“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2024, 10:45
ЎЗO‘Z

Oʻzbekistonda vaqtincha boʻlish qoidalarini buzganlik uchun jinoiy javobgarlik bekor qilindi

06 noya, 22:15 2 725 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Oʻzbekistonda vaqtincha boʻlish qoidalarini buzganlik uchun jinoiy javobgarlik bekor qilindi “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida”gi qonun 5-noyabr kuni Prezident tomonidan imzolandi, deb xabar bermoqda “Daryo” sayti.

Qonunga muvofiq, chet el fuqarolarining va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning Oʻzbekistonda vaqtincha boʻlish qoidalarini buzganligi uchun javobgarligi liberallashtirilishi munosabati bilan Jinoyat, Jinoyat-protsessual hamda Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodekslarga tegishli oʻzgartirishlar kiritildi.

Xususan, Jinoyat kodeksining Oʻzbekistonda boʻlish qoidalarini buzganlik uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi moddasi chiqarib tashlandi.

Shuningdek, Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga 18 yoshgacha boʻlgan, Oʻzbekistonda doimiy yashayotgan chet el fuqarosi va fuqaroligi boʻlmagan shaxs 16 yoshga toʻlishi munosabati bilan yashash guvohnomasini oʻz vaqtida olmaganligi uchun maʼmuriy javobgarlikka tortilmasligini nazarda tutuvchi norma kiritildi.

Ushbu qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • 5 may kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 04 мая, 11:46 139
  • Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi 30 apr, 19:54 543
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 136
  • “O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 28 apr, 11:05 122
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 211
  • «O‘zgidromet» 23 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 22 apr, 12:20 144
  • So'nggi yangiliklar
  • Saul Alvares va Xayme Mungia ishtirokidagi jang to‘liq davom etdi 05 мая, 09:59 0
  • Messi amerikaliklarni hayratga solishda davom etmoqda 05 мая, 09:53 2
  • Messi “dahshatli” ko‘rsatkich qayd etdi 05 мая, 09:51 8
  • Germaniyada Gebbelsning villasi istalgan odamga berib yuborilishi e’lon qilindi 05 мая, 07:16 83
  • Kanchelskis O‘zbekiston va Qozog‘iston futbolini taqqosladi: "Ular juda oldinlab ketishgan" 05 мая, 06:55 136
  • Xomyakov "Andijon"ning Superligadagi ilk mag‘lubiyati haqida qanday izoh bildirdi? 05 мая, 06:26 67
  • Ivan Boshkovich: "O‘yin vaqtidagi emotsiyalar normal holat" 05 мая, 06:00 42
  • 2025 yilgi Green Card natijalari e’lon qilindi 05 мая, 05:48 98
  • Karlo Anchelotti Arda Gyuler haqidagi savolga keskin javob qaytardi 05 мая, 05:30 77
  • La Liga. “Real Madrid” muddatidan oldin Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritdi 05 мая, 05:12 42
  • “Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi? 05 мая, 00:23 108
  • Shomurodov navbatdagi uchrashuvda antiqa rekord o‘rnatadi 05 мая, 00:00 409
  • Bo‘limlar