“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 16:34
ЎЗO‘Z

Jahon banki Yangiyoʻl, Kogon va Chortoq shaharlarini ekoshaharga aylantirish loyihasiga 100 mln dollar ajratadi

07 noya, 18:00 2 867 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Jahon banki Yangiyoʻl, Kogon va Chortoq shaharlarini ekoshaharga aylantirish loyihasiga 100 mln dollar ajratadi Namangan viloyati hokimi Xayrullo Bozorov Rozanna Nitti boshchiligidagi Jahon banki delegatsiyasini qabul qildi. Uchrashuvda Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki ishtirokidagi “Oʻrta shaharlarni kompleks rivojlantirish” loyihasiga kiritilgan Chortoq shahri boʻyicha amalga oshirilishi rejalashtirilgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlarini boshlash oldidan soʻnggi bosqich boʻyicha soʻz bordi.

Muloqotda loyihani mukammallashtirish, loyihadan oʻrin olishi koʻzda tutilgan obyektlar, Jahon banki loyiha guruhi tomonidan bildirilayotgan takliflarni mahalliy shart-sharoitlardan kelib chiqib umumiy konsepsiyaga moslashtirish boʻyicha keng fikr almashildi. Chortoqning bosh rejasi bugungi kunda rejalashtirilayotgan tumanni tibbiyot va sihatgohlar turizmi rivojlangan ekologik toza hududga aylantirish uchun kerakli barcha jihatlarni oʻz ichiga olishi lozimligi borasida ham kelishib olindi.

Jahon bankining Chortoq shahrini kompleks rivojlantirish loyihasi noyabr oxirida ishga tushirilishi belgilandi. Bu maqsadda Chortoq shahrida yirik taqdimot marosimi oʻtkazilishi rejalashtirildi.

Maʼlumot uchun, Xalqaro tiklanish va taraqqiyot bankining 100 million dollar krediti hamda Oʻzbekistonning 24,1 million dollarlik ulushi bilan hayotga tatbiq etilayotgan ushbu loyihaning tajriba-sinov shaharlari sifatida Yangiyoʻl, Kogon va Chortoq belgilangan. 2019—2021-yillarda amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlar natijasida Chortoq zamonaviy infratuzilmaga ega obod ekoshaharga aylanishi koʻzda tutilgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 45
  • “O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 28 apr, 11:05 67
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 208
  • «O‘zgidromet» 23 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 22 apr, 12:20 140
  • O‘zbekistonda 22 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumoti 22 apr, 00:55 171
  • O‘zbekistonda kelasi hafta boshida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 20 apr, 18:40 225
  • So'nggi yangiliklar
  • Toshkentda fuqarolarga hujjatsiz uylarni sotganlar qidirilmoqda 28 apr, 15:20 1
  • Osiyo kubogi. O‘zbekiston penaltilar seriyasida Tojikistonni mag‘lub etdi va bronza medallarini qo‘lga kiritdi 28 apr, 14:55 54
  • Xitoyda tornado besh kishining umriga zomin bo‘ldi (video) 28 apr, 14:55 22
  • Ilon Mask kutilmaganda Xitoyga bordi. Nega? 28 apr, 14:28 76
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 45
  • “Barsa” ikki yulduz uchun bittasini “qurbon” qiladi 28 apr, 13:37 39
  • Sensatsiya! Afg‘oniston futzal bo‘yicha jahon chempionatiga chiqdi! 28 apr, 13:20 115
  • O‘zbekistonning tog‘li hududlarida qor yog‘di 28 apr, 12:45 85
  • “Bayer” yangi asrning yangi rekordini o‘rnatdi 28 apr, 12:20 61
  • Harri Keyn takrorlanmas rekord o‘rnatdi 28 apr, 12:00 86
  • Futzal, Osiyo kubogi. O‘zbekiston terma jamoasining Tojikistonga qarshi asosiy tarkibi 28 apr, 11:52 41
  • Saloh va Klopp hammaning oldida bahslashdi. «Liverpul»da yana yo‘qotish 28 apr, 11:36 116
  • Bo‘limlar