“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 02:30
ЎЗO‘Z

O‘zbekistonda vodorodda yuradigan avtomobillar ishlab chiqarish uchun nimalar qilish kerak?

02 iyun, 18:57 3 267 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekistonda vodorodda yuradigan avtomobillar ishlab chiqarish uchun nimalar qilish kerak? O‘zbekistonda elektromobillar ishlab chiqarishga «Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish to‘g‘risida»gi qonun qanchalik imkon beradi yoki qo‘llab-quvvatlaydi? O‘zbekistonda vodorodli avtomobillar ishlab chiqarish istiqbollari qanday? Axborot va Ommaviy kommunikatsiyalar agentligida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda ishtirok etgan Oliy Majlis spikeri o‘rinbosari Boriy Alixonov shu haqda o‘z fikrini bildirdi, deb xabar beradi Kun.uz nashri.

«Barcha narsa nisbiy tushuncha. Nega deganda, elektromobil elektr energiyasida harakatlanadi. Bu to‘g‘ri. Ammo, o‘sha elektr energiya qaysi manbadan olinadi? Biz tramvay, trolleybusni ekologik toza transport deymiz-ku, lekin uni harakatlantirayotgan energiya ko‘mir yoki uglevodorodlarni yoqishdan olinsa, bu energiyani ekologik toza deya olamizmi?

Elektromobillar ishlab chiqarishdan tashqari, oldinda yana bitta yo‘nalish bor. Hozirgi kundagi ilg‘or mamlakatlar, xususan, AQSh, YeI mamlakatlari va Yaponiyada kreogen yoqilg‘i hisoblanuvchi vodorodda ishlaydigan transport vositalarini ham ishlab chiqarish boshlandi. Mana bu sohada ham, ya’ni vodorodda ishlaydigan transport vositalarini ishlab chiqarish borasida ish olib borilmoqda.

Nimaga? O‘zbekistonda atmosferaga chiqarilayotgan 2,2 mln tonna zararli moddalarning 60 foizi transport vositalari hissasiga to‘g‘ri kelishi, ular orasida saraton xastaliklarini keltirib chiqaruvchi gazlar borligi e’tiborga olinsa, suyultirilgan (azot vositasida sovutilgan) vodoroddan yoqilg‘i sifatida foydalanish naqadar dolzarb ahamiyat kasb etishi oydinlashadi. Chunki, vodorodni yoqqanda suv bug‘i havoga chiqariladi.

Shu bilan birga, bugungi kunda jahon miqyosida yiliga 100-120 mln tonnaga yetgan bo‘lsa-da, vodorodni sanoat usulida ishlab chiqish ancha serxarajat ish bo‘lgani bois, yangi-yangi innovatsion texnologiyalarni topishga bel bog‘lash kerak», - deya ta’kidladi Boriy Alixonov.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi 30 apr, 19:54 534
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 135
  • “O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 28 apr, 11:05 119
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 210
  • «O‘zgidromet» 23 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 22 apr, 12:20 144
  • O‘zbekistonda 22 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumoti 22 apr, 00:55 174
  • So'nggi yangiliklar
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi? 04 мая, 00:43 37
  • O‘zbekiston OTJ U-23 Osiyo kubogi "Fair Play" sovrini bilan taqdirlandi 04 мая, 00:35 13
  • O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi 04 мая, 00:23 4
  • Ukraina bosh vaziri: “Rossiya urush davomida Ukrainada 250 mingdan ortiq turar joy binosini vayron qildi” 04 мая, 00:03 11
  • O‘zbekiston Olimpiya o‘yinlarining "S" guruhidan joy oldi 03 мая, 23:35 110
  • U-23 Osiyo kubogi. Abduvohid Ne’matov turnirning eng yaxshi darvozaboni deb topildi! 03 мая, 23:25 55
  • Oltmish yillik muhabbat: 86 yoshli qariya o‘z kursdoshiga uylandi 03 мая, 23:20 37
  • Rossiyada o‘zbekistonlik qul savdogari qo‘lga olindi 03 мая, 23:15 131
  • Iroq qarshilik kuchlari Isroil poytaxtiga havo hujumi uyushtirdi 03 мая, 23:07 136
  • Shaxmat. Nodirbek Abdusattorov "TePe Sigeman" turnirida chempion bo‘ldi 03 мая, 23:03 48
  • U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi 03 мая, 22:43 80
  • Bayden: “AQSH butun dunyoda matbuot erkinligi bo‘g‘ilishiga javoban sanksiyalar joriy qilmoqchi” 03 мая, 22:39 78
  • Bo‘limlar