“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 30 2024, 13:49
ЎЗO‘Z

O‘zbekistonda endi tergov harakatlari videokonferensaloqa rejimida ham o‘tkaziladi

24 мая, 15:00 3 283 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekistonda endi tergov harakatlari videokonferensaloqa rejimida ham o‘tkaziladi O‘zbekiston Respublikasi prezidenti “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga jinoyat protsessi ishtirokchilarining huquqlari himoya qilinishini ta’minlash bilan bog‘liq o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonunni imzoladi.

O‘zbekiston Respublikasining 1994 yil 22 sentyabrda qabul qilingan 2013–XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga quyidagi qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritildi:

quyidagi mazmundagi 91-1–91-4-moddalar bilan to‘ldirildi:

«91-1-modda. Tergov harakatlarini videokonferensaloqa rejimida o‘tkazish

Guvohlar, jabrlanuvchilar, gumon qilinuvchilar va ayblanuvchilar ishtirokidagi tergov harakatlari (so‘roq, shaxslarni va narsalarni tanib olish, yuzlashtirish) mazkur shaxslarni ular turgan joydagi yoki yashash joyidagi viloyatning yoki tumanning yoxud shaharning huquqni muhofaza qiluvchi organiga yoki sudiga chaqirgan, texnik vositalardan foydalangan holda videokonferensaloqa rejimida o‘tkazilishi mumkin. Videokonferensaloqa jarayonida tergov harakati ishtirokchilari tergov harakati jarayoni va natijalarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri translyatsiya orqali bevosita kuzatib boradi.

Tergov harakatlarini videokonferensaloqa rejimida o‘tkazish to‘g‘risidagi qaror surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sud tomonidan o‘z tashabbusi bilan yoxud jinoyat protsessi ishtirokchilarining iltimosnomasiga ko‘ra qabul qilinadi.

Tergov harakatlarini videokonferensaloqa rejimida o‘tkazishda foydalaniladigan texnik vositalar va uskunalar quyidagi minimal talablarga javob berishi zarur:

tasvir sifati bo‘yicha – o‘lchami 1920×1080, sekundiga 50 ta kadr;
ovoz sifati bo‘yicha – chastota diapazoni 100-12 000 Gs;
axborot xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha – VPN himoyalangan aloqa kanalidan foydalangan holda.

91-2-modda. Tergov harakatlarini videokonferensaloqa rejimida o‘tkazish asoslari

Tergov harakatlari quyidagi hollarda videokonferensaloqa rejimida o‘tkaziladi:

1) shaxsning jinoyat ishini tergov qilayotgan organga yoki tergov harakati o‘tkazilayotgan joyga sog‘lig‘ining holatiga yoki boshqa uzrli sabablarga ko‘ra bevosita kelish imkoniyati bo‘lmaganda;
2) jinoyat protsessi ishtirokchilarining xavfsizligini ta’minlash zarurati tug‘ilganda;
3) kechiktirib bo‘lmaydigan tergov harakatlari o‘tkazilganda;
4) tergov harakatini o‘tkazish qiyinlashishi yoki ortiqcha xarajatlar keltirib chiqarishi mumkinligi haqida asosli sabablar mavjud bo‘lganda.

Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan asoslar mavjud bo‘lganda surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sud tegishli qaror chiqaradi.

91-3-modda. Tergov harakatlarini videokonferensaloqa rejimida o‘tkazish shartlari va tartibi

Muayyan tergov harakatini videokonferensaloqa rejimida o‘tkazish haqida qaror qabul qilingan taqdirda surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sud jinoyat protsessining muayyan ishtirokchisini chaqirtirishni va tergov harakatini videokonferensaloqa rejimida o‘tkazishni tashkil etishni so‘rab tegishli organga ushbu Kodeks talablariga muvofiq topshiriq yuboradi.

Surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning yoki sudning topshirig‘ini bajaruvchi mansabdor shaxs chaqirtirilgan jinoyat protsessi ishtirokchisining shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarini tekshirishi, uning ushbu Kodeksda nazarda tutilgan huquqlarini ta’minlashi va tergov harakati tugallanguniga qadar uning yonida bo‘lishi kerak.

Tergov harakatini videokonferensaloqa rejimida o‘tkazish uchun mutaxassislar jalb qilinishi mumkin.

Videokonferensaloqa rejimida so‘roq, shaxslarni yoki narsalarni tanib olish yoxud yuzlashtirish ushbu Kodeksning 96–108, 112–131-moddalari talablariga rioya etgan holda amalga oshiriladi. Tergov harakati ishtirokchilariga videokonferensaloqada ishtirok etayotgan shaxslarga savollar berish va ulardan javoblar olish, ushbu Kodeksda nazarda tutilgan protsessual huquqlar va majburiyatlarni amalga oshirish imkoniyati ta’minlanishi kerak.

91-4-modda. Videokonferensaloqa rejimida o‘tkazilgan tergov harakati jarayoni va natijalarini qayd qilish

Videokonferensaloqa rejimida o‘tkazilgan tergov harakati jarayoni va natijalari elektron ma’lumotlarni tashuvchi tegishli vositalarga bayonnoma tuzilgan holda yoziladi va qayd etiladi.

Tergov harakatining bayonnomasi surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sud va topshiriqni bajaruvchi mansabdor shaxs tomonidan tuziladi. Videokonferensaloqa materiallari bayonnomaga qo‘shib qo‘yiladi.

Tergov harakatining bayonnomasi ushbu Kodeksda nazarda tutilgan umumiy qoidalarga rioya qilingan holda tuziladi va unda jinoyat protsessi ishtirokchilari ko‘rsatuvlarining mohiyati aks ettiriladi.

Videokonferensaloqa yozuvining vaqti o‘tkazilgan tergov harakatining aniq vaqtiga mos kelishi kerak. Videokonferensaloqa jarayonidagi tanaffuslar yuzasidan izoh berilishi hamda ular videoyozuvda va bayonnomada aks ettirilishi kerak.

Videokonferensaloqa rejimida o‘tkazilgan tergov harakati bayonnomasi surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sud, topshiriqni bajarayotgan mansabdor shaxs hamda tergov harakatining boshqa ishtirokchilari tomonidan imzolanadi. Topshiriqni bajarayotgan mansabdor shaxs tomonidan tuzilgan bayonnoma surishtiruvchiga, tergovchiga, prokurorga yoki sudga yuboriladi».




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 129
  • “O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 28 apr, 11:05 119
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 209
  • «O‘zgidromet» 23 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 22 apr, 12:20 142
  • O‘zbekistonda 22 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumoti 22 apr, 00:55 171
  • O‘zbekistonda kelasi hafta boshida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 20 apr, 18:40 227
  • So'nggi yangiliklar
  • Toshkent markazidagi ko‘chalardan birida asfalt o‘pirilib tushdi 30 apr, 12:33 1
  • Orol dengizi bo‘yida mobil aloqa va internet tarmog‘i ishga tushirildi 30 apr, 12:12 0
  • Namanganda 11-sinf o‘quvchisi Lacetti'da ikki talabani urib yubordi 30 apr, 11:53 0
  • Afg‘onistonda qurollangan shaxslar masjidda odamlarni otib tashladi 30 apr, 11:30 9
  • Qozog‘istonda sobiq ichki ishlar vaziri qo‘lga olindi 30 apr, 11:13 8
  • Gurjiston parlamentida «chet el agentlari» to‘g‘risidagi qonun tufayli mushtlashuv yuz berdi 30 apr, 10:50 4
  • O‘zbekistonliklar Saudiyaga tibbiyot va mehmonxona sohalari bo‘yicha ishga yuborilishi mumkin 30 apr, 10:26 13
  • Fon der Lyayen Putinning «ishonli odamlari» bilan hamkorlikni istisno etdi 30 apr, 10:01 85
  • Hamid Sodiq: “Agar qonunlar ishlamasa, qonunlarning vazifasini korrupsiya bajarishni boshlaydi” 30 apr, 09:55 47
  • Prezident Olimpiadaga yo‘llanma olgan futbolchilarga tabrik yo‘lladi 30 apr, 09:15 107
  • AQSH Haaga sudining Isroilga nisbatan tergoviga qarshi chiqyapti 30 apr, 09:09 62
  • Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Falastin prezidenti bilan uchrashuv o‘tkazdi 30 apr, 06:39 48
  • Bo‘limlar