“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 18:55
ЎЗO‘Z

O‘zbekistonda kimlar o‘rta sinf vakillari hisoblanadi?

11 мая, 19:23 4 005 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekistonda kimlar o‘rta sinf vakillari hisoblanadi? O‘rta sinf zamonaviy jamiyatning asosi deb hisoblanadi. Ekspertlarning fikricha, aholining aynan mana shu toifasi vakillari o‘zgarishlarga bo‘lgan talabni shakllantiradi hamda siyosiy zo‘rlikni rad etgan holda barqarorlikni kafolatlaydi.

2018 yil oktyabrda Toshkentda «O‘zbekistonda davlat boshqaruvining yangi modelini shakllantirish sharoitida jamoatchilik ishtirokining rivojlanishi» mavzuidagi tadqiqotning dastlabki natijalari taqdim etildi. Jumladan, ekspertlarning hisob-kitoblariga ko‘ra, 2030 yilga kelib, O‘zbekiston aholisining 60%ini o‘rta sinf vakillari tashkil etadi.

Yaqinda Kun.uz sayti «Sizning fikringiz» Telegram-kanalida so‘rov o‘tkazdi.

«Siz o‘zingizni o‘rta sinfga mansub deb hisoblaysizmi?» degan savolga 1 553 kishi javob berdi. Ularning 67%i o‘zlarini o‘rta sinf, 19% foizi esa bunday emas deb hisoblashlarini ma’lum qildi. Shu bilan birga so‘rovda qatnashganlarning 14%i bu savolga javob berishga qiynalgan, chunki ayrimlar o‘zlarining qaysi sinfga mansub ekanliklarini bilishmaydi.

Umuman olganda, o‘rta sinf haqidagi aniq tushuncha haqida gapirishga hali erta, chunki O‘zbekistonda hali minimal iste’mol savati va yashash minimumi miqdori aniq belgilanmagan.

So‘rovda javob berganlarning 67%i o‘zini o‘rta sinfga mansub deb hisoblar ekan, ularning har biri o‘z qarashi, tushunchasi va o‘lchoviga ega ekanligiga e’tibor qaratish lozim. Kimdir o‘z uyi, mashinasi va 3 mln so‘m oylik maoshi bo‘lgani uchun o‘zini o‘rta sinf vakili deb hisoblaydi. Uyi, mashinasi va 5 mln so‘m oyligi bo‘lgan boshqa bir kishi esa zo‘rg‘a yashayotganini aytishi mumkin. Bundan tashqari, 500 ming so‘m pensiya oladigan va Rossiyadan o‘g‘illari har oyda jo‘natadigan 1,5 ming dollarga yashayotgan kishi ham o‘zini o‘rta sinf vakili deb atashi mumkin.

Umuman, O‘zbekiston aholisi o‘zining qaysi sinfga mansub ekanligini o‘zi belgilmoqda.

«O‘zbekistonliklar oyiga o‘rtacha qancha maosh olishlari kerak?» degan savolga 106 kishi javob qaytargan. Ularning 38%i o‘zbekistonliklar oyiga o‘rtacha 5-6 mln so‘m olishi kerak deb hisoblaydi. 26% kishi oyiga 3-4 mln so‘m yetarli deb hisoblaydi. So‘rovda qatnashganlarning 14%i o‘zbekistonliklar o‘rtacha 7-8 mln, 10%i - 9-10 mln, 10%i - 10 mln so‘mdan ko‘proq olishi kera kdeb hisoblaydi. Atigi 2% odam o‘zbekistonliklar oyiga o‘rtacha 1-2 mln so‘m olishi kerak deb javob qaytargan.

111 kishi «oylik maoshi bir oyga yetishi» haqidagi savolga javob bergan. Ularning 40%i ijobiy javob qaytargan. Bundan 14%i oylik maoshi bir oyga to‘liq yetishini aytgan bo‘lsa, 26%i tejamkorlik qilishini aytgan. 58% kishi maoshi bir oyga yetmasligini bildirgan. Javob qaytarganlarning aksariyati qo‘shimcha ish qilishini (11%), ota-onasining qo‘llab-quvvatlashiga umid qilishini (11%), ikkita joyda ishlashini (3%), og‘ir holatda ekanligini (3%) va shunchaki «yashayotganligini» (2%) ma’lum qilgan.

«Oylik maoshim bilan ipoteka krediti olishim mumkin» degan ta’kidga 101 kishi javob bergan. Ishtirokchilarning 83%i bunday kredit ololmasligini, 17%i esa olishi mumkinligini bildirgan. Bu esa uylarning qimmatligi O‘zbekistonda ipoteka krediti rivojlanishiga salbiy ta’sir qilayotganligini ko‘rsatadi.

Davlat statistika qo‘mitasining ma’lumotiga ko‘ra, 2019 yil yanvar-mart oylarida O‘zbekiston bo‘yicha yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan korxona va tashkilotlarda ishlovchilarning o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi 2 049,7 ming so‘mni (ish haqiga ustama, mukofot, rag‘batlantirish xususiyatiga ega to‘lovlar, kompensatsiya va ishlanmagan vaqt uchun haq kabi to‘lovlar kiritilgan, shuningdek uning tarkibida jismoniy shaxslar daromad solig‘i va kasaba uyushmasiga to‘lovlar ham mavjud) tashkil etib, 2018 yilning mos davriga nisbatan 32,2%ga o‘sishni ta’minladi.

Iqtisodiy tadqiqotlar markazining ma’lumot berishicha, O‘zbekistonda o‘rta sinfning ulushi 28-30%ni tashkil etadi va mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish uchun 2030 yilga kelib bu ulushni ikki baravarga oshirish lozim. Bugungi kunda aholining 45- 48% ga yaqini «o‘rta sinf zaxirasi» hisoblanib, ular ma’lum bir sharoitlarda o‘rta sinfga yoki kam ta’minlanganlar toifasiga qo‘shilishi mumkin.

«Har qanday holatda ham nafaqat yirik investitsiyalar va shahar hamda qishloqlarning rivojlanishi uchun sharoitlar yaratish, balki mamlakat yangi makoni strukturasini yaratish – transport kommunikatsiyalari tarmog‘ini barpo etish (qo‘shni davlatlar iqtisodiyoti bilan integratsiyalashuv va jahon bozoriga chiqishni ham o‘z ichiga olgan holda), ishlab chiqarish kuchlarini (nafaqat yirik ishlab chiqarishlar), ma’muriy-boshqaruv va moliyaviy-iqtisodiy markazlarni joylashtirishning istiqbolli sxemasini tuzish talab qilinadi», - deb hisoblaydi tahlilchilar.
Manba: Kun.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • 5 may kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 04 мая, 11:46 142
  • Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi 30 apr, 19:54 545
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 138
  • “O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 28 apr, 11:05 123
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 211
  • «O‘zgidromet» 23 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 22 apr, 12:20 145
  • So'nggi yangiliklar
  • Si Szinpin Falastindagi mojaroni hal qilish shartlarini aytdi 06 мая, 17:57 0
  • Yetti nafar o‘zbekistonlik mehnat muhojiri Qozog‘istondan chiqarib yuborildi 06 мая, 16:34 23
  • AQSH Isroil bilan tinchlik o‘rnatishga rozi bo‘lgandan keyingina Ar-Riyod bilan shartnoma tuzadi 06 мая, 16:10 33
  • Toshkentdagi issiqlik ta’minoti operatori daraxt tagida qolib ketgan qizaloq yuzasidan munosabat bildirdi 06 мая, 15:45 49
  • Qozog‘istonlik milliarder Angliya klubini sotib oldi 06 мая, 15:25 119
  • Braziliyada suv toshqinlari: qurbonlar soni 75 kishiga yetdi 06 мая, 15:00 45
  • Mashhur agent PSJga to‘rtta yulduzni tavsiya qilmoqda 06 мая, 14:38 75
  • Robert Levandovski: “Mbappe futbolchi va shaxs sifatida juda aqlli” 06 мая, 14:14 20
  • Xarkivga yana bomba zarbalari uyushtirildi 06 мая, 13:52 103
  • Ishsizlik nafaqasi miqdorini belgilashga aniqlik kiritilmoqda 06 мая, 13:29 50
  • O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi sayyohlar almashinuvi pandemiyadan oldingi darajaga yetdi 06 мая, 13:06 26
  • Yevropa razvedka xizmatlari: Rossiya Yevropada diversiyalarni rejalashtirmoqda 06 мая, 12:40 107
  • Bo‘limlar