“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 27 2024, 23:50
ЎЗO‘Z

Shavkat Mirziyoyev Jahon banki delegatsiyasini qabul qildi

19 iyul, 17:45 2 770 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Shavkat Mirziyoyev Jahon banki delegatsiyasini qabul qildi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 19 iyul kuni Jahon bankining Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasi bo‘yicha vitse-prezidenti Siril Myuller boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

Davlat rahbari mehmonlarni samimiy qutlab, O‘zbekiston Respublikasi va Jahon banki o‘rtasidagi uzoq muddatli va o‘zaro manfaatli hamkorlik munosabatlarida yuksak darajaga erishilganini katta mamnuniyat bilan qayd etdi.

Bugun Bank mamlakatda ustuvor tarmoqlarda tarkibiy islohotlarni faol qo‘llab-quvvatlamoqda hamda ularning amalga oshirilishida bevosita ishtirok etmoqda, deyiladi xabarda.

Joriy yil 18 iyul kuni Toshkentda Iqtisodiy kengashning birinchi majlisi hamda energetika sohasini isloh etish bo‘yicha davra suhbati muvaffaqiyatli o‘tkazildi, ular davomida hamkorlikning bosh ustuvor yo‘nalishlari, istiqboldagi sheriklikka doir aniq dastur va loyihalar belgilab olindi.

Bugungi kunda O‘zbekistonda amalga oshirilgan va davom etayotgan loyihalarning portfeli jami 5,2 milliard dollardan ortgan. Joriy yilning o‘zida Jahon banki 850 million dollardan ziyod bo‘lgan hamda tadbirkorlik, maktabgacha ta’limni rivojlantirish, aholi bandligini oshirish kabi yo‘nalishlarni qamrab olgan yangi kreditlarni ma’qulladi.

Shuningdek, qishloq xo‘jaligi va kommunal infratuzilmani modernizatsiya qilish, "Obod qishloq" dasturini birgalikda moliyalashtirish, raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishga doir loyihalar ishlab chiqilmoqda.

Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi va Jahon banki o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirishning dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Bank-moliya sektori va davlat korxonalarini isloh qilish, ta’lim, tadbirkorlik va qishloq xo‘jaligini rivojlantirish, shuningdek, davlat-xususiy sheriklik shartlarida infratuzilmaviy loyihalarni amalga oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Siril Myuller davlat rahbariga samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirib, Jahon banki prezidenti Devid Melpassning salomi va ezgu tilaklarini yetkazdi.

Bank O‘zbekistonda ustuvor tarmoqlarda amalga oshirilayotgan tarkibiy islohotlarning sur’ati va natijadorligini yuksak baholayotgani qayd etildi.

Siril Myuller mamlakat va butun mintaqaning barqaror taraqqiyoti yo‘lida O‘zbekiston Respublikasi bilan ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirish borasida Jahon bankining intilishi qat’iy ekanini yana bir bor tasdiqladi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 207
  • «O‘zgidromet» 23 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 22 apr, 12:20 140
  • O‘zbekistonda 22 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumoti 22 apr, 00:55 171
  • O‘zbekistonda kelasi hafta boshida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 20 apr, 18:40 224
  • O‘zbekistonda hafta oxirida kuzatiladigan ob-havo prognozi e’lon qilindi 18 apr, 11:56 267
  • 18 aprel kuni havo harorati 30 darajagacha ko‘tariladi 17 apr, 11:55 64
  • So'nggi yangiliklar
  • "Bugun gapirsam, hammasi yonadi!". Muhammad Saloh Klopp bilan urishib qoldi 27 apr, 22:40 0
  • Crocus'dagi teraktda ayblangan yana bir Tojikiston fuqarosi hibsga olindi 27 apr, 22:14 0
  • Halokatli tornado AQSH bo‘ylab yuzlab uylarga zarar yetkazdi (video) 27 apr, 21:49 7
  • Migrantlarni Rossiyadan chiqarib yuborishning yangi tartibi taklif etildi 27 apr, 21:24 63
  • Olmaotada avtobus haydovchisini urib, fojiali YTH sababchisi bo‘lgan yo‘lovchiga hukm o‘qildi 27 apr, 20:50 18
  • 17 yoshli hindistonlik Dommaraju jahon shaxmat toji uchun kurashadi 27 apr, 20:29 29
  • Qozog‘iston “Tolibon” uchun raqamli boshqaruvni yo‘lga qo‘yish va afg‘on maktablarini internetga ulashga tayyor 27 apr, 20:00 16
  • Markaziy bank raisi: “Uy-joy uchun ajratilayotgan kreditlar foizi pasayishi kutilmoqda” 27 apr, 19:36 60
  • Sankt-Peterburgda 24 yoshli o‘zbekistonlik yigit o‘g‘irlab ketildi 27 apr, 18:37 203
  • Vazirliklar Yangi Toshkentga ko‘chiriladi 27 apr, 18:17 124
  • Jasurbek Jaloliddinov: "Bugun maydonda qo‘rqqan jamoa yutqazdi" 27 apr, 17:52 182
  • Tojikiston terma jamoasi bosh murabbiyi: " Bu bizga yaxshi tajriba bo‘ldi va uning samarasini Jahon chempionatida ko‘rsatamiz" 27 apr, 17:30 99
  • Bo‘limlar