“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 13:31
ЎЗO‘Z

Prezident Xavfsizlik kengashi yig‘ilishini o‘tkazdi

15 avg, 21:30 3 275 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Prezident Xavfsizlik kengashi yig‘ilishini o‘tkazdi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 15 avgust kuni Xavfsizlik kengashining mamlakatimiz tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy faoliyatining asosiy natijalari va istiqboldagi ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Oliy Majlis palatalari, Prezident Administratsiyasi, Vazirlar Mahkamasi, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya, Bosh prokuratura, tashqi ishlar, investitsiyalar va tashqi savdo, mudofaa, ichki ishlar vazirliklari, DXX Chegara qo‘shinlari, Mudofaa sanoati davlat qo‘mitasi, Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz rahbarlari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi ishtirok etdi.

Yig‘ilishda mamlakatimizning xorijiy hamkorlar bilan birgalikda erishilgan amaliy natijalar, global tendensiyalar, shuningdek, jahon va mintaqada barqarorlik va xavfsizlikka tahdid solayotgan zamonaviy xatarlar ko‘rib chiqildi. Keyingi yillarga mo‘ljallangan tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy faoliyatning asosiy vazifalari belgilab olindi.

O‘zbekiston tomonidan amalga oshirilayotgan ochiqlik va ishonch siyosati tufayli Markaziy Osiyoda yaxshi qo‘shnichilik va o‘zaro anglashuvga asoslangan mutlaqo yangi siyosiy muhit shakllangani ta’kidlandi. Mintaqaning barcha mamlakatlari bilan strategik sheriklik aloqalari yo‘lga qo‘yildi.

Bundan tashqari, oliy darajadagi tadbirlar natijasida an’anaviy do‘stona munosabatlar o‘rnatilgan mamlakatlar, jumladan, Rossiya, Xitoy, AQSh, Janubiy Koreya, Turkiya, Germaniya, Fransiya, Osiyo qit’asi davlatlari bilan hamkorlik salmoqli darajada mustahkamlandi.

Asosiy tashqi iqtisodiy hamkorlar bilan o‘zaro savdo hajmlari barqaror ortib borayotgani, Markaziy Osiyoda kooperatsiya loyihalari muvaffaqiyatli amalga oshirilayotgani, hududlararo hamkorlik faollashgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

Savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy sohalarda erishilgan kelishuvlarning o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishi ustidan, jumladan, parlament tomonidan qat’iy nazoratni ta’minlash zarurligi ta’kidlandi.

O‘zbekistonning BMT, ShHT, MDH, IHT kabi nufuzli xalqaro tashkilotlar faoliyatidagi ishtirokiga alohida e’tibor qaratilib, ushbu tuzilmalar doirasida mamlakatimiz tashabbuslarini ilgari surishga doir vazifalar belgilandi.

Yig‘ilishda shu davrgacha amalga oshirilgan ishlar tanqidiy baholandi hamda mutasaddi vazirlik va idoralar rahbarlariga hamkor davlatlar bilan o‘zaro manfaatli muloqotni yo‘lga qo‘yishni davom ettirish, shuningdek, ikki va ko‘p tomonlama aloqalar doirasida milliy manfaatlarni ta’minlash yuzasidan aniq topshiriqlar berildi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi 30 apr, 19:54 531
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 135
  • “O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 28 apr, 11:05 119
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 210
  • «O‘zgidromet» 23 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 22 apr, 12:20 144
  • O‘zbekistonda 22 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumoti 22 apr, 00:55 174
  • So'nggi yangiliklar
  • Iroq U-23 ustozi Radhi Shenaishil: "Qo‘l ostimdagi barcha futbolchilar Olimpiadaga borishga munosib" 03 мая, 12:44 0
  • Indoneziya U-23 murabbiyi Shin Tae Yong: "Oxirgi imkoniyatdan foydalanishga urinib ko‘ramiz" 03 мая, 12:23 0
  • O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari ham Rossiyaga kiritilmayapti 03 мая, 12:00 1
  • Baxt aslida nimadaligini tushunishga yordam beradigan 5 ta film 03 мая, 11:37 7
  • Zargarlik do‘konidan 49 mln so‘mlik tilla buyumlarni o‘g‘irlab ketgan 12 yoshli bola ushlandi 03 мая, 11:30 13
  • Indoneziya ustidan irodali g‘alabani qo‘lga kiritgan Iroq Olimpiada litsenziyasiga ega chiqdi (video) 03 мая, 11:09 21
  • Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti 03 мая, 10:42 16
  • AQSH sun’iy intellektga yadro quroli ustidan nazoratni bermaslikka chaqirdi 03 мая, 10:40 29
  • Yevropa Ligasi. “Bayer” safarda “Roma”ni taslim etdi, “Marsel” esa “Atalanta” bilan durang o‘ynadi 03 мая, 09:34 46
  • U23 Osiyo kubogi. Bugun final! O‘zbekiston terma jamoasi Yaponiyaga qarshi o‘ynaydi 03 мая, 09:24 118
  • Makron fransuz qo‘shinlarini Ukrainaga yuborish shartlarini aytdi 03 мая, 09:09 170
  • Bayden talabalarning norozilik namoyishlari uning Isroilga nisbatan siyosatini o‘zgartirmasligini aytdi 03 мая, 09:05 46
  • Bo‘limlar