“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 09 2024, 00:46
ЎЗO‘Z

Veridos O‘zbekistonda ID-kartalar ishlab chiqarish bo‘yicha korxona quradi

24 мая, 14:38 2 742 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Veridos O‘zbekistonda ID-kartalar ishlab chiqarish bo‘yicha korxona quradi Vazirlar Mahkamasining “Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada joriy etish hisobidan aholiga davlat xizmatlarini ko‘rsatish tartibini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Qayd etilishicha:

a) O‘zbekiston Respublikasi prezidentining “Idoraviy axborot tizimlarini jadal integratsiyalashtirish va innovatsiya loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2018 yil 18 apreldagi PQ-3673-son qarorida:

soliq to‘lovchilarni hisobini kengaytirish va soliq tushumlarini nazorat qilishni takomillashtirish hisobidan byudjetlar daromadlarini ko‘paytirish imkonini beradigan onlayn-nazorat-kassa mashinalarining tizimini;

telekommunikatsiya xizmatlari uchun byudjet mablag‘larini tejash, telefonda so‘zlashish xavfsizligini va nazoratini ta’minlash imkonini beradigan hukumat mobil aloqa tizimini;

haydovchilik guvohnomasidan tashqari, mavjud pasportlar, tug‘ilganlik to‘g‘risida guvohnomalar va shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjatlar o‘rniga (respublika ichida), har bir fuqaroning yagona identifikatsiya raqami va uning shaxsiy ma’lumotlaridan iborat va davlat xizmatlaridan foydalanishda shaxsni tasdiqlash uchun ishlatiladigan identifikatsiya kartalari (lD-kartalar) tizimini;

transport vositalarining amaldagi raqamlarini xalqaro namunadagi raqamlarga almashtirishni va transport vositalari egalarining identifikatsiya kartalariga (ID-kartalariga) tegishli axborotni mustahkamlagan holda ularning qog‘oz hujjatlarini bekor qilishni nazarda tutuvchi transport vositalarini hisobga oluvchi tizimni joriy etish nazarda tutilgan;

b) “Yagona umumrespublika protsessing markazi” MChJ QK va Veridos GmbH kompaniyasi o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi hududida mikroprotsessorli, kontaktsiz va boshqa plastik kartalar ishlab chiqarishni tashkil etish bo‘yicha quyidagilarni nazarda tutuvchi loyihani amalga oshirish to‘g‘risida kelishuvga erishilgan:

- boshlang‘ich ustav fondi 2 mln yevro miqdorida bo‘lgan qo‘shma korxonani tashkil etish;
- 2019-2020 yillarda Toshkent shahrida investorning o‘z resurslari va jalb qilingan mablag‘lar hisobidan yiliga 75 mln dona mikroprotsessorli, kontaktsiz va boshqa plastik kartalar ishlab chiqarish quvvatiga ega zamonaviy zavod qurish;
- 2022 yildan boshlab ishlab chiqarish to‘liq loyiha quvvati bilan ishga tushirilgach, kamida 100 ta ish o‘rinlari yaratish;
- dunyoning yetakchi ishlab chiqaruvchilarining yuqori texnologik uskunalarini xarid qilish uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni, shu jumladan investorning o‘z mablag‘lari, shuningdek, Germaniyaning birinchi darajali bankining kredit liniyasi hisobidan jalb qilish;
- eksportni tayyor mahsulot ishlab chiqarish umumiy hajmining 20 foizgacha bosqichma-bosqich yetkazish;
- O‘zbekiston Respublikasida karta mahsulotlari ishlab chiqarilgunga qadar uning kerakli hajmini yetkazib berish;
- boshqa ishlab chiqaruvchilarining chip-modullari va boshqa sarf materiallaridan foydalangan holda manfaatdor vazirliklar va idoralar, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarining, shu jumladan to‘lov tizimlari operatorlarining buyurtmasi bo‘yicha karta mahsulotlarini ishlab chiqarish imkonini taqdim etish.

Yangi tashkil etilayotgan qo‘shma korxona 2021 yil 1 iyulgacha bo‘lgan muddatga:

barcha turdagi soliqlar va majburiy to‘lovlarni, yagona ijtimoiy to‘lov bundan mustasno;

belgilangan tartibda shakllantiriladigan ro‘yxatlar bo‘yicha karta mahsulotlarini, shuningdek, karta mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan ishlab chiqarish uskunalari, xomashyo, sarf va butlovchi materiallar, ehtiyot qismlar, grafik va elektron personallashtirish qurilmalari, dasturiy ta’minot va litssnziyalarni olib kirishda bojxona to‘lovlarini (bojxona rasmiylashtiruvi uchun yig‘imlar bundan mustasno) to‘lashdan ozod etildi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Sirtqi ta’lim bosqichma-bosqich tugatiladi 08 мая, 16:30 124
  • 5 may kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 04 мая, 11:46 146
  • Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi 30 apr, 19:54 564
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 146
  • “O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 28 apr, 11:05 127
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 212
  • So'nggi yangiliklar
  • Elektr energiyasini eng ko‘p sarflaydigan maishiy texnikalar 08 мая, 23:43 0
  • Superligada aprel oyining eng yaxshisi bo‘lishga nomzodlar 08 мая, 23:22 24
  • O‘zbekiston muftiysiga yangi o‘rinbosar tayinlandi 08 мая, 23:20 42
  • Superliga. 7-tur o‘yinlarining boshlanish vaqtlari e’lon qilindi 08 мая, 23:07 58
  • Hindistonda fuqarolarni Ukrainadagi urushga jalb qilishga uringan to‘rt kishi hibsga olindi 08 мая, 22:57 24
  • O‘FA rahbariyati Germaniya yoshlar futboli murabbiyi bilan uchrashdi 08 мая, 22:53 20
  • Bogdan Guskov: "Birinchi sparringdayoq Striklendning jigariga zarba berdim" 08 мая, 22:35 50
  • Buxoroda bedarak yo‘qolgan erkak sinfdoshi tomonidan o‘ldirilgani aniqlandi 08 мая, 22:09 98
  • Anchelotti "Bavariya"ga qarshi o‘yin oldidan fikr bildirdi 08 мая, 21:52 45
  • Tuxel "Real"ga qarshi o‘yin haqida: "Hamma narsa bo‘lishi mumkin. Bu "Bavariya" uchun oxirgi imkoniyat" 08 мая, 21:37 58
  • AQSH elchisi: “O‘zbekiston prezidenti aql bovar qilmaydigan ishlarni amalga oshirdi” 08 мая, 21:21 139
  • Isroil havo kuchlari Livanga 30 dan ortiq havo zarbalari berdi 08 мая, 20:58 81
  • Bo‘limlar