“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 27 2024, 18:01
ЎЗO‘Z

O‘zbekistonda yangi agentlik tashkil qilinadi

31 мая, 15:40 3 142 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekistonda yangi agentlik tashkil qilinadi Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish tizimini tubdan takomillashtirish va yagona davlat siyosatini amalga oshirishni ta’minlash maqsadida, yaqin kunlarda O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi huzurida Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi tashkil qilinadi.

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi xabariga ko‘ra, uning asosiy vazifa va faoliyat yo‘nalishlari etib, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama bozorini tartibga solish yo‘nalishida yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish, iste’mol tovarlari sifati va xavfsizligini nazorat qilish, aholining huquqiy iste’mol madaniyatini oshirish va targ‘ib qilish, iste’molchilar huquqlarini, shu jumladan sudlarda himoya qilish va boshqalar belgilanadi.

Agentlikka quyidagi vakolatlar beriladi:

Nazorat xaridini amalga oshirish - chakana savdo nuqtalarida xalq iste’moli tovarlarining nazorat xaridini o‘tkazish, qonun hujjatlariga mosligi yuzasidan ekspertiza qilinishini tashkil qilish;

Ko‘rsatma berish - iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilishi holatlarini bartaraf etish yuzasidan ko‘rsatma berish;

Tekshirish o‘tkazish - iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablari buzilishi holatini asoslovchi dalillar mavjud bo‘lganda tekshirishlar o‘tkazish;

Hujjatlarni yuborish - qonun hujjatlari talablari buzilishi to‘g‘risidagi materiallarni maxsus ruxsatnoma (litsenziya) bergan vakolatli davlat organiga tegishli chora ko‘rish uchun yuborish;

Iste’mol bozorida narxlarni o‘rganish - iste’mol bozorini, tovarlar va ijtimoiy ahamiyatga ega mahsulotlar narxini o‘zgarishi tahlil qilish, narxlarni barqarorlashtirish yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqish;

Reklama bozorini tartibga solish - reklama sohasida nohalol raqobatga va noto‘g‘ri reklamani yuzaga kelishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida reklama bozorini tartibga solish.

Tashkil qilinayotgan Agentlik iste’molchilarga o‘zlarining qonuniy huquqlari va manfaatlarini himoya qilishda yuqori darajada ko‘maklashadi, reklama bozorini tartibga solishda, shuningdek, iste’mol tovarlari va xizmatlar bozorida sifat va xavfsizlikni ta’minlashda vakolatli davlat organlarining hamda jamoatchilikning o‘zaro hamkorligini yanada kuchaytirishga yordam beradi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 207
  • «O‘zgidromet» 23 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 22 apr, 12:20 140
  • O‘zbekistonda 22 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumoti 22 apr, 00:55 171
  • O‘zbekistonda kelasi hafta boshida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 20 apr, 18:40 224
  • O‘zbekistonda hafta oxirida kuzatiladigan ob-havo prognozi e’lon qilindi 18 apr, 11:56 267
  • 18 aprel kuni havo harorati 30 darajagacha ko‘tariladi 17 apr, 11:55 64
  • So'nggi yangiliklar
  • Jasurbek Jaloliddinov: "Bugun maydonda qo‘rqqan jamoa yutqazdi" 27 apr, 17:52 0
  • Tojikiston terma jamoasi bosh murabbiyi: " Bu bizga yaxshi tajriba bo‘ldi va uning samarasini Jahon chempionatida ko‘rsatamiz" 27 apr, 17:30 14
  • Xose Venansio Lopes: "Ushbu Osiyo kubogidan mamnunman" 27 apr, 17:22 16
  • Saudiya Arabistoni U-23 bosh murabbiyi: "Shogirdimning chetlatilishiga O‘zbekiston terma jamoasining taktikasi sabab bo‘ldi" 27 apr, 17:19 38
  • Vohid Shamsai: "O‘zbekiston Osiyoda bizga eng yaqin va eng qiyin raqiblardan biri ekanligini amalda ko‘rsatdi" 27 apr, 17:11 27
  • Yevroittifoq O‘zbekiston qishloq xo‘jaligini rivojlantirish uchun 6 million yevro ajratdi 27 apr, 16:27 14
  • AQSH razvedka idoralari Rossiya rahbariyatini Navalniyning o‘limiga aloqador deb hisoblamaydi 27 apr, 16:21 37
  • 10 mingdan ortiq o‘zbekistonlik tibbiyot sohasi vakillari Britaniyadagi shifoxonalarga ishga qabul qilinadi 27 apr, 16:19 17
  • "Dong Feng pessenger" jarima maydonchasida 27 apr, 14:38 53
  • Sankt-Peterburgda ayollarni yong‘indan qutqargan qahramon o‘zbek kim edi? 27 apr, 14:14 155
  • Shahrisabzda turizm bo‘yicha xalqaro tadbir o‘tkazildi 27 apr, 13:50 26
  • Toshkentda 80 dan ortiq fuqaro nomiga kreditga texnika xarid qilgan ayol va uning ikki sherigi qamaldi 27 apr, 13:24 90
  • Bo‘limlar