“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2024, 09:19
ЎЗO‘Z

Fargʻonada oʻqituvchi 25 yildan soʻng oqlangach, prokuror undan kechirim soʻradi

07 noya, 16:00 4 158 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Fargʻonada oʻqituvchi 25 yildan soʻng oqlangach, prokuror undan kechirim soʻradi Fargʻonada boʻhton qurboni boʻlib, sud hukmi bilan oqlangan oʻqituvchidan prokuror 25 yil avvalgi xatolik uchun uzr soʻradi.
Adolat baribir qaror topadi. Jinoyat ishlari boʻyicha Fargʻona viloyat sudi kassatsiya sudlov hayʼati tomonidan Bagʻdod tuman sudining 1994-yil 20-dekabrda Tursunxoʻja Abdurahmonovga nisbatan chiqargan ayblov hukmi bekor qilindi.

Sudning hukmiga koʻra, T.Abdurahmonov bir dona qirqma ov miltigʻini yotoqxonasidagi yostiq ostida va 41 gramm koʻknor boshoqlarini mehmonxonasidagi deraza tokchasida qonunga xilof ravishda saqlaganlikda ayblangan va 2 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilinib, mehnatga majburan jalb qilingan edi. Viloyat sudi mazkur jinoyat ishini koʻrib chiqib, uni jinoyat sodir etmagan deb topdi va uni Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat protsessual kodeksining 83-moddasiga asosan reabilitatsiya qildi, yaʼni oqladi.

Sudda aniqlanishicha, oʻqituvchilar ish haqini oshirish haqida Prezidentga murojaat qilishgani uchun maktabning ilmiy mudiri T.Abdurahmonov oʻsha vaqtdagi viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi tomonidan uyushtirilgan boʻhton qurboni boʻlgan.

–Faoliyatim davomida koʻplab oqlov hukmlari chiqarilgan, lekin bunisi boshqacha boʻldi,– deydi jinoyat ishlari boʻyicha Fargʻona viloyat sudining sudyasi Rahmatjon Arapov.– Jarayon davomida davlat ayblovini quvvatlovchi prokuror T.Abdurahmonovga nisbatan oqlov hukmi chiqarish lozimligini aytdi. Undan oʻsha vaqtda yoʻl qoʻyilgan xatolik uchun uzr soʻradi, sudlov hayʼati oqlov hukmi chiqardi, 70 yoshni qoralayotgan nuroniy otaning koʻzlaridan esa sevinch va shukur yoshlari oqdi. Ayrim shaxslar kabi asossiz sudlangani uchun gina saqlamasdan Oʻzbekistonimiz ravnaqi yoʻlida fidokorona mehnat qilgan, murabbiylik faoliyati davomida Vatanni sevish, shijoat, halollik, ilmga intilish kabi tuygʻularni minglab yoshlar qalbiga singdira olgan va farzandlarini ham jamiyatning ilgʻor vakillari sifatida ulgʻaytira olgan Tursunxoʻja ota Abdurahmonovdan har qancha oʻrnak olsa arziydi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • 5 may kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 04 мая, 11:46 139
  • Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi 30 apr, 19:54 543
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 136
  • “O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 28 apr, 11:05 122
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 211
  • «O‘zgidromet» 23 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 22 apr, 12:20 144
  • So'nggi yangiliklar
  • Germaniyada Gebbelsning villasi istalgan odamga berib yuborilishi e’lon qilindi 05 мая, 07:16 2
  • Kanchelskis O‘zbekiston va Qozog‘iston futbolini taqqosladi: "Ular juda oldinlab ketishgan" 05 мая, 06:55 47
  • Xomyakov "Andijon"ning Superligadagi ilk mag‘lubiyati haqida qanday izoh bildirdi? 05 мая, 06:26 30
  • Ivan Boshkovich: "O‘yin vaqtidagi emotsiyalar normal holat" 05 мая, 06:00 23
  • 2025 yilgi Green Card natijalari e’lon qilindi 05 мая, 05:48 53
  • Karlo Anchelotti Arda Gyuler haqidagi savolga keskin javob qaytardi 05 мая, 05:30 41
  • La Liga. “Real Madrid” muddatidan oldin Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritdi 05 мая, 05:12 25
  • “Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi? 05 мая, 00:23 91
  • Shomurodov navbatdagi uchrashuvda antiqa rekord o‘rnatadi 05 мая, 00:00 304
  • Sodiq Xon uchinchi bor London meri etib saylandi 04 мая, 23:36 81
  • Olimlar arilar sonining kamayishidagi «asosiy» yangi omilni aniqladi 04 мая, 23:13 87
  • Belarusdagi "Miori" va "Rossoni" o‘yini 50:0 hisobida yakunlandi 04 мая, 23:00 152
  • Bo‘limlar