“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2024, 13:10
ЎЗO‘Z

O‘zbekistonda sayyohlar uchun Wi-Fi tezligi yaxshilanadi

14 avg, 12:20 2 456 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekistonda sayyohlar uchun Wi-Fi tezligi yaxshilanadi Bugunga kelib raqamli texnologiyalar turistlarga butun dunyo bo‘ylab dadil va erkin sayohat qilish imkonini bermoqda. Sayyohlar birgina tugmani bosish orqali muloqot qilishi, bir joydan ikkinchisiga ko‘chishi, to‘lov amalga oshirishi yoki boshqa qiziq narsalarni topishi mumkin, buning uchun esa, albatta, Internet tarmog‘i zarur. Shunday ekan, Internetga kirish sayyohning taassurotlarini yaxshi yoki yomon tomonga o‘zgartira oladi.

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi xabariga ko‘ra, shu munosabat bilan, O‘zbekiston Respublikasi prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida turizm sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni bilan mehmonxonalarni butunjahon Internet tarmog‘iga kirish, jumladan 4 mb/s’dan kam bo‘lmagan tezlikdagi simsiz Wi-Fi bilan ta'minlashga doir talablarni kiritish ko‘zda tutilmoqda.

Shuningdek, hujjatga muvofiq aeroportlar, temir yo‘llari va avtovokzallar hududi ham 4 mb/s’dan kam bo‘lmagan tezlikdagi simsiz Wi-Fi bilan ta'minlanadi.

Mazkur qadam turistik “aqlli shahar”ni yaratish bosqichlaridan birinchisi hisoblanadi, bu yerda yuqori texnologiyalar infratuzilma va xizmatlarni yaxshilash hamda mahalliy iqtisodiyotni rag‘batlantirish yo‘lida xizmat qiladi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • 5 may kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 04 мая, 11:46 139
  • Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi 30 apr, 19:54 543
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 136
  • “O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 28 apr, 11:05 122
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 211
  • «O‘zgidromet» 23 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 22 apr, 12:20 144
  • So'nggi yangiliklar
  • UFC 301. Aleksandr Pantoja hakamlar qaroriga ko‘ra Stiv Ersegni mag‘lub etdi 05 мая, 13:00 0
  • O‘zbekistonning qaysi hududida parranda ko‘p boqiladi? 05 мая, 12:38 0
  • Ikki toifa odamlar bor: ular hech nimani qo‘lga kirita olmaydi 05 мая, 12:11 1
  • Poroshenko Rossiyada qidiruvga berilganiga javob qaytardi 05 мая, 11:48 18
  • Ronaldu Messidan uzoqlashmoqda! 05 мая, 11:23 9
  • Rossiyalik zobitning Buxoroda ko‘rgan-kechirganlari... 05 мая, 11:05 48
  • 118:9: “Barselona” futbol o‘ynashni qizlardan o‘rgansin! 05 мая, 11:00 29
  • Ayollar erkaklarga qaraganda uzoqroq yashashadi, lekin... 05 мая, 10:13 30
  • Saul Alvares va Xayme Mungia ishtirokidagi jang to‘liq davom etdi 05 мая, 09:59 26
  • Messi amerikaliklarni hayratga solishda davom etmoqda 05 мая, 09:53 49
  • Messi “dahshatli” ko‘rsatkich qayd etdi (video) 05 мая, 09:51 61
  • Germaniyada Gebbelsning villasi istalgan odamga berib yuborilishi e’lon qilindi 05 мая, 07:16 139
  • Bo‘limlar