“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2024, 03:38
ЎЗO‘Z

“Vazir yoki hokim qonunni tushunmasa odamlarda tashabbus uygʻotish qiyin” — Prezident

08 dek, 13:53 2 529 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
“Vazir yoki hokim qonunni tushunmasa odamlarda tashabbus uygʻotish qiyin” — Prezident «Har qanday demokratik islohotlar samarasi, tinchlik va taraqqiyotning asosiy garovi ham Konstitutsiya va qonun ustuvorligi taʼminlanishi bilan bevosita bogʻliq.

Qonun ustuvorligi – bu davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari chiqarayotgan hujjatlar, mansabdor shaxslarning xatti-harakatlari faqat va faqat Konstitutsiya hamda qonunlarga muvofiq boʻlishi shart, deganidir.

Shu boisdan ham barcha boʻgʻindagi kadrlar, u xoh vazir, hokim yoki oddiy fuqaro boʻlsin, Konstitutsiya va qonunlarni puxta bilishi, ularning ijrosini toʻgʻri tashkil etishi hamda birinchi navbatda bu qoidalarga butun jamiyat aʼzolari qatʼiy amal qilishi shart boʻlgan muhit yaratishimiz zarur», degan prezident.

Davlat rahbari “Konstitutsiya va qonun ustuvorligi – farovon hayot garovi” degan tushuncha fuqarolarning ongi va qalbida chuqur oʻrin egallashi hamda ijtimoiy ehtiyojga aylanishi uchun alohida eʼtibor qaratish lozim boʻlgan masalalarga toʻxtalgan.

«Qonunlar ijrosini samarali tashkil etish, tizimli muammolarni oldindan koʻra bilish, qonun buzilishining salbiy oqibatlariga qarshi kurashish bilan birga bunday holatni barvaqt bartaraf etishga qaratilgan tizimni shakllantirish ayniqsa dolzarbdir. Afsuski, ushbu talablar bizda hali toʻliq bajarilmoqda, deb ayta olmaymiz.

Shu yilning oʻzida 70dan ortiq qonun, 350dan ziyod prezident farmoni va qarorlari qabul qilindi. Bu qonun hujjatlari kim uchun va nima maqsadda qabul qilinmoqda?

Albatta, xalqimiz farovonligi uchun.

Masalan, iqtisodiyotimizni jadal rivojlantirishning muhim sharti boʻlgan “Davlat-xususiy sherikligi toʻgʻrisida”gi qonunni qabul qilganimizga 7 oy boʻldi. Koʻpdan buyon kutilgan, hayotning oʻzi talab etayotgan bu qonun loyihasi ustida biz uzoq vaqt ishladik. Ushbu hujjat fuqarolarning davlat va jamiyat vazifalarini bajarishga doir konstitutsiyaviy huquqini amalga oshirishning taʼsirchan mexanizmidir.

Hozirgi vaqtda ayrim tarmoqlarda davlat-xususiy sheriklik boʻyicha loyihalarni amalga oshirish boshlandi. Ammo sogʻliqni saqlash, taʼlim, transport, yoʻl qurilishi, kommunal xoʻjaligi kabi yoʻnalishlarda, aksariyat hududlarda hali bu borada tashabbus umuman sezilmayapti.

Vazir yoki hokim qonunning mazmun-mohiyatini tushunmasa, anglab yetmasa, uni hayotga tatbiq etishda jonbozlik koʻrsatmasa, islohotlarimizning oldinga yurishi, odamlarda tashabbus uygʻotish qiyin boʻladi.

Hududlardagi ekin maydonlarida ruxsatnomasiz, oʻzboshimchalik bilan qurilish qilish, bino-inshootlarni betartib buzish kabi noxush holatlar qonunlar ijrosini nazorat qilish ishlari oqsayotganidan dalolat beradi. Shu bois Parlament, Hukumat va Oliy sud qabul qilinayotgan qonunlar ijrosini taʼminlashning samarali mexanizmlarini qoʻllashi zarur.

Bu borada kadrlarni oʻqitish va malakasini oshirishga, huquqiy axborotni zamonaviy usullar orqali keng ommaga yetkazishga, qonunlarni bilish va qoʻllash boʻyicha mutasaddi rahbarlar faoliyatini baholash mezonlarini ishlab chiqishga birinchi darajali eʼtibor qaratish lozim», degan prezident.




Mavzuga oid yangiliklar
  • 5 may kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 04 мая, 11:46 133
  • Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi 30 apr, 19:54 542
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 135
  • “O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 28 apr, 11:05 119
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 211
  • «O‘zgidromet» 23 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 22 apr, 12:20 144
  • So'nggi yangiliklar
  • “Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi? 05 мая, 00:23 30
  • Shomurodov navbatdagi uchrashuvda antiqa rekord o‘rnatadi 05 мая, 00:00 67
  • Sodiq Xon uchinchi bor London meri etib saylandi 04 мая, 23:36 21
  • Olimlar arilar sonining kamayishidagi «asosiy» yangi omilni aniqladi 04 мая, 23:13 31
  • Belarusdagi "Miori" va "Rossoni" o‘yini 50:0 hisobida yakunlandi 04 мая, 23:00 70
  • O‘zbekistonda qaysi davlatlarning kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ko‘p? 04 мая, 22:35 35
  • Demensiyadan himoya qiladi va kayfiyatni ko‘taradi: birgina mahsulotdan super ichimlik 04 мая, 22:16 79
  • Sergey Shoygu: “Ukraina Rossiya bilan urushda 111 mingdan ortiq askarini yo‘qotdi” 04 мая, 21:45 72
  • Ukraina AQSHdan birinchi navbatda MQ-9 dronlarini yetkazib berishni so‘ramoqda 04 мая, 21:42 100
  • Sobiq "Navbahor" murabbiyi o‘zbek va qozoq futboladigi farq haqida gapirdi 04 мая, 20:39 297
  • Gulistonda Nexia avtomashinasining gaz balloni portlab ketdi (video) 04 мая, 20:19 148
  • Indoneziyaning Sulavesi orolida suv toshqinlari sabab 15 kishi halok bo‘ldi 04 мая, 19:55 25
  • Bo‘limlar