“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 18:51
ЎЗO‘Z

DTM test natijalari kechikayotganiga izoh berdi

21 avg, 22:10 5 043 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
DTM test natijalari kechikayotganiga izoh berdi Oʻzbekistondagi oliy taʼlim muassasalarining kunduzgi, kechki va sirtqi taʼlim shakli uchun joriy yilgi test sinovlari 29-iyuldan 15-avgustga qadar oʻtkazildi. Mazkur jarayon Respublikadagi mavjud 60ta oliy taʼlim muassasalari va ularning 30ta filiallari bakalavriatiga talaba boʻlish istagida hujjat topshirgan abituriyentlar oʻrtasida kechdi.

Bugun, 21-avgust kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi anjumanlar zalida Davlat test markazi vakillari ishtirokida jurnalistlar uchun oʻtkazilgan brifingda maʼlum qilinishicha, bu yil 1 million 66 ming 925 nafar abituriyentdan ariza tushgan va ular roʻyxatdan oʻtib, maʼlumotlar bazasiga kiritilgan. Bu yil hujjat topshirgan abituriyentlar soni oʻtgan yildagiga nisbatan 250 ming nafarga koʻproq boʻldi. Tanlov boʻyicha bir oʻringa 10 nafardan ortiq abituriyent toʻgʻri keldi.

Kunduzi va kechki taʼlim shakli boʻyicha 731 ming 918 nafar, sirtqi taʼlim shakli boʻyicha esa 335 ming 7 nafar abituriyentdan hujjat qabul qilindi. 979 ming 470 nafar abituriyent test sinovlarida qatnashishi rejalashtirilgan boʻlib, shundan 954 ming 75 nafari imtihonda bevosita ishtirok etdi.

Kun.uz muxbiri xabar berishicha, jarayon vaqtida tartib-qoidalarni buzgan 465 nafar abituriyent sinovdan chetlashtirilgan, nooʻrin xatti-harakati orqali xatolikka yoʻl qoʻygan 20 nafardan ortiq guruh nazoratchisi bilan tuzilgan shartnomalar bekor qilingan.

DTM boshqarma boshligʻi Barno Rajabov nima uchun joriy yilda mandat kechikayotganiga izoh berarkan, joriy yilda har bir abituriyent bir paytda uchta oliy oʻquv yurtiga hujjat topshirishi ilk marta yoʻlga qoʻyilgani va shu bois ham mandat test jarayonlari yakunlanganidan soʻng bir hafta ichida eʼlon qilinishini taʼkidladi. Shuningdek, u haligacha ayrim imtiyozlarni uchta yoʻnalishda qoʻllash tartibi rasman maʼlum emasligi, Fargʻonadagi “Temurbeklar maktabi” bitiruvchilari alohida kvotada qabul qilinadimi yoki asosiy kvota ichidami, bu ham noaniqligini aytib, mazkur holatlar ham yakuniy natijalar kech chiqarilishiga sabab boʻlayotganini bildirdi.

Barno Rajabovning qayd etishicha, DTMda ikki kun mobaynida mandatni eʼlon qilish imkoniyati mavjud.

Eslatib oʻtamiz, 14.05.2019-yildagi Prezident qarori boʻyicha, test sinovlarining javoblarini eʼlon qilishning oxirgi muddati - 22-avgust. Qonun hujjatlarida test sinovlari natijalarini ortga surish haqida birorta qoida yoʻq.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi 30 apr, 19:54 533
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 135
  • “O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 28 apr, 11:05 119
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 210
  • «O‘zgidromet» 23 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 22 apr, 12:20 144
  • O‘zbekistonda 22 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumoti 22 apr, 00:55 174
  • So'nggi yangiliklar
  • “Zenit” futbolchisi Fayzullayev haqida nimalar dedi? 03 мая, 16:31 129
  • AQSHda erkak xotinini pichoqlab, uni tiriklayin ko‘mdi, ayol esa tirik... 03 мая, 15:54 181
  • O‘zbekiston va Qatar ishchilarni jalb etish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yyapti 03 мая, 15:47 38
  • Rossiya qo‘shinlari Nigerdagi AQSH bazasiga joylashdi 03 мая, 14:59 144
  • «Ziki eski shahar» laqabi bilan tanilgan Lutfulla Umarovga sud hukmi o‘qildi 03 мая, 14:56 100
  • Osiyo kubogi final uchrashuvi: Bugun “oq bo‘rilar” yapon “samuraylari”ga qarshi maydonga tushadi 03 мая, 14:10 88
  • AQSHda og‘ir-bosiqligi bilan mashhur bo‘lgan alligator o‘g‘irlab ketildi (foto) 03 мая, 13:43 103
  • SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi? 03 мая, 13:25 193
  • OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni 03 мая, 13:00 52
  • Iroq U-23 ustozi Radhi Shenaishil: "Qo‘l ostimdagi barcha futbolchilar Olimpiadaga borishga munosib" 03 мая, 12:44 50
  • Indoneziya U-23 murabbiyi Shin Tae Yong: "Oxirgi imkoniyatdan foydalanishga urinib ko‘ramiz" 03 мая, 12:23 82
  • O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari ham Rossiyaga kiritilmayapti 03 мая, 12:00 241
  • Bo‘limlar