“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 01:23
ЎЗO‘Z

Rahbar va hokimlarning pastga tushib ishlashi va hisobot berishi bo‘yicha yangi tizim joriy qilinadi

15 avg, 09:35 2 797 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Rahbar va hokimlarning pastga tushib ishlashi va hisobot berishi bo‘yicha yangi tizim joriy qilinadi O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 14 avgust kuni mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha 2019 yilning birinchi yarmida amalga oshirilgan ishlarni muhokama qilish hamda 9 oy va yil yakuni bo‘yicha belgilangan prognoz parametrlariga erishishni ta’minlaydigan ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan kengaytirilgan yig‘ilish o‘tkazildi.

Yig‘ilishda bundan buyon Vazirlar Mahkamasi komplekslari rahbarlari, vazirlar, qo‘mitalar va xo‘jalik birlashmalari raislari o‘zlarining ish uslubini tubdan o‘zgartirib, ko‘proq hududlarga, olis qishloqlarga borib, pastdagi muammolarni aniqlash va hal etishda hokimliklar, tadbirkorlar va joylardagi rahbarlarga amaliy yordam berishi zarurligi ta’kidlandi.

Bunda, har bir kompleks rahbari o‘zining vazirlari bilan birga har chorakda viloyatlarga borib, tegishli sohalardagi mavjud muammolarni hal etishi va natijalari bo‘yicha viloyat xalq deputatlari kengashi va faollari oldida hisobot berishi kerak.

Xuddi shunday, viloyatlar hokimlari ham o‘z o‘rinbosarlari va viloyat boshqarmalari rahbarlari bilan birga har chorakda tumanlarga borib, muammolarni hal qilib, tuman xalq deputatlari kengashi va faollar oldida hisobot beradi.

Oliy Majlis palatalari va Vazirlar Mahkamasiga rahbar va hokimlarning pastga tushib ishlashi va hisobot berishi bo‘yicha yangi tizimni amalda joriy qilish mas’uliyati yuklandi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi 30 apr, 19:54 527
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 134
  • “O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 28 apr, 11:05 119
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 210
  • «O‘zgidromet» 23 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 22 apr, 12:20 143
  • O‘zbekistonda 22 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumoti 22 apr, 00:55 172
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi 02 мая, 23:39 18
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq 3-o‘rinni va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 02 мая, 23:35 23
  • Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi 02 мая, 23:30 51
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 16
  • Shifokor kartoshkaning ayrim zararlarini ochiqladi 02 мая, 23:02 30
  • Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi 02 мая, 22:50 86
  • Makron Yevropaga tahdid solayotgan uchta xavf haqida gapirdi 02 мая, 22:07 115
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 84
  • Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi 02 мая, 21:20 20
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 28
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 89
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 124
  • Bo‘limlar