“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 23:03
ЎЗO‘Z

O‘zbekistonda kamida 20ta yirik davlat korxonasi xususiylashtirilishi kutilmoqda

15 noya, 23:30 3 724 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekistonda kamida 20ta yirik davlat korxonasi xususiylashtirilishi kutilmoqda 2023 yilgacha O‘zbekistonda kamida 20ta davlat kompaniyasini xususiylashtirish kutilmoqda. Hukumat shuningdek pensiya fondlariga qimmatli qog‘ozlarga sarmoya kiritish huquqini berish uchun pensiya islohotlarini tezlashtirishni rejalashtirmoqda.

Davlat kompaniyalariga mo‘ljallangan xususiylashtirish dasturiga muvofiq kapital bozori orqali kamida 20ta yirik davlat korxonalarini xususiylashtirish kutilmoqda. Bu haqda Kapital bozorini rivojlantirish agentligi direktori Otabek Nazirov 15 noyabr kuni bo‘lib o‘tgan «O‘zbekiston iqtisodiyotining rivojida kapital bozorining o‘rni» mavzusida xalqaro konferensiyada aytib o‘tdi.

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori Sunnatulla Bekenov davlat kompaniyalarining aksiyalarini birlamchi IPO (initial public offering – birinchi kimoshdi savdosi) amaliyotini kengaytirish orqali respublikaning kapital bozorini qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini ma’lum qildi va bu amaliyot investorlarni, shu jumladan, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar va aholini fond bozoriga faol jalb qilish maqsadida respublikaning ichki kapital bozorida allaqachon amalga oshirilayotganini ta’kidladi.

Sunnatulla Bekenovning so‘zlariga ko‘ra, «Aloqabank» va «O‘zsanoatqurilishbank» davlat banklari, shuningdek, O‘zbekiston tovar-xomashyo birjasi AJ aksiyalari kimoshdi savdosiga qo‘yilishi rejalashtirilgan. Uning aytishicha, hukumat davlatning iqtisodiyotdagi ishtirokini kamaytirish uchun ushbu amaliyotni davom ettirishga sodiqdir.

«Davlat korxonalarini boshqarish va xususiylashtirish strategiyasi qabul qilinishi rejalashtirilmoqda. Unda davlat mulkini saqlab qolish va ularni ichki va tashqi bozorda raqobatlasha oladigan samarali korxonalarga aylantirish ko‘zda tutilgan», deydi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori.

Tadbirda hukumat pensiya fondlariga qimmatli qog‘ozlarga sarmoya kiritish huquqini berish uchun pensiya islohotlarini tezlashtirishni rejalashtirayotgani haqida ham ma’lum qilindi. Bu xususiy pensiya jamg‘armalarini yaratishni anglatadi.

Xalqaro konferensiyada, shuningdek, davlat obligatsiyalarining ikkilamchi bozorini aholi tomonidan sotib olish imkoniyati bilan rivojlantirish rejalari e’lon qilindi.

Eslatib o‘tamiz, Kapital bozorini rivojlantirish agentligi 2020–2025-yillarga mo‘ljallangan kapital bozorini rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqmoqda. Mazkur strategiyani amalga oshirish natijasida erkin muomaladagi qimmatli qog‘ozlar hajmi O‘zbekiston yalpi ichki mahsulotining 10-15 foiziga yetishi kutilmoqda. Hozir bu ko‘rsatkich YaIMning 0,2 foiziga teng xolos. Bundan tashqari, jahon amaliyotini hisobga olgan holda kapital bozorida qimmatli qog‘ozlar turlarini ko‘paytirish rejalashtirilgan. Mutaxassislarning qayd etishicha, ushbu maqsadga erishish O‘zbekiston kapital bozori mamlakat iqtisodiy o‘sishining drayveriga aylanishiga imkon beradi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi 30 apr, 19:54 517
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 134
  • “O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 28 apr, 11:05 119
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 210
  • «O‘zgidromet» 23 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 22 apr, 12:20 143
  • O‘zbekistonda 22 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumoti 22 apr, 00:55 172
  • So'nggi yangiliklar
  • Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi 02 мая, 22:50 0
  • Makron Yevropaga tahdid solayotgan uchta xavf haqida gapirdi 02 мая, 22:07 1
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 27
  • Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi 02 мая, 21:20 8
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 12
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 45
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 74
  • 2024 yilga subsidiya miqdori belgilandi 02 мая, 19:28 39
  • Taqiqlangan usulda ov qilganlik uchun jazoni kuchaytirish taklif qilindi 02 мая, 19:25 21
  • Yaponiya terma jamoasi bosh murabbiyi: "Parij Olimpiadasiga qit’a chempionlari maqomida borishni maqsad qilganmiz" 02 мая, 17:44 171
  • Botir Qodirov va Jo‘rayevlarga oid sud ishi yopiq tarzda ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi 02 мая, 17:38 141
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechadigan final uchrashuvi oldidan nimalar dedi? 02 мая, 16:15 254
  • Bo‘limlar