“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 09:28
ЎЗO‘Z

O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksiga o‘zgartish kiritiladi

26 avg, 14:55 3 879 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksiga o‘zgartish kiritiladi «Yer va suv resurslaridan samarasiz foydalanganligi uchun javobgarlik choralarini oshirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qonun loyihasi muhokama uchun e’lon qilindi.

O‘zbekiston Respublikasining 1994 yil 22 sentyabrda qabul qilingan O‘RQ-2012-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritiladi:

229-1-modda (Yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallab olish):
- birinchi qismi sanksiyasidagi «eng kam ish haqining» degan so‘zlar «bazaviy hisoblash miqdorining» degan so‘zlar bilan almashtiriladi;

quyidagi mazmundagi ikkinchi va uchinchi qismlar bilan to‘ldiriladi:

«Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olish, shunday qilmish uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan bir yuz ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Birinchi marta jinoyat sodir etgan shaxs, agar u o‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkasining qaytarilishini ta’minlasa hamda o‘zboshimchalik bilan egallab olishning oqibatlari bartaraf etilgan taqdirda, ozodlikni cheklash va ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo qo‘llanilmaydi».

229-4-modda (Yer berish tartibini buzish) quyidagi tahrirda bayon etiladi:

«229-4-modda. Yer berish va (yoki) yerlarni olib qo‘yish tartibini buzish
Yer berish va (yoki) yerlarni olib qo‘yish tartibini buzish, shunday harakat uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining bir yuz ellik baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud muayyan huquqdan mahrum qilib, bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

O‘sha harakat:
a) takroran sodir etilgan bo‘lsa;
b) sug‘oriladigan yerlarni qishloq xo‘jaligi yuritish bilan bog‘liq bo‘lmagan maqsadlarda berish tartibini buzilishiga yoki yerlarning qishloq xo‘jaligi oborotidan chiqishiga sabab bo‘lsa;
v) foydalanishga kiritilgan va (yoki) yangidan o‘zlashtirilgan yerlarni asossiz olib qo‘yilishiga sabab bo‘lsa, —

bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud muayyan huquqdan mahrum qilib, uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi».




Mavzuga oid yangiliklar
  • Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi 30 apr, 19:54 531
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 135
  • “O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 28 apr, 11:05 119
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 210
  • «O‘zgidromet» 23 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 22 apr, 12:20 144
  • O‘zbekistonda 22 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumoti 22 apr, 00:55 174
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi 02 мая, 23:39 162
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq 3-o‘rinni va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 02 мая, 23:35 169
  • Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi 02 мая, 23:30 260
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 78
  • Shifokor kartoshkaning ayrim zararlarini ochiqladi 02 мая, 23:02 107
  • Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi 02 мая, 22:50 176
  • Makron Yevropaga tahdid solayotgan uchta xavf haqida gapirdi 02 мая, 22:07 289
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 167
  • Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi 02 мая, 21:20 38
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 53
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 143
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 196
  • Bo‘limlar