“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 05:06
ЎЗO‘Z

15 ta yangi qonun ma’qullangan Senat yalpi majlisi qanday o‘tdi?

25 avg, 12:20 3 036 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
15 ta yangi qonun ma’qullangan Senat yalpi majlisi qanday o‘tdi? 23-24 avgust kunlari bo‘lib o‘tgan majlisda 26 ta masala, jumladan 16 ta qonun ko‘rib chiqildi.

Senatorlar dastlabki kuni «Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida»gi, «Xotin-qizlarni tazyiqlar va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida»gi, «Atom energiyasidan ma’qullashdi tinchlik maqsadlarida foydalanish to‘g‘risida»gi qonunlarni ma’qulladilar. «Ona suti bilan oziqlantirishni qo‘llab-quvvatlash hamda go‘daklar va kichik yoshdagi bolalar oziq-ovqat mahsulotlariga doir talablar to‘g‘risida»gi qonun esa rad etildi.

Birinchi kunda, shuningdek, Senat a’zolari joriy yilning ikkinchi choragi uchun belgilangan vazifalar yuzasidan hukumat hisobotini tingladilar.

24 avgust kuni esa o‘ndan ortiq qonunlar ma’qullandi:

– ««O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi byudjetini shakllantirish va ijro etishning yangi mexanizmlari joriy etilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»,
– «Saylov to‘g‘risidagi qonun hujjatlari takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida»,
– «O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga jamoatchilik nazoratini kuchaytirishga qaratilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»,
– «Xavfsizlik va mudofaa sohasidagi qonun hujjatlari takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»,
– «Moddiy madaniy meros ob’ektlarining muhofaza qilinishi kuchaytirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»,
– «Ba’zi davlat organlarining faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»,
– «Psixiatriya yordami ko‘rsatish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»,
– «O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qonunlar shular jumlasidan.

Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi tomonidan quyidagi xalqaro shartnomalarini ratifikatsiya qilish to‘g‘risidagi qator qonunlar ham ma’qullandi:

– Xalqaro Mehnat Tashkilotining sanoat va savdoda mehnat inspeksiyasi to‘g‘risidagi 81-sonli Konvensiyasi (Jeneva, 1947 yil 11 iyul),
– Xalqaro Mehnat Tashkilotining qishloq xo‘jaligida mehnat inspeksiyasi to‘g‘risidagi 129-sonli Konvensiyasi (Jeneva, 1969 yil 25 iyun),
– Fuqarolik, oilaviy va jinoiy ishlar bo‘yicha huquqiy yordam va huquqiy munosabatlari to‘g‘risidagi Konvensiya (Kishinev, 2002 yil 7 oktyabr),
– Xalqaro uzumchilik va vinochilik tashkilotini ta’sis etish to‘g‘risidagi Bitim (Parij, 2001 yil 3 aprel).

Senatorlar, shuningdek, Markaziy saylov komissiyasiga 9 nafar yangi a’zoni saylab, komissiya a’zolaridan 4 nafarining a’zoligini o‘z arizalariga muvofiq to‘xtatish haqida qaror qabul qildi.

Yalpi majlis davomida Ichki ishlar va Tashqi ishlar vazirliklari, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining axborotlari tinglandi. Xorazm viloyati hokimining hisoboti eshitildi.

Senat a’zolari Vazirlar Mahkamasiga ikkita masala yuzasidan parlament so‘rovlarini yuborishga qaror qilishdi.

Birinchi masala – bo‘sh turgan, qurilishi tugallanmagan ob’ektlardan va foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlaridan samarali foydalanishni ta’minlash borasida qonun hujjatlarini ijro etish holatini o‘rganish natijalariga oid. Hukumatga yuborishga kelishilgan yana bir parlament so‘rovi bog‘dorchilik-uzumchilik shirkatlari holati va ularning tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirish masalalariga taalluqli.

Oliy Majlis Senati o‘z vakolatlariga kiradigan boshqa masalalarni ham ko‘rib chiqdi. Shu bilan, ikki kun davom etgan majlis o‘z ishini yakunladi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi 30 apr, 19:54 534
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 135
  • “O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 28 apr, 11:05 119
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 210
  • «O‘zgidromet» 23 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 22 apr, 12:20 144
  • O‘zbekistonda 22 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumoti 22 apr, 00:55 174
  • So'nggi yangiliklar
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi? 04 мая, 00:43 61
  • O‘zbekiston OTJ U-23 Osiyo kubogi "Fair Play" sovrini bilan taqdirlandi 04 мая, 00:35 29
  • O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi 04 мая, 00:23 10
  • Ukraina bosh vaziri: “Rossiya urush davomida Ukrainada 250 mingdan ortiq turar joy binosini vayron qildi” 04 мая, 00:03 16
  • O‘zbekiston Olimpiya o‘yinlarining "S" guruhidan joy oldi 03 мая, 23:35 128
  • U-23 Osiyo kubogi. Abduvohid Ne’matov turnirning eng yaxshi darvozaboni deb topildi! 03 мая, 23:25 62
  • Oltmish yillik muhabbat: 86 yoshli qariya o‘z kursdoshiga uylandi 03 мая, 23:20 45
  • Rossiyada o‘zbekistonlik qul savdogari qo‘lga olindi 03 мая, 23:15 148
  • Iroq qarshilik kuchlari Isroil poytaxtiga havo hujumi uyushtirdi 03 мая, 23:07 149
  • Shaxmat. Nodirbek Abdusattorov "TePe Sigeman" turnirida chempion bo‘ldi 03 мая, 23:03 52
  • U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi 03 мая, 22:43 85
  • Bayden: “AQSH butun dunyoda matbuot erkinligi bo‘g‘ilishiga javoban sanksiyalar joriy qilmoqchi” 03 мая, 22:39 85
  • Bo‘limlar