“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 21:02
ЎЗO‘Z

Prezident: “Prokuror qarori ustidan sudga murojaat qilish tartibi joriy etiladi”

08 dek, 17:27 2 806 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Prezident: “Prokuror qarori ustidan sudga murojaat qilish tartibi joriy etiladi” Prezident Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 27 yilligiga bagʻishlangan tantanali yigʻilishdagi maʼruzasida prokuratura idoralari faoliyati tufayli koʻplab kishilar jabrlangani haqida gapirdi.

«Kelgusi yildan boshlab prokuror qarori ustidan sudga murojaat qilish tartibi joriy etiladi. Shu orqali surishtiruv va dastlabki tergov jarayonida muvozanatni, yaʼni oʻzaro tiyib turish tamoyillarini taʼminlash imkoni yaratiladi. Bunday muhim oʻzgarish ham bizning tajribamizda birinchi marta joriy etilmoqda.

Sir emas, ilgari prokuratura idoralari nihoyatda yopiq, nazoratdan xoli bir organga, taʼbir joiz boʻlsa, oxirgi instansiyaga aylanib qolgan edi. Buning oqibatida qancha-qancha odamlar nohaq jabr chekkani, adolatsizlikka duchor boʻlgani ham ayni haqiqat. Qanchalik ogʻir va noxush boʻlmasin, biz shu haqiqatni tan olib, bu sohada qonuniylik va adolatni qaror toptirishga kirishdik.

Ishonamanki, prokuror qarori ustidan sudga murojaat qilish boʻyicha rivojlangan demokratik mamlakatlarda amal qiladigan bunday tajribani joriy etish hayotimizda adolat mezonini mustahkamlashda ulkan qadam boʻladi», dedi prezident.

Davlat rahbari sud biror mansabdor shaxsning qoʻli yetadigan idoraga aylanib qolishiga mutlaqo yoʻl qoʻymaslik shartligiga eʼtibor qaratdi.

«Sudlarning chinakam mustaqilligini taʼminlash biz uchun eng ustuvor vazifadir. Ayniqsa, sud biron-bir mansabdor shaxsning qoʻli yetadigan idoraga aylanib qolishiga mutlaqo yoʻl qoʻymaslik shart. Shu sababli sud ishlariga aralashgani yoki sudga bosim oʻtkazgani uchun javobgarlikni kuchaytirish lozim.

Keyingi paytda Xalq qabulxonalariga kelib tushayotgan murojaatlarning aksariyati sud, prokuratura, ichki ishlar idoralari faoliyatidagi kamchiliklarga taalluqli. Shuni inobatga olib, ushbu idoralar xalqimiz bilan ishlashning mutlaqo yangi tizimini yaratishi zarur. Har bir ariza va shikoyatning qonuniy yechimi ana shu idoralar rahbarlari faoliyatiga berilgan baho boʻladi.

Bunday yangi oʻzgarishlarni avvalo, xalqimiz, jumladan, yurtimizda qonun ustuvor ekaniga ishonib sarmoya kiritayotgan chet ellik hamkorlarimiz har tomonlama his qilishlarini istardim», deydi prezident.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 87
  • “O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 28 apr, 11:05 101
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 208
  • «O‘zgidromet» 23 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 22 apr, 12:20 140
  • O‘zbekistonda 22 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumoti 22 apr, 00:55 171
  • O‘zbekistonda kelasi hafta boshida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 20 apr, 18:40 225
  • So'nggi yangiliklar
  • Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi 28 apr, 20:11 3
  • Indoneziya U-23 bosh murabbiyi: "O‘zbekistonning nega ko‘p gol urib, darvozasidan to‘p o‘tkazmasligini bilib oldim" 28 apr, 19:43 35
  • Timur Kapadze Indoneziyaga qarshi kechadigan yarim final bahsidan oldin nimalar dedi? 28 apr, 19:24 36
  • Futzal. Eron 13 karra Osiyo chempionligini qo‘lga kiritdi 28 apr, 19:17 15
  • Xose Venansio Lopes: Ba’zi vaziyatlarda o‘zimiz nazoratni yo‘qotdik 28 apr, 18:50 22
  • Frontdagi vaziyat: RF armiyasi Donetsk oblastida mudofaani yorib o‘tdi 28 apr, 18:47 95
  • “Titanik”dagi eng boy yo‘lovchining soati 1,4 mln dollarga sotildi 28 apr, 18:00 28
  • Shvetsiyada ayol politsiya himoyasida Qur’onni yoqib yubordi (video) 28 apr, 17:43 113
  • Falastin prezidenti: “Isroilning Rafahdagi amaliyoti yaqin kunlarda boshlanadi” 28 apr, 17:20 38
  • Peterburgda yong‘in vaqtida odamlarni qutqargan o‘zbekistonlikka surat sovg‘a qilindi 28 apr, 16:33 147
  • O‘zbekistonning eksport va importida yuqori ulushga ega davlatlar ma’lum qilindi 28 apr, 16:06 41
  • Toshkentda fuqarolarga hujjatsiz uylarni sotganlar qidirilmoqda 28 apr, 15:20 60
  • Bo‘limlar