“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 04:46
ЎЗO‘Z

Senatorlar 3ta qonunni ma’qulladi

30 noya, 18:28 2 931 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Senatorlar 3ta qonunni ma’qulladi Oliy Majlis Senatining yalpi majlisida senatorlar “Volontyorlik faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini ko‘rib chiqdilar. Bu haqda Kun.uz nashri xabar bermoqda.

Qonunda volontyorlik faoliyati sohasida yuzaga keladigan ijtimoiy munosabatlar tizimini belgilash, nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyati samaradorligini oshirish, mamlakatda fuqarolik jamiyatini rivojlantirishni davom ettirish, shuningdek hozirgi zamon sharoitlarida volontyorlik faoliyati samarali amalga oshirilishi va rivojlanishini ta’minlaydigan qonunchilik asoslarini takomillashtirish nazarda tutilgan.

Amaliyotni o‘rganish shuni ko‘rsatdiki, O‘zbekistonda volontyorlik harakati faol rivojlantirilayotganligiga qaramay, tegishli tayanch tushunchalarga ega bo‘lgan va uning faoliyatini tartibga soladigan mustahkam qonunchilik bazasi hali ham mavjud emas. Yangi Qonun mazkur masalalar yechimini topishga va volontyorlik harakati yanada faollashishini rivojlantirishga, shuningdek volontyorlik faoliyatini amalga oshirish uchun qo‘shimcha kafolatlar yaratishga qaratilgan. Qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.

Shundan keyin “Bankrotlik to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni ko‘rib chiqildi. Qonun Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasining “Biznes yuritish” hisobotida O‘zbekiston Respublikasining ko‘rsatkichlarini yaxshilashga yo‘naltirilgan qator normativ-huquqiy hujjatlarni ijro etish maqsadida ishlab chiqilgani ta’kidlandi. Qonun Senatorlar tomonidan ma’qullandi.

So‘ngra senatorlar “Kasaba uyushmalari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini ko‘rib chiqdilar. Qayd etilganidek, hozirgi vaqtda kasaba uyushmalari faoliyati O‘zbekiston Respublikasining 1992 yil 2 iyulda qabul qilingan “Kasaba uyushmalari, ularning huquqlari va faoliyatining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonun bilan tartibga solinadi. Biroq amaldagi Qonun normalari ancha eskirgan.

Qonunda kasaba uyushmalari faoliyatining asosiy prinsiplari belgilab qo‘yilmoqda: qonuniylik, ixtiyoriylik, kamsitishga yo‘l qo‘ymaslik, mustaqillik va o‘zini o‘zi boshqarish, teng huquqlilik, oshkoralik va ochiqlik. Shu bilan birga kasaba uyushmalarining, ular birlashmalarining huquqlariga rioya etilishi kafolatlari belgilanmoqda. Jumladan, davlat organlari, ularning mansabdor shaxslari, ish beruvchilar kasaba uyushmalarining, ular birlashmalarining huquqlariga rioya etilishini ta’minlaydi.

Qonun senatorlar tomonidan qizg‘in muhokama qilindi. Xususan, senator Muhammadjon Maqsudov Kasaba uyushmalari federatsiyasi vakiliga rivojlangan mamlakatlar tajribasida aksariyat soha vakillarining huquqlarini himoya qilish uchun ularning oylik ish haqlarini oshirish bo‘yicha kasaba uyushmalari jon-jahdi bilan kurashishi, ana shu masalani hatto hukumat darajasida olib chiqishini aytib o‘tdi. Federatsiya ana shunday masalalarni qachon korporatsiya, assotsiatsiya, hukumatga olib chiqishi haqidagi savol bilan murojaat qildi.

Senat raisi ana shu savolga quyidagicha munosabat bildirdi:

“Xodimlar qaysi tashkilotda ishlashidan qat’iy nazar, u davlat idorasi bo‘ladimi, nodavlat tashkilotmi, xususiy mulkmi, uy mehnatida ishlayaptimi – qanaqa sektorda ishlashidan qat’iy nazar, ana shu qonun qabul qilinganidan keyin ularni himoya qilish mexanizmlarini aniq ravshan biz ishlab chiqishimiz kerak bo‘ladi. Chunki agar buni qilmaydigan bo‘lsak, odamlarda haqli savol tug‘ilishi mumkin, ayniqsa kasaba uyushma a’zolarida, “Men kasaba uyushma a’zosiman, a’zolik badallarini to‘layapman-u, lekin nima uchun to‘layotganligimni bilmayman, degan savol ham tug‘ilishi mumkin”, - dedi Tanzila Norboyeva.

Qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi 30 apr, 19:54 534
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 135
  • “O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 28 apr, 11:05 119
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 210
  • «O‘zgidromet» 23 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 22 apr, 12:20 144
  • O‘zbekistonda 22 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumoti 22 apr, 00:55 174
  • So'nggi yangiliklar
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi? 04 мая, 00:43 61
  • O‘zbekiston OTJ U-23 Osiyo kubogi "Fair Play" sovrini bilan taqdirlandi 04 мая, 00:35 29
  • O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi 04 мая, 00:23 10
  • Ukraina bosh vaziri: “Rossiya urush davomida Ukrainada 250 mingdan ortiq turar joy binosini vayron qildi” 04 мая, 00:03 16
  • O‘zbekiston Olimpiya o‘yinlarining "S" guruhidan joy oldi 03 мая, 23:35 128
  • U-23 Osiyo kubogi. Abduvohid Ne’matov turnirning eng yaxshi darvozaboni deb topildi! 03 мая, 23:25 62
  • Oltmish yillik muhabbat: 86 yoshli qariya o‘z kursdoshiga uylandi 03 мая, 23:20 45
  • Rossiyada o‘zbekistonlik qul savdogari qo‘lga olindi 03 мая, 23:15 148
  • Iroq qarshilik kuchlari Isroil poytaxtiga havo hujumi uyushtirdi 03 мая, 23:07 149
  • Shaxmat. Nodirbek Abdusattorov "TePe Sigeman" turnirida chempion bo‘ldi 03 мая, 23:03 52
  • U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi 03 мая, 22:43 85
  • Bayden: “AQSH butun dunyoda matbuot erkinligi bo‘g‘ilishiga javoban sanksiyalar joriy qilmoqchi” 03 мая, 22:39 85
  • Bo‘limlar