“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 09 2024, 04:05
ЎЗO‘Z

Umumta’lim maktablarida yangi tizim joriy etiladi

01 iyun, 15:27 4 470 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Umumta’lim maktablarida yangi tizim joriy etiladi Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasining “Umumta’lim maktablarida o‘quvchilar davomatini nazorat qilishning yagona elektron dasturiy tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi joylashtirildi.

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi va Ichki ishlar vazirligining umumta’lim maktablarida o‘quvchilar davomatini nazorat qilishning yagona elektron dasturiy tizimini joriy etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilishi mumkin.

Umumta’lim maktablarida o‘quvchilar davomatini nazorat qilishni ta’minlovchi “Elektron davomat” tizimini joriy etish tartibi to‘g‘risida nizom tasdiqlanadi.

Quyidagilar “Elektron davomat” tizimining asosiy vazifalari etib belgilanadi:

umumta’lim maktablari o‘quvchilari darsga o‘z vaqtida qatnashishini biometrik identifikatsiya tizimlari va boshqa usullar yordamida monitoring qilib borish;

o‘quvchilarning ta’lim olishiga ko‘maklashish va ta’lim olish jarayoniga o‘z vaqtida ishtirok etishini masofaviy tarzda nazorat qilib borish;

umumta’lim maktablarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni rivojlantirish, ular orqali umumta’lim maktablarida ta’lim jarayonlarida shaffoflikni ta’minlash va korrupsiyani oldini olish;

voyaga yetmagan bolalarning ota-onalari yoki qonuniy vakillari bolaning qonuniy huquqlari va manfaatlarini himoya qilishlari shart hamda ularning tarbiyasi va ta’lim olishlari uchun javobgarligi bo‘yicha qonunlarda belgilangan normalarning so‘zsiz bajarilishini ta’minlashga amaliy asos yaratish;

ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar tomonidan ixtiyoriy ravishda farzandlarining umumta’lim maktablaridagi davomati haqidagi ma’lumotlarni kuzatib borish imkoniyatini yaratish.

Belgilanishicha:

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Xalq ta’limi sohasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi “Elektron davomat” axborot tizimini ishlab chiqish, joriy etish va doimiy ravishda texnik qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha mas’ul tashkilot hisoblanadi;

“Elektron davomat” tizimini ishlab chiqish va joriy etish hamda texnik qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha xarajatlar Xalq ta’limi sohasidagi islohotlarga ko‘maklashish jamg‘armasi va qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa mablag‘lar hisobidan amalga oshiriladi.

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi:

davlat-xususiy sheriklik asosida umumta’lim maktablarida “Elektron davomat” tizimini joriy etishni nazarda tutuvchi tartibni ishlab chiqadi;

2020 yil 1 sentyabrga qadar «Elektron davomat» tizimini ishlab chiqib, Toshkent shahridagi umumta’lim maktablariga davlat-xususiy sherikligi asosida sinov tariqasida joriy etadi;

2021 yil 1 sentyabridan boshlab «Elektron davomat» tizimini respublikadagi barcha umumta’lim maktablarida bosqichma-bosqich joriy etilishini ta’minlaydi.

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi o‘quvchilarni darsda faol ishtirok etish hamda ularning darsga bo‘lgan qiziqishlarini yanada orttirish maqsadida o‘quvchilarning qiziqish doirasidan kelib chiqqan holda qo‘shimcha loyihalar ishlab chiqib, amaliyotga joriy etadi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Sirtqi ta’lim bosqichma-bosqich tugatiladi 08 мая, 16:30 128
  • 5 may kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 04 мая, 11:46 146
  • Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi 30 apr, 19:54 564
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 146
  • “O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 28 apr, 11:05 129
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 212
  • So'nggi yangiliklar
  • Prezident Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi organlari bilan qator yo‘nalishlarda hamkorlikni kengaytirish zarurligini aytdi 09 мая, 00:52 40
  • Shavkat Mirziyoyev Oliy Yevrosiyo iqtisodiy kengashi majlisida nutq so‘zladi 09 мая, 00:09 38
  • Elektr energiyasini eng ko‘p sarflaydigan maishiy texnikalar 08 мая, 23:43 54
  • Superligada aprel oyining eng yaxshisi bo‘lishga nomzodlar 08 мая, 23:22 52
  • O‘zbekiston muftiysiga yangi o‘rinbosar tayinlandi 08 мая, 23:20 79
  • Superliga. 7-tur o‘yinlarining boshlanish vaqtlari e’lon qilindi 08 мая, 23:07 112
  • Hindistonda fuqarolarni Ukrainadagi urushga jalb qilishga uringan to‘rt kishi hibsga olindi 08 мая, 22:57 50
  • O‘FA rahbariyati Germaniya yoshlar futboli murabbiyi bilan uchrashdi 08 мая, 22:53 29
  • Bogdan Guskov: "Birinchi sparringdayoq Striklendning jigariga zarba berdim" 08 мая, 22:35 89
  • Buxoroda bedarak yo‘qolgan erkak sinfdoshi tomonidan o‘ldirilgani aniqlandi 08 мая, 22:09 161
  • Anchelotti "Bavariya"ga qarshi o‘yin oldidan fikr bildirdi 08 мая, 21:52 61
  • Tuxel "Real"ga qarshi o‘yin haqida: "Hamma narsa bo‘lishi mumkin. Bu "Bavariya" uchun oxirgi imkoniyat" 08 мая, 21:37 69
  • Bo‘limlar