“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 21:36
ЎЗO‘Z

O‘zbekistonda texnologik startap-loyihalar uchun Tech Central Asia akseleratsion dasturi ishga tushirildi

07 iyun, 14:33 2 437 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekistonda texnologik startap-loyihalar uchun Tech Central Asia akseleratsion dasturi ishga tushirildi Innovatsion rivojlanish vazirligi O‘zbekistondagi AQSh elchixonasi hamda Astana Business Campus bilan hamkorlikda O‘zbekistondagi texnologik startap-loyihalar uchun Tech Central Asia akseleratsion dasturini ishga tushirdi. Bu haqda Spot'ga asoslanib Daryo xabar berdi.

Tech Central Asia dasturi O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikistonda o‘z startap loyihalarini ishlab chiqish va ularni amalga oshirishni istagan yosh tadbirkorlar, talabalar, novatorlar va kashfiyotchilarga barqaror bizneslarini barpo etish va ularning keyingi rivojlanishiga yordam beradi.

Dasturni amalga oshirish doirasida startaplarga texnik ekspertiza, mentorlik taqdim etiladi, tadbirkorlikka doir mavzular va ko‘nikmalar bo‘yicha ma’ruzalar o‘qiladi, amaliy mashg‘ulotlar o‘tkaziladi.

Tech Central Asia dasturining eng yaxshi loyihalarini Innovatsion rivojlanish vazirligi grant mabalag‘lari hisobidan qo‘llab-quvvatlashi ko‘zda tutilgan. Iqtisodiyot tarmoqlarining innovatsiyalarga ehtiyojini inobatga olgan holda tanlovda qurilish, qishloq xo‘jaligi va «aqlli shahar» sohasidagi loyihalarga alohida e’tibor qaratiladi.

Shu maqsadda vazirlik Nazarboyev universiteti, xorijiy ekspertlar va O‘zbekistonning yetakchi kompaniyalari bilan hamkorlikda bo‘lajak ishtirokchilar uchun maxsus informatsion seminarlar o‘tkazadi.

Tanlov doirasida yaratilgan eng yaxshi texnologik yechimlar mualliflari Nur-Sulton shahridagi Nazarboyev universitetida o‘tkaziladigan dasturning yakuniy Demo Day tadbirida ishtirok etish uchun taklif etiladi. Bu yerga taklif etilgan startapchilar o‘z g‘oyalariini amalga joriy etish uchun mablag‘ jalb etish, shuningdek, Nazarbayev Universiteti ABC Quick Start innovatsion klasterining akseleratsiya dasturiga ariza topshirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Dasturda ishtirok etish uchun arizlar 3 iyulga qadar techcentral.asia saytida qabul qilinadi. Dasturga loyihalarning tanlovi 6—7 iyul kunlari bo‘lib o‘tadi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • 5 may kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 04 мая, 11:46 118
  • Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi 30 apr, 19:54 538
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 135
  • “O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 28 apr, 11:05 119
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 211
  • «O‘zgidromet» 23 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 22 apr, 12:20 144
  • So'nggi yangiliklar
  • Sobiq "Navbahor" murabbiyi o‘zbek va qozoq futboladigi farq haqida gapirdi 04 мая, 20:39 0
  • Gulistonda Nexia avtomashinasining gaz balloni portlab ketdi (video) 04 мая, 20:19 1
  • Indoneziyaning Sulavesi orolida suv toshqinlari sabab 15 kishi halok bo‘ldi 04 мая, 19:55 1
  • Rossiya IIV Ukrainaning amaldagi va sobiq prezidentini qidiruvga berdi 04 мая, 19:32 2
  • “Muhtasham yuz yil” seriali yulduzlarining umr yo‘ldoshlari (foto) 04 мая, 19:08 27
  • Paragvayda futbol uchrashuvida maxsus kuchlar futbolchilar va muxlislarga qarata o‘t ochdi 04 мая, 18:46 47
  • Fyodor Yemelyanenko: “Men Mayk Tayson bilan jang qilishni reja qilgandim” 04 мая, 18:23 17
  • AQSH Ukrainaga yana 50 mlrd dollar ajratishni taklif qildi 04 мая, 18:00 30
  • Yevro-2024 uchun qaydnomadagi futbolchilar soni 23 dan 26 nafarga oshirildi 04 мая, 17:39 18
  • Dunyodagi eng tez superkar konsepsiyasi ishlab chiqildi (video) 04 мая, 17:14 25
  • Namanganda 50 dollarlik qalbaki kupyuralarni sotishga uringan shaxs ushlandi 04 мая, 16:53 16
  • O‘zbekiston tibbiyot OTMda 5 ming nafardan ko‘proq hindistonlik o‘qiyotgani ma’lum bo‘ldi 04 мая, 16:33 24
  • Bo‘limlar