“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 07:22
ЎЗO‘Z

O‘zbekistonda reklama bo‘yicha yangi qoidalar joriy etiladi

07 iyun, 09:00 3 455 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekistonda reklama bo‘yicha yangi qoidalar joriy etiladi Parlament quyi palatasida Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti hamda Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Innovatsion rivojlanish, axborot siyosati va axborot texnologiyalari masalalari qo‘mitasi hamkorlikda “Reklama to‘g‘risida”gi qonunning yangi tahrirdagi loyihasi muhokamasiga bag‘ishlangan davra suhbati tashkil etildi.

Tadbirda reklama faoliyatini tartibga soluvchi O‘zbekiston Respublikasining “Reklama to‘g‘risida”gi Qonuni 1998 yilda qabul qilinganligi hamda unga hozirga qadar 14 marotaba o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilganligi qayd etildi. Bundan tashqari, mazkur faoliyatni bevosita tartibga soluvchi 6 ta qonunosti hujjatlari qabul qilinganligi va bugungi kunda amalda ekanligi ta’kidlandi.

Amaldagi qonunning normalari sezilarli darajada eskirgan bo‘lib, zamonaviy reklama bozori talablariga javob bermaydi. Xususan, unda elektron tijoratda tovar (xizmat)larni reklama qilishga nisbatan talablarni belgilovchi qoidalar mavjud emas. Shuningdek tovarlarning xaridini rag‘batlantiruvchi tadbirlarni reklama qilish tartibga solinmagan. Qonunda tovarlarning bozorda xaridorgirligini oshirishning keng tarqalgan usullaridan biri reklama aksiyasi tushunchasi va uni o‘tkazish tartibi nazarda tutilmagan.

Dori vositalari, oziq-ovqat mahsulotlari, spirtli ichimliklar va tamaki mahsulotlarining reklamasi to‘g‘risidagi normalarni yanada takomillashtirish zarurati mavjud.

Tadbirda qayd etilganidek, tashqi reklamani joylashtirishni tartibga soluvchi normalar tashqi reklamani joylashtirish huquqini berishning amaldagi tartibiga muvofiq emas. Reklama agentining faoliyati qonun darajasida tartibga solinmagan.

Shu munosabat bilan, Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti tomonidan Qonunchilik palatasi bilan hamkorlikda “Reklama to‘g‘risida”gi qonunning yangi tahrirdagi loyihasi tayyorlandi. Qonunning yangi tahrirdagi loyihasini ishlab chiqish doirasida reklama sohasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi normalarni tizimlashtirish, umumiy tusdagi va amalda o‘z kuchini yo‘qotgan normalarni qonun matnidan chiqarish; davlat organlarining reklama sohasidagi vakolatlarini aniq belgilash; reklamaning qonun hujjatlari talablariga muvofiqligi bo‘yicha tahlil va ekspertiza o‘tkazish taklif etildi.

Qonun loyihasiga mahsulotlarning xarid qilinishini rag‘batlantiruvchi tadbirlar reklamasi hamda elektron tijoratda tovarlarni reklama qilishga nisbatan talablarni belgilovchi yangi qoidalar kiritildi. Bundan tashqari loyiha matni “reklama aksiyasi”, “axloqqa zid reklama”, “reklama faoliyati sub’ektlari”, “reklama agenti” va boshqa tushunchalarga berilgan izohlar bilan boyitildi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi 30 apr, 19:54 513
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 132
  • “O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 28 apr, 11:05 119
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 210
  • «O‘zgidromet» 23 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 22 apr, 12:20 142
  • O‘zbekistonda 22 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumoti 22 apr, 00:55 172
  • So'nggi yangiliklar
  • Pentagon Ukraina yuzasidan kutilmagan muammoga duch keldi 02 мая, 06:34 1
  • Shoygu Ukraina dronlariga qarshi qo‘llaniladigan yangi vositalar bilan tanishdi 02 мая, 06:00 0
  • Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi 02 мая, 00:24 45
  • Navoiyda avtomashinasiga sirena o‘rnatib harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi 02 мая, 00:03 22
  • Ar-Riyodda forum: AQSH-Xitoy tirashuvi va Yaqin Sharq inqirozi diqqat markazida 02 мая, 00:02 40
  • Jarimalardan 100 mln so‘m qarzi bor avtomobil Qamchiq dovonida ushlandi 01 мая, 23:50 40
  • Netanyahu HAMASga qarshi operatsiyani yakunlashdan bosh tortdi 01 мая, 23:45 72
  • Ukraina kamikadze dronlari Belgorod viloyatidagi aholi punktlariga hujum uyushtirdi 01 мая, 23:28 59
  • Joze Mourino Yevro—2024 favoritlarini sanab o‘tdi 01 мая, 23:10 49
  • Moskvada Ukrainadan tortib olingan NATO harbiy texnikalari ko‘rgazmasi o‘tkazildi 01 мая, 22:44 172
  • Nyu-York politsiyasi Falastin tarafdori bo‘lib namoyish o‘tkazgan 282 talabani hibsga oldi 01 мая, 22:22 37
  • Samarqandda YPX xodimi haydovchidan pora so‘radi: “Uch kishiga tushlik olib keling” 01 мая, 22:00 154
  • Bo‘limlar