“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 08:23
ЎЗO‘Z

Toshkentda O‘zbekiston - Germaniya texnika universiteti tashkil etiladi

11 iyul, 20:43 2 310 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Toshkentda O‘zbekiston - Germaniya texnika universiteti tashkil etiladi Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev Berlindagi Shtaynbays nomli xususiy universitetning ilmiy ishlar bo‘yicha prezidenti G.Xubua bilan uchrashdi. Bu haqda poytaxt hokimligi xabar bermoqda.

O‘zaro muloqot davomida O‘zbekiston Respublikasi prezidentining Toshkent shahrida O‘zbekiston - Germaniya texnika universitetini tashkil etishga qaratilgan farmoni ijrosini ta’minlash masalasi muhokama qilindi.

Toshkent shahar hokimi texnika sohasida yuksak malakali mutaxassislar qatori boshqaruvni biladigan va o‘z yo‘nalishida korxona ochish salohiyati va qobiliyatiga ega bo‘lgan kadrlarni tayyorlash muhimligini qayd etdi.

Berlindagi Shtaynbays nomidagi xususiy universitetning ilmiy ishlar bo‘yicha prezidenti G.Xubua bu borada ularda yaxshi tajriba yo‘lga qo‘yilgani, universitet talabasi bo‘lishni xohlagan abituriyentlar avvalo korxona-tashkilotlar bilan ma’lum bir istiqbolli loyiha bo‘yicha shartnomaga ega bo‘lishi lozimligi, oliy ta’lim dargohi esa ushbu loyihani takomillashtirish va hayotga joriy etishga har tomonlama yordam berishini ma’lum qildi.

Shuningdek, Berlindagi Shtaynbays nomidagi xususiy universitet Myunxen texnika universiteti va Karlsrue texnologiya universiteti bilan hamkorlikda ishlashini qayd etib, O‘zbekiston tomoni bilan amalga oshiriladigan loyihada ulardagi samarali o‘quv dasturlari va ish tajribasidan foydalanish mumkinligini aytib o‘tdi.

Uchrashuvda ta’lim qanday yo‘nalishlar va dasturlar asosida olib borilishi, bu jarayonga jalb qilinadigan mutaxassislar masalasi ham muhokama etildi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi 30 apr, 19:54 531
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 135
  • “O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 28 apr, 11:05 119
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 210
  • «O‘zgidromet» 23 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 22 apr, 12:20 144
  • O‘zbekistonda 22 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumoti 22 apr, 00:55 174
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi 02 мая, 23:39 162
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq 3-o‘rinni va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 02 мая, 23:35 169
  • Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi 02 мая, 23:30 260
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 78
  • Shifokor kartoshkaning ayrim zararlarini ochiqladi 02 мая, 23:02 107
  • Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi 02 мая, 22:50 176
  • Makron Yevropaga tahdid solayotgan uchta xavf haqida gapirdi 02 мая, 22:07 289
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 167
  • Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi 02 мая, 21:20 38
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 53
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 143
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 196
  • Bo‘limlar