“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 08:04
ЎЗO‘Z

O‘zbekiston - Afg‘oniston chegaraoldi savdo zonasi ish boshladi

24 мая, 11:38 2 524 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekiston - Afg‘oniston chegaraoldi savdo zonasi ish boshladi Surxondaryo viloyatida faoliyat yuritayotgan O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazida o‘zbek-afg‘on biznes forumi o‘tkazildi.

O‘zA’ning yozishicha, forum doirasida dastlab Termiz tumanidagi “Termiz kargo” eksport markazida tashkil etilgan “O‘zbekiston – Afg‘oniston” chegaraoldi savdo zonasining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Qayd etilishicha, chegaraoldi savdo zonasida qo‘shni davlat ishbilarmonlari uchun barcha zamonaviy qulaylik yaratildi. Bojxona terminali, keng, shinam mehmonxona, restoran va boshqa shoxobchalar afg‘on ishbilarmonlari xizmatida. Hujjatlarning “Bir darcha” tamoyili asosida taqdim etilishi rasmiylashtirish jarayonini hech qanday to‘siqlarsiz, tez va sifatli amalga oshirishda muhim o‘rin tutadi.

Bildirilishicha, o‘tgan yili viloyatda Afg‘oniston kapitali asosida umumiy qiymati 7,3 million dollar miqdoridagi xorijiy investitsiya o‘zlashtirilgan bo‘lsa, joriy yilning o‘tgan davrida qiymati 6,6 million dollar miqdoridagi xorij investitsiyasi jalb etilgan.

2019-2020 yillarda afg‘onistonlik ishbilarmonlar hamkorligida sanoat, xizmat ko‘rsatish va qishloq xo‘jaligi sohalarida to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiya ishtirokida umumiy qiymati 30 million dollarlik 14 ta loyihani amalga oshirish mo‘ljallanmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekiston Afg‘oniston bozoriga mashinasozlik, elektrotexnika, kimyo va to‘qimachilik mahsulotlari, zamonaviy yengil va yuk mashinalari, avtobuslar, qishloq xo‘jaligi texnikasi, mineral o‘g‘itlar, qurilish materiallari, oziq-ovqat, meva-sabzavot mahsulotlarini yetkazib bermoqda. Yilning o‘tgan davrida ushbu davlatga Surxondaryo viloyatidan 17 million dollarlik meva-sabzavot, tuxum, osh tuzi va boshqa sanoat mahsulotlari eksport qilindi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • 5 may kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 04 мая, 11:46 141
  • Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi 30 apr, 19:54 544
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 136
  • “O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 28 apr, 11:05 123
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 211
  • «O‘zgidromet» 23 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 22 apr, 12:20 145
  • So'nggi yangiliklar
  • Bekxem Ronalduni “Inter Mayami”ga olib kelish bo‘yicha ish boshladi 06 мая, 06:00 36
  • AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi 06 мая, 00:30 140
  • Surxondaryoda Telegram orqali arzon mahsulot sotishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 06 мая, 00:12 25
  • Ispaniya va Argentina o‘rtasida diplomatik mojaro yuzaga keldi 05 мая, 23:50 127
  • Aleksandr Stoymirovich: "Tarkibimizda yo‘qotishlar bor" 05 мая, 23:34 47
  • Samvel Babayan: "Istalgan jamoa Namanganga kelganida himoyaviy uslubda o‘ynaydi" 05 мая, 23:20 39
  • Ilyos Zeytullayev: "Hozir kamroq gapirib, ko‘proq ishlashimiz kerak" 05 мая, 23:05 130
  • Polsha tashqi ishlar vaziri: “Xitoy Putinni urushni to‘xtatishga majburlashi mumkin” 05 мая, 22:40 124
  • Toshkentda Tesla hamda Lacetti ishtirokida YTH sodir bo‘ldi 05 мая, 22:18 43
  • Yoav Galant tez orada Rafahga hujum bo‘lishiga ishora qildi 05 мая, 21:53 95
  • O‘zbekistonda korrupsiyani kamaytirishga qaratilgan 7 mln yevrolik tashabbus boshlandi 05 мая, 21:25 65
  • Superliga. "Bunyodkor" bu safar "Surxon"ga imkoniyatni boy berdi 05 мая, 21:02 66
  • Bo‘limlar