“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 20:59
ЎЗO‘Z

O‘zbekistonda 1 noyabrdan boshlab nimalar o‘zgaradi?

22 okt, 07:43 5 913 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekistonda 1 noyabrdan boshlab nimalar o‘zgaradi? Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanali O‘zbekistonda 1 noyabrdan boshlab qanday o‘zgarishlar ro‘y berishi haqida ma’lumot tayyorladi.

1. Mobil qurilmalar ro‘yxatga olinadi
O‘zbekiston hududida foydalanilayotgan, sotish yoki shaxsiy foydalanish uchun olib kiriladigan va ishlab chiqariladigan mobil qurilmalar jismoniy shaxslar, import qiluvchilar va ishlab chiqaruvchi korxonalarning mobil qurilmalarni xalqaro o‘ziga xos identifikatsiya kodlari bo‘yicha ro‘yxatga olish tizimiga murojaat qilishi orqali 2019 yil 1 noyabrdan bepul, 2019 yil 1 dekabrdan esa pulli asosda ro‘yxatga olinadi.

2. Hisoblagichlar faqat DXM yoki YaIDXP orqali qiyoslovdan o‘tkaziladi
2019 yil 1 noyabrdan boshlab hisobga olish uskunalarini qiyoslovdan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatlari faqat Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali amalga oshiriladi.

Bunda, hisobga olish uskunalarini qiyoslash davriyligi:
- yuridik shaxslar uchun – 4 yil;
- jismoniy shaxslar uchun – 8 yilni tashkil etadi.

3. Tutingan ota-onalarni tayyorlash kurslari tashkil etiladi
Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni oilaga tarbiyaga (patronat) olayotgan yoki oilaviy bolalar uyi tashkil etayotgan fuqarolarni tayyorlash maqsadida “Mehribonlik” uylari va bolalar shaharchalarida Tutingan ota-onalarni tayyorlash kurslari tashkil etiladi.

4. Suv xo‘jaligi vazirligi idora va tashkilotlari xodimlarining ish haqi oshadi
Suv xo‘jaligi vazirligi idora va tashkilotlari xodimlarining bazaviy tarif stavkalariga 2019 yil 1 noyabrdan 1,1 va 2020 yil 1 yanvardan 1,2 miqdorda tuzatish koeffitsiyentini qo‘llash hisobiga ularning ish haqi oshiriladi.

5. Suv quduqlarini qazish uchun ruxsatnoma tegishli idoralar bilan kelishilgandan keyin beriladi
2019 yil 1 noyabrdan 2021 yil 31 dekabrgacha Nurota, Qo‘shrabot va Zomin tumanlari doirasida joylashgan konlar hududida suv olish uchun quduqlarni qazishga ruxsatnoma (aholini ichimlik suvi bilan ta’minlash uchun mo‘ljallangan quduqlardan tashqari) Geologiya va mineral resurslar davlat qo‘mitasi tomonidan mutassaddi idoralar bilan kelishilgan holda beriladi.

6. Yuqori turistik salohiyatli fuqarolar yig‘inlarining ro‘yxati tuziladi
Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi eng yuqori turizm salohiyatiga ega bo‘lgan fuqarolar yig‘inlari ro‘yxatini shakllantiradi. Shuningdek, ushbu fuqarolar yig‘inlari hududlarida 20 tadan kam bo‘lmagan oilaviy mehmon uylari tashkil etilganda va turistlar uchun kamida besh xil xizmat turlari ko‘rsatilgan taqdirda ularga “Turizm mahallasi”, “Turizm qishlog‘i” yoki “Turizm ovuli” maqomini beradi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • 5 may kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 04 мая, 11:46 118
  • Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi 30 apr, 19:54 538
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 135
  • “O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 28 apr, 11:05 119
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 211
  • «O‘zgidromet» 23 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 22 apr, 12:20 144
  • So'nggi yangiliklar
  • Indoneziyaning Sulavesi orolida suv toshqinlari sabab 15 kishi halok bo‘ldi 04 мая, 19:55 1
  • Rossiya IIV Ukrainaning amaldagi va sobiq prezidentini qidiruvga berdi 04 мая, 19:32 2
  • “Muhtasham yuz yil” seriali yulduzlarining umr yo‘ldoshlari (foto) 04 мая, 19:08 26
  • Paragvayda futbol uchrashuvida maxsus kuchlar futbolchilar va muxlislarga qarata o‘t ochdi 04 мая, 18:46 47
  • Fyodor Yemelyanenko: “Men Mayk Tayson bilan jang qilishni reja qilgandim” 04 мая, 18:23 17
  • AQSH Ukrainaga yana 50 mlrd dollar ajratishni taklif qildi 04 мая, 18:00 30
  • Yevro-2024 uchun qaydnomadagi futbolchilar soni 23 dan 26 nafarga oshirildi 04 мая, 17:39 18
  • Dunyodagi eng tez superkar konsepsiyasi ishlab chiqildi (video) 04 мая, 17:14 25
  • Namanganda 50 dollarlik qalbaki kupyuralarni sotishga uringan shaxs ushlandi 04 мая, 16:53 16
  • O‘zbekiston tibbiyot OTMda 5 ming nafardan ko‘proq hindistonlik o‘qiyotgani ma’lum bo‘ldi 04 мая, 16:33 24
  • Ukrainada OIV va saraton kasalligiga chalingan bemorlar armiyaga chaqiriladi 04 мая, 16:10 71
  • Falastin tarafdorlari namoyishlari butun dunyo universitetlarini qamrab olmoqda 04 мая, 15:45 40
  • Bo‘limlar