“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 10:41
ЎЗO‘Z

O‘zbekiston harbiylari Angliyada o‘tkazilgan xalqaro tanlovda 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi (foto)

22 okt, 10:30 3 406 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekiston harbiylari Angliyada o‘tkazilgan xalqaro tanlovda 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi (foto) 6—21 oktyabr kunlari Buyuk Britaniyaning Brekon shahrida qo‘shin razvedkachilari o‘rtasida o‘tkazilgan xalqaro tanlovda O‘zbekiston Mudofaa vazirligi jamoasi britaniyalik, nepallik va shveysariyalik hamkasblari bilan birga birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Bu haqda Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti ma’lum qildi.

Ikkinchi o‘rin Buyuk Britaniya, Fransiya va Hindiston jamoalariga, uchinchi o‘rin ham mezbonlarga nasib etdi. Mazkur musobaqada 39 mamlakatdan jami 144 ta jamoa qatnashdi (mezbon davlat tanlovda 63 ta jamoa bilan ishtirok etdi).

9 bosqichdan iborat tanlov davomida ishtirokchilar navigatsiya vositalarisiz Kembriya tog‘lari bo‘ylab 25 kilogramm yuk bilan 70 kilometr masofaga marsh yurish, 1000 metrdan ortiq balandlikka ko‘tarilish va 750 metrlik pastlikka tushishni amalga oshirdi.

Foto: Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti
21 oktyabr, dushanba kuni Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida O‘zbekiston vakillarini tantanali kutib olish tadbirida Mudofaa vazirligi mas’ul ofitserlari, Qurolli Kuchlar faxriylari, o‘quvchi yoshlar, ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

Foto: Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti

Foto: Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti

Foto: Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti
Eslatib o‘tamiz, 2018 yilda ham «Kembriya patruli» xalqaro tanlovida o‘zbekistonlik harbiylar birinchilikni qo‘lga kiritgan edi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • 5 may kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 04 мая, 11:46 141
  • Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi 30 apr, 19:54 544
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 136
  • “O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 28 apr, 11:05 123
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 211
  • «O‘zgidromet» 23 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 22 apr, 12:20 145
  • So'nggi yangiliklar
  • Si Jinping Ukrainada tinchlik o‘rnatish bo‘yicha Parij bilan hamkorlikka tayyorligini bildirdi 06 мая, 09:45 17
  • Oq uy Ukraina 2025 yilda hujumga o‘tishini taxmin qilmoqda 06 мая, 09:41 21
  • APL. “Liverpul” 6 ta gol urilgan o‘yinda “Tottenhem”ni mag‘lub etdi 06 мая, 08:26 24
  • Yaponiyada tish o‘stiruvchi dunyodagi birinchi dori sinovdan o‘tkaziladi 06 мая, 08:21 18
  • Bekxem Ronalduni “Inter Mayami”ga olib kelish bo‘yicha ish boshladi 06 мая, 06:00 80
  • AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi 06 мая, 00:30 199
  • Surxondaryoda Telegram orqali arzon mahsulot sotishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 06 мая, 00:12 31
  • Ispaniya va Argentina o‘rtasida diplomatik mojaro yuzaga keldi 05 мая, 23:50 170
  • Aleksandr Stoymirovich: "Tarkibimizda yo‘qotishlar bor" 05 мая, 23:34 66
  • Samvel Babayan: "Istalgan jamoa Namanganga kelganida himoyaviy uslubda o‘ynaydi" 05 мая, 23:20 58
  • Ilyos Zeytullayev: "Hozir kamroq gapirib, ko‘proq ishlashimiz kerak" 05 мая, 23:05 172
  • Polsha tashqi ishlar vaziri: “Xitoy Putinni urushni to‘xtatishga majburlashi mumkin” 05 мая, 22:40 154
  • Bo‘limlar