“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 15:46
ЎЗO‘Z

2015 yil oxirigacha O‘zbekistonning barcha yirik kompaniyalari to‘liq ravishda axborot texnologiyalari bilan ta’minlanadi

05 yanv, 13:21 7 589 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
2015 yil oxirigacha O‘zbekistonning barcha yirik kompaniyalari to‘liq ravishda axborot texnologiyalari bilan ta’minlanadi

O‘zbekistonda 2014-2015 yillar davomida yirik aksionerlik kompaniyalari, uyushmalar va birlashmalarda axborot tizimini joriy qilish bo‘yicha umumiy miqdori 330 milliard so‘mdan ziyodroq summani tashkil qilgan 86ta loyiha bosqichma-bosqich amalga oshiriladi, deb xabar beradi "Jahon” axborot agentligi O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikasion texnologiyalar davlat qo‘mitasining matbuot xizmatiga iqtibos keltirgan holda.

Ma’lum qilinishicha, bu loyihalar sanoatning boshqaruv va ishlab chiqarish jarayonlariga eng zamonaviy axborot tizimlari va dasturiy mahsulotlarini joriy qilish davlat dasturi doirasida amalga oshirilmoqda.

O‘zbekiston dasturiy mahsulotlar bozorining rivojlanishiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Shu maqsadda dasturiy ta’minot ishlab chiqaruvchi kompaniyalar milliy ro‘yxati tuzilgan bo‘lib, hozirda bu ro‘yxatga respublikadagi 69ta kompaniyas nomi kiritilgan. Dasturiy mahsulot yaratuvchilar katalogi "software.uz”da 1600ta dastur haqida ma’lumotlar berilgan.

Ma’lumot uchun, 2017 yilning 1 yanvariga qadar O‘zbekistonning dasturiy ta’minot ishlab chiqaruvchi kompaniyalari mamlakatga xorijdan o‘z ehtiyojlari uchun olib kirayotgan uskunalar, butlovchi qismlar, detallar, texnologik hujjatlar va dasturiy ta’minot uchun bojxona to‘lovlari to‘lashdan ozod etilgan.

Bu imtiyozlar O‘zbekiston Prezidentining 2013 yil 20 sentyabrdagi "Mamlakatimizning dasturiy ta’minot vositalari ishlab chiquvchilarini rag‘batlantirishni yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan joriy qilingan.

Axborot tizimlari va dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqarish sohasiga xorijiy sarmoyalarni jalb qilish maqsadida axborot texnologiyalari sohasida faoliyat yurituvchi etakchi xorijiy kompaniyalar bilan qo‘shma korxonalar (misol uchun, Janubiy Koreyaning LG CNS kompaniyasi bilan) tuzish bo‘yicha qarorlar qabul qilinmoqda.

Manba va foto: Kun.uz





Mavzuga oid yangiliklar
  • Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi 30 apr, 19:54 517
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 134
  • “O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 28 apr, 11:05 119
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 210
  • «O‘zgidromet» 23 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 22 apr, 12:20 142
  • O‘zbekistonda 22 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumoti 22 apr, 00:55 172
  • So'nggi yangiliklar
  • Toshkent viloyatida muqaddam 8 marotaba sudlangan “soxta operator” qayta jinoyatga qo‘l urdi 02 мая, 14:48 0
  • Rossiyaning yettita viloyatiga dronlar hujum qildi 02 мая, 14:45 0
  • Ushbu moddaning yetishmasligi tamaki kabi umrni qisqartiradi 02 мая, 13:33 11
  • AQSH Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar kiritdi 02 мая, 13:29 21
  • Shavkat Mirziyoyev: Jahonda investorlar uchun mislsiz kurash ketyapti 02 мая, 12:33 14
  • Istanbul: rasmiylar bosh maydondagi norozilik namoyishini tarqatib yubordi 02 мая, 12:10 15
  • Ruslanbek Jiyanov: "Yaponiya terma jamoasi bilan ikki yil avval ham to‘qnash kelganmiz" 02 мая, 11:53 110
  • Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi 02 мая, 11:30 155
  • Kolumbiya Isroil bilan diplomatik aloqalarni uzdi 02 мая, 11:06 58
  • Saudiya Arabistoni energetika vaziri O‘zbekistonga tashrif buyuradi 02 мая, 10:43 20
  • Rossiya hududlari dronlar hujumi haqida xabar berdi 02 мая, 10:20 124
  • Germaniyada Rheinmetall qurol kompaniyasi rahbarining dachasi yoqib yuborildi 02 мая, 09:56 94
  • Bo‘limlar