“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2024, 08:47
ЎЗO‘Z

O‘zbekistonda «Elektron poliklinika» tizimi keng joriy etiladi

18 мая, 12:20 3 744 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekistonda «Elektron poliklinika» tizimi keng joriy etiladi Parlament quyi palatasida Innovatsion rivojlanish, axborot siyosati va axborot texnologiyalari masalalari qo‘mitasi tomonidan «Qonunchilikka sog‘liqni saqlash tizimiga innovatsion texnologiyalar joriy qilinishini rag‘batlantirishga qaratilgan qoidalarni kiritish» mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

Tadbirni o‘tkazishdan asosiy maqsad – tibbiy xizmatlarni ko‘rsatish sohasida zamonaviy innovatsion texnologiyalarni joriy qilish jarayonlarini rag‘batlantirish va faollashtirish maqsadida milliy qonunchilik tizimini yanada takomillashtirishga doir masalalarni muhokama qilish hamda tegishli takliflar ishlab chiqishdir.

Davra suhbatida sog‘liqni saqlash sohasida sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatishda samarali axborot kommunikatsiya texnologiyalari va zamonaviy innovatsion mexanizmlar lozim darajada qo‘llanilmasdan kelinayotganligi ta’kidlab o‘tildi.

Tibbiyot sohasida o‘z yechimini kutayotgan dolzarb masalalardan biri — rivojlangan mamlakatlarda keng tarzda qo‘llanilayotgan telemeditsina institutini joriy etish, bunda uning huquqiy asosi hisoblangan O‘zbekiston Respublikasining “Telemeditsina to‘g‘risida”gi Qonun loyihasini ishlab chiqish, shuningdek, aholiga, ayniqsa chekka qishloqlardagi fuqarolarga qulay sharoitlarni ta’minlashda “elektron poliklinika” tizimini keng joriy etish hisoblanadi.

Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari to‘g‘risida haqqoniy ma’lumotlar, ishonchli tibbiyot statistikasining yagona bazasi to‘liq shakllantirilmaganligi sog‘liqni saqlash tizimi ahvolini munosib baholash va mavjud muammolarni hal etish bo‘yicha samarali chora-tadbirlarni ishlab chiqish imkonini bermayapti.

Tadbirda ishtirokchilar tomonidan amaldagi qonunchilikda sog‘liqni saqlash tizimiga zamonaviy innovatsion texnologiyalarni keng joriy qilinishini rag‘batlantirishni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan normativ huquqiy bazani takomillashtirish bo‘yicha bir qator taklif va tavsiyalar bildirildi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • 5 may kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 04 мая, 11:46 139
  • Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi 30 apr, 19:54 543
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 136
  • “O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 28 apr, 11:05 122
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 211
  • «O‘zgidromet» 23 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 22 apr, 12:20 144
  • So'nggi yangiliklar
  • Germaniyada Gebbelsning villasi istalgan odamga berib yuborilishi e’lon qilindi 05 мая, 07:16 1
  • Kanchelskis O‘zbekiston va Qozog‘iston futbolini taqqosladi: "Ular juda oldinlab ketishgan" 05 мая, 06:55 47
  • Xomyakov "Andijon"ning Superligadagi ilk mag‘lubiyati haqida qanday izoh bildirdi? 05 мая, 06:26 30
  • Ivan Boshkovich: "O‘yin vaqtidagi emotsiyalar normal holat" 05 мая, 06:00 23
  • 2025 yilgi Green Card natijalari e’lon qilindi 05 мая, 05:48 52
  • Karlo Anchelotti Arda Gyuler haqidagi savolga keskin javob qaytardi 05 мая, 05:30 41
  • La Liga. “Real Madrid” muddatidan oldin Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritdi 05 мая, 05:12 25
  • “Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi? 05 мая, 00:23 91
  • Shomurodov navbatdagi uchrashuvda antiqa rekord o‘rnatadi 05 мая, 00:00 304
  • Sodiq Xon uchinchi bor London meri etib saylandi 04 мая, 23:36 81
  • Olimlar arilar sonining kamayishidagi «asosiy» yangi omilni aniqladi 04 мая, 23:13 87
  • Belarusdagi "Miori" va "Rossoni" o‘yini 50:0 hisobida yakunlandi 04 мая, 23:00 152
  • Bo‘limlar