“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2024, 10:00
ЎЗO‘Z

Valyutaga daxldor 70ga yaqin qonunosti hujjatlari qayta ko‘rib chiqiladi

23 okt, 21:13 2 542 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Valyutaga daxldor 70ga yaqin qonunosti hujjatlari qayta ko‘rib chiqiladi «Valyutani tartibga solish to‘g‘risida»gi qonun qabul qilinishi munosabati bilan 70ga yaqin yoki undan ham ko‘proq qonunosti hujjatlari qayta ko‘rib chiqiladi. Bu haqda Markaziy bank raisi o‘rinbosari Bobur Abubakirov ma’lum qildi.

«Maqsad – bitta yagona hujjat qilish, ya’ni valyuta amaliyotlarini amalga oshirish tartibi. U katta hujjat bo‘ladi. Hujjat chet el valyutasini bankka topshirishdan, hisob raqamining yuritilishidan tortib xorijiy valyutani sotib olish, sotish tartibigacha bo‘lgan oraliqdagi barcha me’yorlarni o‘z ichiga oladi», – dedi Abubakirov chorshanba kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida.

Regulyator rasmiysiga ko‘ra, qator hukumat qarorlari ham o‘z kuchini yo‘qotadi. Jumladan, xorijiy valyutani sotish va sotib olish tartibi bunga qadar Vazirlar Mahkamasining 2001 yildagi 294-qarori bilan belgilangan bo‘lib, endilikda bu qaror bekor qilinadi va Markaziy bankning ichki me’yoriy hujjati qabul qilinadi.

«Vazirlar Mahkamasining yana boshqa qator qarorlari bor. Chet elda hisobvaraqasini ochish bilan bog‘liq masalalar bor, ruxsatnoma talab etilishi yoki xorijiy valyutani O‘zbekiston Respublikasiga olib kirish, olib chiqish bilan bog‘liq masalalar. Ularni aytib o‘tsam, juda ham ko‘p.

Qariyb 70ga yaqin hujjat qayta ko‘rib chiqilib, ularga tegishli o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilish, ayrimlarini bekor qilish haqida takliflar tayyorlanib, belgilangan muddatlarda Vazirlar Mahkamasiga kiritiladi», – dedi Bobur Abubakirov.




Mavzuga oid yangiliklar
  • 5 may kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 04 мая, 11:46 139
  • Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi 30 apr, 19:54 543
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 136
  • “O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 28 apr, 11:05 122
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 211
  • «O‘zgidromet» 23 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 22 apr, 12:20 144
  • So'nggi yangiliklar
  • Saul Alvares va Xayme Mungia ishtirokidagi jang to‘liq davom etdi 05 мая, 09:59 0
  • Messi amerikaliklarni hayratga solishda davom etmoqda 05 мая, 09:53 2
  • Messi “dahshatli” ko‘rsatkich qayd etdi 05 мая, 09:51 8
  • Germaniyada Gebbelsning villasi istalgan odamga berib yuborilishi e’lon qilindi 05 мая, 07:16 83
  • Kanchelskis O‘zbekiston va Qozog‘iston futbolini taqqosladi: "Ular juda oldinlab ketishgan" 05 мая, 06:55 136
  • Xomyakov "Andijon"ning Superligadagi ilk mag‘lubiyati haqida qanday izoh bildirdi? 05 мая, 06:26 67
  • Ivan Boshkovich: "O‘yin vaqtidagi emotsiyalar normal holat" 05 мая, 06:00 42
  • 2025 yilgi Green Card natijalari e’lon qilindi 05 мая, 05:48 98
  • Karlo Anchelotti Arda Gyuler haqidagi savolga keskin javob qaytardi 05 мая, 05:30 77
  • La Liga. “Real Madrid” muddatidan oldin Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritdi 05 мая, 05:12 42
  • “Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi? 05 мая, 00:23 108
  • Shomurodov navbatdagi uchrashuvda antiqa rekord o‘rnatadi 05 мая, 00:00 409
  • Bo‘limlar