“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 17:36
ЎЗO‘Z

Qozog‘iston va Qirg‘iziston prezidentlari ham Shavkat Mirziyoyevni tabriklashdi

24 iyul, 14:25 2 943 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Qozog‘iston va Qirg‘iziston prezidentlari ham Shavkat Mirziyoyevni tabriklashdi Foto: Prezident matbuot xizmati
Avvalroq O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev Tojikiston Respublikasi prezidenti Emomali Rahmon, Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin hamda Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov bilan telefon orqali muloqot qilgani haqida xabar berilgandi.

Shavkat Mirziyoyev 24 iyul kuni Qozog‘iston Respublikasi prezidenti Qasim-Jomart Toqayev bilan ham telefon orqali muloqot qildi.

Qasim-Jomart Tokayev davlatimiz rahbarini tavallud kuni bilan samimiy qutlar ekan, uning qardosh mamlakatlarimiz o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va sheriklik munosabatlarini mustahkamlashdagi ulkan hissasini alohida ta’kidladi.

Suhbatda O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi amaliy hamkorlikni kengaytirish istiqbollari muhokama qilindi, shuningdek, xalqaro va mintaqaviy masalalar yuzasidan fikr almashildi.

Davlat rahbarlari ikki tomonlama tovar ayirboshlashni yanada oshirish, sanoat kooperatsiyasini kuchaytirish, tranzit salohiyati va hududlararo hamkorlikdagi keng imkoniyatlardan samarali foydalanish muhimligini ta’kidladilar.

Shu munosabat bilan o‘tgan hafta ikki mamlakat hukumat delegatsiyalari ishtirokida «Beyneu-Akjigit-O‘zbekiston chegarasi» avtomobil yo‘lining ochilgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

Bundan tashqari, O‘zbekistonda Qozog‘iston yili doirasida birgalikdagi madaniy-gumanitar tadbirlarni muvaffaqiyatli o‘tkazishga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, bugun Qirg‘iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov Qirg‘iziston xalqi va shaxsan o‘z nomidan davlatimiz rahbarini tug‘ilgan kuni bilan samimiy qutlab, mustahkam sog‘lik, farovonlik va muvaffaqiyat tiladi.

Davlat rahbarlari O‘zbekiston-Qirg‘iziston strategik sheriklik munosabatlari izchil mustahkamlanib borayotganini mamnuniyat bilan qayd etdilar.

Turli darajalardagi aloqalar faollashgani, tovar ayirboshlash ortayotgani, gumanitar almashinuvlar jadallashgani alohida ta’kidlandi.

Mamlakatlarimiz va xalqlarimiz o‘rtasidagi do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini mustahkamlash maqsadida birgalikdagi sa’y-harakatlarni, jumladan, hukumatlararo komissiyalar doirasida davom ettirishga kelishib olindi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • 5 may kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 04 мая, 11:46 142
  • Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi 30 apr, 19:54 545
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 137
  • “O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 28 apr, 11:05 123
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 211
  • «O‘zgidromet» 23 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 22 apr, 12:20 145
  • So'nggi yangiliklar
  • Yetti nafar o‘zbekistonlik mehnat muhojiri Qozog‘istondan chiqarib yuborildi 06 мая, 16:34 0
  • AQSH Isroil bilan tinchlik o‘rnatishga rozi bo‘lgandan keyingina Ar-Riyod bilan shartnoma tuzadi 06 мая, 16:10 1
  • Toshkentdagi issiqlik ta’minoti operatori daraxt tagida qolib ketgan qizaloq yuzasidan munosabat bildirdi 06 мая, 15:45 0
  • Qozog‘istonlik milliarder Angliya klubini sotib oldi 06 мая, 15:25 4
  • Braziliyada suv toshqinlari: qurbonlar soni 75 kishiga yetdi 06 мая, 15:00 14
  • Mashhur agent PSJga to‘rtta yulduzni tavsiya qilmoqda 06 мая, 14:38 31
  • Robert Levandovski: “Mbappe futbolchi va shaxs sifatida juda aqlli” 06 мая, 14:14 10
  • Xarkivga yana bomba zarbalari uyushtirildi 06 мая, 13:52 64
  • Ishsizlik nafaqasi miqdorini belgilashga aniqlik kiritilmoqda 06 мая, 13:29 31
  • O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi sayyohlar almashinuvi pandemiyadan oldingi darajaga yetdi 06 мая, 13:06 17
  • Yevropa razvedka xizmatlari: Rossiya Yevropada diversiyalarni rejalashtirmoqda 06 мая, 12:40 86
  • Kutilmagan natijalarga boy Dushanbe “Katta Dubulg‘a” turniri yakuniga yetdi 06 мая, 12:15 94
  • Bo‘limlar