“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 00:35
ЎЗO‘Z

O‘zbekistonda oktyabr oyi oxirigacha qanday ob-havo kutilmoqda?

07 okt, 19:50 5 618 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekistonda oktyabr oyi oxirigacha qanday ob-havo kutilmoqda? «O‘zgidromet» mutaxassislarining dunyoning yetakchi ob-havo markazlari ma’lumotlariga tayanib bergan baholariga ko‘ra, bu yilgi oktyabr oyi harorati o‘rtacha ko‘p yillik ko‘rsatkichlar atrofida yoki undan 1—2 darajaga past bo‘lishi mumkin.

Hozir davom etayotgan birinchi o‘n kunlikda harorat kechasi 8—13 daraja iliq, kunduzi 20—25 daraja iliq. Oyning ikkinchi yarmi va oxirigacha harorat bir oz pasayib kechasi 7—12 daraja iliqdan 2—7 daraja iliqqacha, kunduzi esa 20—25 daraja iliqdan 12—17 daraja iliqqacha o‘zgaradi.

Yog‘inlar bo‘yicha ham oktyabr oyi me’yorlarga yaqin bo‘lishi, ayrim joylarda esa o‘rtacha ko‘rsatkichlardan yuqori bo‘lishi mumkin. Respublikaning shimoliy hududlari — Qoraqalpog‘iston hamda Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlari va Qashqadaryo va Surxondaryoda 2—10 millimetrgacha, qolgan joylarda 15—30 millimetr, respublikaning tog‘ va tog‘oldi tumanlarida 44—74 millimetrgacha yog‘ingarchilik bo‘lishi mumkin.

Kuzatuvlar davri mobaynida bundan ham ko‘p yomg‘ir yog‘gan oktyabr oylari bo‘lgan. Umuman olganda, yomg‘irli kunlar soni o‘rtacha 5—7 kun, Buxoro va Navoiyda 2—4 kunni tashkil qilishi mumkin. Masalan, Toshkentda 1951 yilda oktyabr oyida 18 kun yomg‘irli bo‘lgan.

«Bir oy oldindan prognozlar ko‘proq iqlimiy tavsifga ega — kunma-kun ob-havoning qanday bo‘lishini aniq prognozlashning imkoniyati yo‘q. Nafaqat O‘zbekistonda, balki jahon amaliyotida ham ob-havo ma’lumotlarini tayyorlashda 6 kunlik prognozlar ishonchli hisoblanadi», — deyiladi xabarda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi 30 apr, 19:54 527
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 134
  • “O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 28 apr, 11:05 119
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 210
  • «O‘zgidromet» 23 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 22 apr, 12:20 143
  • O‘zbekistonda 22 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumoti 22 apr, 00:55 172
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi 02 мая, 23:39 16
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq 3-o‘rinni va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 02 мая, 23:35 22
  • Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi 02 мая, 23:30 50
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 16
  • Shifokor kartoshkaning ayrim zararlarini ochiqladi 02 мая, 23:02 30
  • Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi 02 мая, 22:50 86
  • Makron Yevropaga tahdid solayotgan uchta xavf haqida gapirdi 02 мая, 22:07 115
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 83
  • Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi 02 мая, 21:20 20
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 28
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 89
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 124
  • Bo‘limlar