“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2024, 14:30
ЎЗO‘Z

O‘zbekistonda yangi notarial harakatlar joriy etiladi

22 iyul, 13:12 2 530 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekistonda yangi notarial harakatlar joriy etiladi Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “O‘zbekiston Respublikasida notariat tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident farmoni loyihasi joylashtirildi.

Hujjatga ko‘ra, 2020 yil 1 yanvardan quyidagi notarial harakatlar joriy etilishi mumkin:

fuqarolik-huquqiy munosabatlarda sudgacha bo‘lgan jarayonda dalillarni ta’minlash (guvohlarni so‘roq qilish, yozma va ashyoviy dalillarni ko‘zdan kechirish va guvohlantirish, ekspertiza tayinlash, internet tarmog‘idagi dalillarni ta’minlash);

fuqarolik-huquqiy munosabatlarda, shu jumladan mulkiy va meros masalalarida mediator vazifalarini bajarishi;

yaratilgan mualliflik va turdosh huquq ob’ektining taqdim etilgan vaqtini tasdiqlashi. Bunda taqdim etilgan hujjatning tasdiqlangan bir nusxasi notarial idorada, ikkinchi nusxasi muallifda saqlanadi va nizo kelib chiqqan vaqtda mualliflik va turdosh huquq egasini aniqlashda asos hisoblanadi.

2020 yil 1 yanvaridan shunday tartib o‘rnatiladiki, unga muvofiq:

ko‘chmas mulklar bo‘yicha bitimlarni notarial tasdiqlashda kommunal xizmatlar uchun qarzdorlikni faqat O‘zbekiston Respublikasi
Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi ma’lumotlar bazasi orqali onlayn rejimda tekshirish tartibi o‘rnatilgan holda kommunal tashkilotlardan bunday qarzdorlik mavjud yoki mavjud emasligi to‘g‘risida ma’lumotnoma olish talabi bekor qilinadi;

bitimlar bo‘yicha taraflarning to‘lov majburiyatlarini bajarishi ixtiyoriy ravishda notarius depoziti orqali amalga oshiriladi. Bunda, ko‘chmas mulklar bo‘yicha bitimlarni notarial tasdiqlashda muayyan qarzdorliklar aniqlanganda ularni tegishli mablag‘ni notarius depozitiga o‘tkazish orqali to‘lash yoki ularning asosligini tekshirish imkoniyati mavjud bo‘ladi;

bitimlarni notarial tasdiqlashni taraflar turli hududlarda joylashgan notarial idoralarda turib videokonferensaloqa rejimida amalga oshirishi mumkin;

ochiq axborot tizimiga joylashtirilgan notarial tasdiqlangan arizalar, ijara shartnomalari va ishonchnomalar mulkni begonalashtirish bilan bog‘liq bo‘lmagan yuridik harakatlarni amalga oshirishda hujjatning qog‘oz shakli bilan teng huquqiy kuchga ega bo‘ladi va fuqaro tegishli davlat organi yoki mansabdor shaxsga mazkur hujjatlarni qog‘oz shaklini taqdim etish majburiyatidan ozod etiladi;

respublika hududida notarial tasdiqlangan arizalar, ijara shartnomalari va ishonchnomalar asosida notarial harakatlarni amalga oshirishda ushbu arizalar, ijara shartnomalari va ishonchnomalar taqdim etilmasdan noyob raqami orqali ochiq axborot tizimida ularni tekshirish mumkin;

notarial harakatni amalga oshirish istagini bildirgan shaxsga notarial idoraga notarial harakat rasmiylashtirilishi uchun zarur bo‘lgan hujjat nusxalarini elektron tarmoq orqali oldindan jo‘natish yo‘li bilan elektron navbat olish va tegishli hujjatlarni tayyorlab qo‘yish imkonini beruvchi xizmat joriy qilinadi;

O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yordamida elektron murojaat yo‘llash orqali idoraviy notarial arxivda mavjud bo‘lgan hujjatlarning elektron imzo bilan tasdiqlangan nusxasini olish imkonini beruvchi xizmat taqdim etiladi.

Sudlarda ish hajmini kamaytirish hamda notariuslarning ijro xatlaridan foydalanish amaliyotini yanada kengaytirish maqsadida
2020 yil 1 yanvardan boshlab:

a) davlat bojini to‘lashdagi quyidagi imtiyozlar bekor qilinadi:

O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi va uning hududiy boshqarmalariga berilgan palata a’zolarining manfaatlarini ko‘zlab sud buyrug‘ini berish to‘g‘risida sudga da’volar kiritilganda, agar ular shartnomaviy munosabatlardan kelib chiqadigan bo‘lsa;

xususiy uy-joy mulkdorlarining shirkatlari, kommunal-foydalanish tashkilotlariga berilgan majburiy badallarni to‘lash va kommunal xizmatlar to‘lovi bo‘yicha qarzlarni undirish bo‘yicha notarius tomonidan ijro xatlari amalga oshirilganda.

b) garov (ipoteka) shartnomalari bo‘yicha majburiyatlar bajarilmaganda yuzaga kelgan qarzdorlik notariuslarning ijro xatlariga asosan so‘zsiz undiriladi.

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda:

a) 2020 yil 1 yanvargacha, eksperiment tariqasida, sohaga zamonaviy innovatsion va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etgan holda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlarda kamida 2 tadan va Toshkent shahrida kamida 5 ta notarial idoralarida notarial idoraga kelmasdan turib:

mol-mulkni tasarruf etish bilan bog‘liq bo‘lmagan bitimlarni (ijaraga, tekin foydalanishga berish shartnomalarni, boshqa shaxsga o‘tkazish bilan bog‘liq bo‘lmagan ishonchnomalarni), ijro xatlarini, hujjatlarning bir tildan boshqa tilga to‘g‘ri tarjima qilinganligini shahodatlash elektron raqamli imzodan foydalangan holda rasmiylashtirishni;

arizalarni (propiska qo‘yishga rozilik, voyaga yetmagan farzandni chet elga chiqishga rozilik arizalarini va majburiyatnomalarni) elektron raqamli imzodan foydalangan holda hamda video konferensiya orqali rasmiylashtirishni joriy etsin;

Bunda, masofadan xizmat ko‘rsatish orqali rasmiylashtirilgan hujjatning asl nusxasini buyurtmachiga kurer orqali yetkazib berish imkoniyati ta’minlanishi yo‘lga qo‘yiladi.

b) eksperiment natijalari asosida 2021 yil 1 yanvarga qadar ushbu amaliyotni barcha notarial idoralariga tatbiq etish yuzasidan asoslantirilgan takliflarni kiritadi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • 5 may kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 04 мая, 11:46 139
  • Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi 30 apr, 19:54 543
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 136
  • “O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 28 apr, 11:05 122
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 211
  • «O‘zgidromet» 23 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 22 apr, 12:20 144
  • So'nggi yangiliklar
  • Tayson Fyuri Oleksandr Usikka qarshi jang uchun Ar-Riyodga yetib bordi 05 мая, 13:49 5
  • Gollivudda ham mashhur bo‘lgan hind aktrisalari (foto) 05 мая, 13:23 6
  • UFC 301. Aleksandr Pantoja hakamlar qaroriga ko‘ra Stiv Ersegni mag‘lub etdi 05 мая, 13:00 6
  • O‘zbekistonning qaysi hududida parranda ko‘p boqiladi? 05 мая, 12:38 42
  • Ikki toifa odamlar bor: ular hech nimani qo‘lga kirita olmaydi 05 мая, 12:11 66
  • Poroshenko Rossiyada qidiruvga berilganiga javob qaytardi 05 мая, 11:48 156
  • Ronaldu Messidan uzoqlashmoqda! 05 мая, 11:23 65
  • Rossiyalik zobitning Buxoroda ko‘rgan-kechirganlari... 05 мая, 11:05 168
  • 118:9: “Barselona” futbol o‘ynashni qizlardan o‘rgansin! 05 мая, 11:00 83
  • Ayollar erkaklarga qaraganda uzoqroq yashashadi, lekin... 05 мая, 10:13 62
  • Saul Alvares va Xayme Mungia ishtirokidagi jang to‘liq davom etdi 05 мая, 09:59 39
  • Messi amerikaliklarni hayratga solishda davom etmoqda 05 мая, 09:53 66
  • Bo‘limlar