“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 16:03
ЎЗO‘Z

Shavkat Mirziyoyev banklar ish uslubini tubdan o‘zgartirishi kerakligini aytdi

02 avg, 20:53 3 636 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Shavkat Mirziyoyev banklar ish uslubini tubdan o‘zgartirishi kerakligini aytdi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 2 avgust kuni kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahliliga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

Videoselektor yig‘ilishida tadbirkorlikni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash, shu bilan birga, ajratilgan mablag‘larning maqsadli va samarali ishlatilishini ta’minlash masalasi ham muhokama qilindi.

Ma’lumki, oxirgi yillarda tadbirkorlikni rivojlantirish uchun katta miqdorda kreditlar berildi. Ularning 90 foizdan ziyodi davlat mablag‘laridir.

O‘tkazilgan o‘rganishlar 2017-2018 yillarda bankdan kredit olgan mingdan ortiq tadbirkorlarning loyihalari bo‘yicha yer ajratish, infratuzilmaga ulanish, ruxsatnoma olish, dastgohlarni keltirish va boshqa turli masalalarga doir muammolar borligini ko‘rsatgan. Bu o‘z navbatida berilgan kreditlarning qaytarilishini qiyinlashtiradi.

Shu bois Hisob palatasi, Markaziy bank, Iqtisodiyot va sanoat vazirligiga muammolari bo‘lgani uchun to‘liq amalga oshirilmayotgan loyihalar ro‘yxatini shakllantirib, ularga amaliy ko‘mak berish vazifasi qo‘yildi.

Davlat rahbari banklar ish uslubini tubdan o‘zgartirib, tadbirkorlarni ularning butun faoliyati davomida qo‘llab-quvvatlashi, o‘z mijozlari bilan haqiqiy ma’noda biznes-hamkor sifatida ishlashi kerakligini ta’kidladi.

Xalqaro kredit liniyalari mablag‘larini tadbirkorlik sohasiga kengroq jalb qilish, ularni o‘zlashtirish borasida mamlakatimizning har bir hududi kesimida takliflar ishlab chiqish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi. Tijorat banklarida tashkil etilgan “Investitsiya markazlari” orqali bu kreditlarning yo‘nalishlari va shartlari to‘g‘risida har bir mijozga to‘liq ma’lumot berish zarurligi qayd etildi.

Yig‘ilishda faoliyatini to‘xtatgan kichik biznes sub’ektlarini qayta tiklash masalalari ham tahlil qilindi. Mutasaddilarga soliq va statistika ma’lumotlarini tahlil qilib, har bir korxonaning faoliyat ko‘rsatmaslik sabablarini aniqlash vazifasi qo‘yildi. Hokimlarning tadbirkorlik masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari va joylardagi iqtisodiy kompleks idoralari rahbarlari faoliyatini tiklash imkoni bo‘lgan korxonalar bilan manzilli ishlab, ularning muammolarini hal etishga yordam berishi kerakligi ta’kidlandi.

Faoliyat ko‘rsatmayotgan korxonalarni tiklash, ish o‘rinlarini legalizatsiya qilish, yangi loyihalarni o‘z vaqtida ishga tushirish hisobiga soliq bazasini kengaytirish yuzasidan ko‘rsatmalar berildi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • 5 may kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 04 мая, 11:46 82
  • Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi 30 apr, 19:54 536
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 135
  • “O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 28 apr, 11:05 119
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 211
  • «O‘zgidromet» 23 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 22 apr, 12:20 144
  • So'nggi yangiliklar
  • Falastin tarafdorlari namoyishlari butun dunyo universitetlarini qamrab olmoqda 04 мая, 15:45 2
  • Ukrainada safarbarlik to‘g‘risidagi yangi qonunning bir qismi kuchga kirdi 04 мая, 15:21 7
  • Kecha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasiga g‘alaba uchun nima yetishmadi? 04 мая, 14:54 16
  • Jasur Jaloliddinov: "Finalda kuchli jamoa yutqazdi" 04 мая, 14:35 36
  • Organizmda gormonlar bilan bog‘liq muammo borligini bildiradigan simptomlar 04 мая, 14:10 12
  • Rossiyalik Vinnik AQSHda pul yuvish bo‘yicha aybini tan oldi 04 мая, 13:43 42
  • G‘azo himoyasidagi oliygohlar yoxud AQSHda "talabalar bahori" 04 мая, 13:18 49
  • Ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonerlar qamoqqa olindi 04 мая, 13:02 34
  • Endi maktablarda pedagogik sinflar tashkil etiladi 04 мая, 12:00 30
  • Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi? 04 мая, 11:50 89
  • 5 may kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 04 мая, 11:46 82
  • "Manchester Siti" futbolchisi Gvardiola haqida bor haqiqatlarni aytdi 04 мая, 11:41 126
  • Bo‘limlar