tuzishga haqli.

Qonunga ko’ra, bankrotlik to’g’risidagi ishni ko’rish muddati 1 oy etib belgilandi (hozirga qadar bu muddat 2 oy edi).

Shu bilan birga, endilikda sud sanatsiyasi ko’pi bilan 24 oy muddatga joriy etiladi (hozirga qadar 24 oy joriy etilib, iqtisodiy sud tomonidan ko’pi bilan 6 oyga uzaytirilishi mumkin edi). Ushbu qonun rasmiy e'lon qilingan kundan e'tibordan kuchga kiradi.

Manba: Kun.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi 30 apr, 19:54 508
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 132
  • “O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 28 apr, 11:05 119
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 210
  • «O‘zgidromet» 23 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 22 apr, 12:20 142
  • O‘zbekistonda 22 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumoti 22 apr, 00:55 172
  • So'nggi yangiliklar
  • Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi 02 мая, 00:24 11
  • Navoiyda avtomashinasiga sirena o‘rnatib harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi 02 мая, 00:03 6
  • Ar-Riyodda forum: AQSH-Xitoy tirashuvi va Yaqin Sharq inqirozi diqqat markazida 02 мая, 00:02 16
  • Jarimalardan 100 mln so‘m qarzi bor avtomobil Qamchiq dovonida ushlandi 01 мая, 23:50 14
  • Netanyahu HAMASga qarshi operatsiyani yakunlashdan bosh tortdi 01 мая, 23:45 37
  • Ukraina kamikadze dronlari Belgorod viloyatidagi aholi punktlariga hujum uyushtirdi 01 мая, 23:28 27
  • Joze Mourino Yevro—2024 favoritlarini sanab o‘tdi 01 мая, 23:10 22
  • Moskvada Ukrainadan tortib olingan NATO harbiy texnikalari ko‘rgazmasi o‘tkazildi 01 мая, 22:44 124
  • Nyu-York politsiyasi Falastin tarafdori bo‘lib namoyish o‘tkazgan 282 talabani hibsga oldi 01 мая, 22:22 24
  • Samarqandda YPX xodimi haydovchidan pora so‘radi: “Uch kishiga tushlik olib keling” 01 мая, 22:00 99
  • Fransiyalik taniqli aktyor Jerar Deparde jinsiy tajovuzda ayblab, hibsga olindi 01 мая, 21:36 67
  • Shavkat Mirziyoyev ikki yirik tuzilma rahbarlari bilan muloqot o‘tkazdi 01 мая, 21:13 65
  • Bo‘limlar