“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 01 2024, 15:12
ЎЗO‘Z

Prezident huzurida xorijiy investorlar kengashi tuzildi

15 noya, 23:18 2 587 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Prezident huzurida xorijiy investorlar kengashi tuzildi Kengash tarkibiga xorijiy kompaniya, bank hamda boshqa moliyaviy muassasalar rahbarlari va vakillari kiritiladi.
Prezident qaroriga muvofiq, O‘zbekiston prezidenti huzurida xorijiy investorlar kengashi tuzildi. Kengash prezident huzuridagi maslahat organi hisoblanadi.

Ilg‘or jahon tajribasi va amaliyotlariga tayangan holda hukumatga mamlakatni investitsiyaviy, sanoat-texnologik va innovatsion rivojlantirishning eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha maslahatlar berish, qulay investitsiya muhitini shakllantirishda ishtirok etish, shuningdek to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni faol jalb qilishga ko‘maklashish kengashning asosiy vazifalaridan biri etib belgilandi.

Kengash tarkibi O‘zbekistonda investitsiya va tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiradigan xorijiy kompaniyalar, banklar, investitsiyaviy va boshqa tuzilmalar, xalqaro moliya institutlari hamda xorijiy hukumat moliya tashkilotlari, shu jumladan, Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining rahbarlari va vakillari, shuningdek, boshqa ishtirokchilar orasidan shakllantiriladi.

Kengash yalpi majlislari yilda bir marta, oraliq majlislari – yilda kamida ikki marta o‘tkazilishi qayd etilmoqda.
Shuningdek, qaror bilan xorijiy investorlar kengashi to‘g‘risidagi nizom hamda kengashning O‘zbekiston tomoni tarkibi tasdiqlandi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi 30 apr, 19:54 441
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 132
  • “O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 28 apr, 11:05 119
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 210
  • «O‘zgidromet» 23 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 22 apr, 12:20 142
  • O‘zbekistonda 22 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumoti 22 apr, 00:55 172
  • So'nggi yangiliklar
  • Ekspert: G‘arb Rossiya g‘alabasidan keyin quvg‘indagi Ukraina hukumatini yaratishi mumkin 01 мая, 14:47 1
  • Nadal Madriddagi mag‘lubiyatiga emotsional tarzda munosabat bildirdi 01 мая, 14:24 0
  • Daniyada endi ayollar ham majburiy harbiy xizmatni o‘taydi 01 мая, 14:00 0
  • Har bir qizning orzusi: turk seriallaridagi eng chiroyli 4 ta to‘y 01 мая, 13:31 17
  • Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi 01 мая, 13:03 57
  • O‘zbekiston Bibixonim masjidini rekonstruksiya qilayotgan Qatarga minnatdorlik bildirdi 01 мая, 12:44 22
  • Ukraina Qurolli kuchlari qo‘mondonlari g‘alabaga ishonishni to‘xtatishdi 01 мая, 12:22 162
  • AQSHda Zelenskiy ukrainaliklardan nimani yashirayotgani oshkor etildi 01 мая, 12:02 177
  • Mask Ukraina va AQSH o‘rtasidagi muzokaralarni bir so‘z bilan ta’rifladi 01 мая, 11:35 121
  • Qozog‘istonda davlatlararo qidiruvga berilgan shaxs Samarqandda ushlandi 01 мая, 11:18 41
  • Iordan daryosi G‘arbiy sohilida falastinlik talabalar nemis diplomatini tadbirdan quvib chiqardi 01 мая, 10:53 86
  • Ukraina 300 mingta dron sotib olish uchun pul ajratadi 01 мая, 10:30 69
  • Bo‘limlar