“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 14:11
ЎЗO‘Z

O‘zbekiston sayyohlar oqimini 10 million kishidan oshirmoqchi

14 iyul, 07:43 2 790 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekiston sayyohlar oqimini 10 million kishidan oshirmoqchi O‘zbekistonda turizmni rivojlantirishning yangi dasturi ishlab chiqildi, boshqa mamlakatlardan keladigan mehmonlar oqimi 10 million kishiga ortishi mumkin. Respublika prezidenti Shavkat Mirziyoyev MDHga a’zo davlatlar turizm bo‘yicha kengashi va uning doirasida o‘tkazilgan Birinchi turistik yarmarka yakunlari bilan tanishib chiqqach tegishli topshiriqlarni bergan. Bu haqda Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduxakimov ma’lum qildi.

Tadbir Samarqandda 10-11 iyul kunlari bo‘lib o‘tdi, unda turistik soha rivojlanishini tartibga soluvchi idoralar xodimlari, shuningdek, turistik biznes vakillari va ta’lim sektori vakillari - ushbu soha uchun kadrlar tayyorlash bilan shug‘ullanuvchi 11 OTM rektorlari ishtirok etdilar.

Aziz Abduhakimov o‘n million turist - erishsa bo‘ladigan raqamlar ekanini aytdi. Qayd etilishicha, joriy yil yakunlari bo‘yicha ushbu ko‘rsatkich 6,4-6,5 million kishini tashkil qiladi.

"Biz ko‘proq ziyorat-turizm, agro-turizm, etno-turizm ustida ishlashimiz kerak — mana shular mamlakatga ko‘proq mehmonlarni jalb etadi. Keyingi yo‘nalish — O‘zbekistonga yo‘l ochish uchun logistika bilan bog‘liq masalalarni hal qilishimiz kerak. Biz qit’a o‘rtasida joylashganmiz, aviachiptalar juda qimmat, milliy aviatashuvchimiz monopoliyasi mavjud. Biz bu yerda aql bilan ish tutmog‘imiz lozim, toki milliy aviakompaniya bozorda ustuvorlikka ega bo‘lsin, shu bilan birga erkin raqobat bo‘lsin va chet el aviakompaniyalari o‘zbek bozoriga to‘siqlarsiz kirib kelsinlar", - dedi bosh vazir o‘rinbosari.

Bundan tashqari ko‘proq mehmonxonalar qurish lozim. Hozirda tadbirkorlarga imtiyozlar taklif etishmoqda - misol uchun kompensatsiyalar: uch yulduzli mehmonxonaning bitta nomeri uchun - 40 million so‘m, 65 million esa to‘rt yulduzli mehmonxona nomeri uchun.

"Bu imtiyoz ish berishni boshladi. Bugungi kunda o‘nta mehmonxonadan ariza kelib tushgan, biz ularning barchasini qoplab beramiz. Yana o‘ttiztasi tayyorgarlik ko‘rmoqda", - dedi Abduxakimov.

Bundan tashqari, O‘zbekistonda xostellar faoliyatiga talablar soddalashtirildi, shu tufayli xostellar soni birdaniga "qo‘ziqorin"dek ko‘paydi. Shuningdek, Airbnb tizimi joriy etilgan bo‘lib, shu tufayli, ma’lum talablarni bajargach mehmonlarni mamlakatning har bir fuqarosi qabul qilish imkoniga ega bo‘ladi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi 30 apr, 19:54 531
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 135
  • “O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 28 apr, 11:05 119
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 210
  • «O‘zgidromet» 23 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 22 apr, 12:20 144
  • O‘zbekistonda 22 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumoti 22 apr, 00:55 174
  • So'nggi yangiliklar
  • AQSHda og‘ir-bosiqligi bilan mashhur bo‘lgan alligator o‘g‘irlab ketildi (foto) 03 мая, 13:43 1
  • SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi? 03 мая, 13:25 4
  • OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni 03 мая, 13:00 23
  • Iroq U-23 ustozi Radhi Shenaishil: "Qo‘l ostimdagi barcha futbolchilar Olimpiadaga borishga munosib" 03 мая, 12:44 14
  • Indoneziya U-23 murabbiyi Shin Tae Yong: "Oxirgi imkoniyatdan foydalanishga urinib ko‘ramiz" 03 мая, 12:23 24
  • O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari ham Rossiyaga kiritilmayapti 03 мая, 12:00 119
  • Baxt aslida nimadaligini tushunishga yordam beradigan 5 ta film 03 мая, 11:37 25
  • Zargarlik do‘konidan 49 mln so‘mlik tilla buyumlarni o‘g‘irlab ketgan 12 yoshli bola ushlandi 03 мая, 11:30 55
  • Indoneziya ustidan irodali g‘alabani qo‘lga kiritgan Iroq Olimpiada litsenziyasiga ega chiqdi (video) 03 мая, 11:09 44
  • Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti 03 мая, 10:42 32
  • AQSH sun’iy intellektga yadro quroli ustidan nazoratni bermaslikka chaqirdi 03 мая, 10:40 46
  • Yevropa Ligasi. “Bayer” safarda “Roma”ni taslim etdi, “Marsel” esa “Atalanta” bilan durang o‘ynadi 03 мая, 09:34 62
  • Bo‘limlar