“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 23:32
ЎЗO‘Z

2019 yilning 9 oyida O‘zbekistondan qancha odam chet elga ketgani ma’lum qilindi

29 okt, 10:00 3 625 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
2019 yilning 9 oyida O‘zbekistondan qancha odam chet elga ketgani ma’lum qilindi 2019 yil yanvar–sentyabr oylarida O‘zbekiston Respublikasiga kelgan chet el fuqarolari soni 6 mln kishini tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 29,8 foizga ortgan.

Davstatqo‘m xabariga ko‘ra, 2019 yil yanvar–sentyabr oylarida chet elga ketgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari soni 9,7 mln kishini tashkil etdi. O‘tgan yilning shu davriga nisbatan taqqoslanganda bu ko‘rsatkich 9,6 foizga kam.

O‘zbekiston Respublikasiga kelgan chet el fuqarolarining asosiy qismi Qozog‘iston Respublikasidan 1,8 mln kishi (barcha tashrif buyurganlarning 31,1 foiz), Tojikistondan 1,6 mln kishi (28,1 foiz), Qirg‘izistondan 1 mln kishi (17,9 foiz), Rossiyadan 463,5 ming kishi (7,7 foiz), Turkmanistondan 412,0 ming kishi (6,8 foiz) va Belarusdan 14,5 ming kishi (0,2 foiz) tashrif buyurgan.

Uzoq xorijiy davlatlardan O‘zbekiston Respublikasiga kelgan chet el fuqarolarining asosiy qismi Turkiyadan 78,7 ming kishi (1,3 foiz), Xitoydan 45,5 ming kishi (0,8 foiz), Janubiy Koreyadan 32,0 ming kishi (0,5 foiz), Hindistondan 26,0 ming kishi (0,4 foiz), Germaniyadan 23,5 ming kishi (0,4 foiz), Yaponiyadan 18,8 ming kishi (0,3 foiz), Fransiya, Italiya va Isroil davlatlaridan mos ravishda 17,2, 16,9 va 11,5 ming kishi tashrif buyurgan.

O‘zbekiston Respublikasiga kelgan chet el fuqarolarining asosiy safar maqsadlari bu qarindoshlarni yo‘qlash - 67,3 foiz. Keyingi o‘rinlarda sayyohlik maqsadi – 12,0 foiz, tranzit – 10,5 foiz, davolanish maqsadi - 0,7 foiz, ishlash maqsadi - 0,7 foiz, doimiy yashash maqsadi - 0,7 foiz, xizmat yuzasidan va tijorat maqsadi - 0,6 foiz, o‘qish – 0,3 foiz va boshqa maqsadlar – 6,6 foiz.

2019 yil yanvar–sentyabr oylarida O‘zbekiston Respublikasi fuqarolaridan 9,3 mln kishi MDH davlatlariga tashrif buyurgan bo‘lib, ularning 5,5 mln nafari qarindoshlarni yo‘qlash maqsadida, 2,7 mln nafari ishlash maqsadida, 183,5 ming nafari sayyohlik maqsadida tashrif buyurgan.

Uzoq xorijiy davlatlarga esa O‘zbekiston Respublikasi fuqarolaridan 463,9 ming kishi tashrif buyurgan bo‘lib, ulardan 288,8 ming nafari sayyohlik maqsadida, 63,8 ming nafari ishlash maqsadida tashrif buyurgan.

2019 yil yanvar-sentyabr oylarida chet elga ketgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining safar maqsadlari bo‘yicha taqsimlanishidan ko‘rish mumkinki, xizmat yuzasidan ketganlarning 90,6 foiz erkaklar, 9,4 foiz ayollar, o‘qish maqsadida ketganlarning 62,6 foiz erkaklar, 37,4 foiz ayollar, sayyohlik maqsadida ketganlarning 51,7 foiz erkaklar, 48,3 foiz ayollar, ishlash maqsadida ketganlarning 77,2 foiz erkaklar, 22,8 foiz ayollar, qarindoshlarni yo‘qlash maqsadida ketganlarning 48,0 foiz erkaklar, 52,0 foiz ayollar, davolanish maqsadida ketganlarning 44,4 foiz erkaklar, 55,6 foiz ayollar tashkil etadi.

Chet elga ketgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining asosiy qismi, ya’ni 43,5 foiz Qozog‘iston Respublikasiga (4,2 mln kishi), 28,7 foiz Qirg‘iziston Respublikasiga (2,7 mln kishi), 10,8 foiz Rossiyaga (1,05 mln kishi), 11,5 foiz Tojikistonga (1,1 mln kishi), Turkmaniston, Belarus va Ozarboyjonga mos ravishda 70,1, 11,1 i 10,2 ming kishi tashrif buyurgan.

Chet elga ketgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolardan 168,4 ming kishi Turkiyaga, 64,2 ming kishi Janubiy Koreyaga, 45,6 ming kishi BAAga, 33,6 ming kishi Saudiya Arabistoniga, 25,9 ming kishi Xitoyga, 20,5 ming kishi Hindistonga va 19,1 ming kishi AQShga tashrif buyurgan.

2019 yil yanvar–sentyabr oylarida chet elga ketgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining 56,9 foizi qarindoshlarni yo‘qlash maqsadida, 28,4 foizi ishlash maqsadida, 2,9 foizi doimiy yashash maqsadida, 4,8 foizi sayyohlik maqsadida, 0,7 foizi xizmat yuzasidan, 0,5 foizi tranzit, 0,7 foizi o‘qish maqsadida, 0,3 foizi davolanish maqsadida va 4,7 foizi boshqa maqsadlarda ketgan.

2019 yil yanvar–sentyabr oylarida chet elga ketgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining yoshi bo‘yicha taqsimlanishidan ko‘rish mumkinki, ularning 52,2 foizi – 31 – 55 yoshlilar, 29,9 foizi – 19 – 30 yoshlilar va 12,3 foizi 56 yosh va undan kattalar, 5,6 foizi 18 yoshgacha bo‘lganlar tashkil etadi.

Sayyohlik maqsadida xorijda bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining 50,6 foizi – 31 – 55 yoshlilar, 20,3 foizi – 19 – 30 yoshlilar, 19,6 foizi - 56 yosh va undan kattalar tashkil etadi. O‘qish maqsadida ketganlarning 77,5 foizi – 19 – 30 yoshlilar, 16,4 foizi – 18 yoshgacha bo‘lgan fuqarolar tashkil etadi. Xizmat maqsadlarida tashrif buyurganlarning 69,6 foizi 31 – 55 yoshlilar, 18,4 foizi 19 – 30 yoshlilar tashkil etadi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • 5 may kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 04 мая, 11:46 123
  • Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi 30 apr, 19:54 540
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 135
  • “O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 28 apr, 11:05 119
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 211
  • «O‘zgidromet» 23 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 22 apr, 12:20 144
  • So'nggi yangiliklar
  • Belarusdagi "Miori" va "Rossoni" o‘yini 50:0 hisobida yakunlandi 04 мая, 23:00 0
  • O‘zbekistonda qaysi davlatlarning kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ko‘p? 04 мая, 22:35 0
  • Demensiyadan himoya qiladi va kayfiyatni ko‘taradi: birgina mahsulotdan super ichimlik 04 мая, 22:16 1
  • Sergey Shoygu: “Ukraina Rossiya bilan urushda 111 mingdan ortiq askarini yo‘qotdi” 04 мая, 21:45 10
  • Ukraina AQSHdan birinchi navbatda MQ-9 dronlarini yetkazib berishni so‘ramoqda 04 мая, 21:42 8
  • Sobiq "Navbahor" murabbiyi o‘zbek va qozoq futboladigi farq haqida gapirdi 04 мая, 20:39 54
  • Gulistonda Nexia avtomashinasining gaz balloni portlab ketdi (video) 04 мая, 20:19 27
  • Indoneziyaning Sulavesi orolida suv toshqinlari sabab 15 kishi halok bo‘ldi 04 мая, 19:55 13
  • Rossiya IIV Ukrainaning amaldagi va sobiq prezidentini qidiruvga berdi 04 мая, 19:32 91
  • “Muhtasham yuz yil” seriali yulduzlarining umr yo‘ldoshlari (foto) 04 мая, 19:08 75
  • Paragvayda futbol uchrashuvida maxsus kuchlar futbolchilar va muxlislarga qarata o‘t ochdi 04 мая, 18:46 125
  • Fyodor Yemelyanenko: “Men Mayk Tayson bilan jang qilishni reja qilgandim” 04 мая, 18:23 43
  • Bo‘limlar