“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 27 2024, 23:41
ЎЗO‘Z

“Terrorchilarni Gʻarbda izlash kerak” – Erdoʻgʻan

06 noya, 21:45 2 883 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
“Terrorchilarni Gʻarbda izlash kerak” – Erdoʻgʻan Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdoʻgʻan islom va terrorchilik oʻrtasida parallellar oʻtkazuvchi Gʻarb davlatlarini qoraladi.

“Terrorchi buzuq gʻoya uchun koʻzini pirpiratmay begunoh odamlar qonini toʻkadi. Musulmon esa terrorchi boʻla olmaydi. Islom va terrorchilik oʻrtasida parallellar oʻtkazuvchi Gʻarb oʻz davlatlaridagi vaziyatga boqishi lozim. «Islom terrorchiligi” tushunchasi mavjud emas. Terrorchilarni Gʻarbda izlash kerak», deb aytgan Erdoʻgʻan Anqara universitetining dinshunoslik fakulteti xodimlari bilan uchrashuvda.

Turkiya prezidentining taʼkidlashicha, islomni niqob qilib terrorchilik faoliyatini amalga oshiruvchilar aslida islom dini dushmanlari hisoblanadi.

Erdoʻgʻan, shuningdek, ISHID yetakchisi Abu Bakr al-Bagʻdodiyning yoʻq qilinishiga toʻxtalib oʻtgan.

“AQSH al-Bagʻdodiy oʻzini tunnelda portlatganini aytmoqda. Shu bilan birga ISHID yetakchisining yoʻq qilinishi katta koʻlamli axborot kampaniyasiga aylantirildi”, deb taʼkidlab oʻtgan Turkiya rahbari.

Uning aytishicha, Turkiya avvalroq al-Bagʻdodiyning rafiqalaridan birini qoʻlga olgan, biroq buning atrofida shov-shuv koʻtarmagan.

“Uning qoʻlga olinganini bugun birinchi marta maʼlum qilmoqdaman. Turkiya, shuningdek, Suriyada ISHID yetakchisining singlisi va kuyovini ham qoʻlga olgan”, deb taʼkidlab oʻtgan Erdoʻgʻan.

Erdoʻgʻan muxolifatchi Fathulla Gulenning FETO tashkilotidan solinayotgan tahdidga eʼtibor qaratgan.

“FETOning maqsadi va mohiyatini tushunish uchun bu jinoiy tashkilot yetakchisi qayerdaligi va unga kim panohlik qilayotganiga eʼtibor qarating”, deb aytgan Erdoʻgʻan AQSHni nazarda tutib.

Erdoʻgʻan Turkiya bugungi kunda xorijning kuchli bosimiga qarshilik koʻrsatayotganini taʼkidlab oʻtgan.

“Anqara oʻtmishdagidek oʻz pozitsiyadan qaytish istagida emas. Biz bunga yoʻl qoʻya olmaymiz va qatʼiyat hamda jurʼat koʻrsatishimiz lozim”, deb qoʻshimcha qilgan Turkiya rahbari.




Mavzuga oid yangiliklar
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 207
  • «O‘zgidromet» 23 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 22 apr, 12:20 140
  • O‘zbekistonda 22 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumoti 22 apr, 00:55 171
  • O‘zbekistonda kelasi hafta boshida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 20 apr, 18:40 224
  • O‘zbekistonda hafta oxirida kuzatiladigan ob-havo prognozi e’lon qilindi 18 apr, 11:56 267
  • 18 aprel kuni havo harorati 30 darajagacha ko‘tariladi 17 apr, 11:55 64
  • So'nggi yangiliklar
  • "Bugun gapirsam, hammasi yonadi!". Muhammad Saloh Klopp bilan urishib qoldi 27 apr, 22:40 0
  • Crocus'dagi teraktda ayblangan yana bir Tojikiston fuqarosi hibsga olindi 27 apr, 22:14 0
  • Halokatli tornado AQSH bo‘ylab yuzlab uylarga zarar yetkazdi (video) 27 apr, 21:49 7
  • Migrantlarni Rossiyadan chiqarib yuborishning yangi tartibi taklif etildi 27 apr, 21:24 63
  • Olmaotada avtobus haydovchisini urib, fojiali YTH sababchisi bo‘lgan yo‘lovchiga hukm o‘qildi 27 apr, 20:50 18
  • 17 yoshli hindistonlik Dommaraju jahon shaxmat toji uchun kurashadi 27 apr, 20:29 29
  • Qozog‘iston “Tolibon” uchun raqamli boshqaruvni yo‘lga qo‘yish va afg‘on maktablarini internetga ulashga tayyor 27 apr, 20:00 16
  • Markaziy bank raisi: “Uy-joy uchun ajratilayotgan kreditlar foizi pasayishi kutilmoqda” 27 apr, 19:36 60
  • Sankt-Peterburgda 24 yoshli o‘zbekistonlik yigit o‘g‘irlab ketildi 27 apr, 18:37 203
  • Vazirliklar Yangi Toshkentga ko‘chiriladi 27 apr, 18:17 124
  • Jasurbek Jaloliddinov: "Bugun maydonda qo‘rqqan jamoa yutqazdi" 27 apr, 17:52 182
  • Tojikiston terma jamoasi bosh murabbiyi: " Bu bizga yaxshi tajriba bo‘ldi va uning samarasini Jahon chempionatida ko‘rsatamiz" 27 apr, 17:30 99
  • Bo‘limlar