“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 09:34
ЎЗO‘Z

Qirg‘iziston pansionatlar bo‘yicha sudda O‘zbekistonga yutqazdimi?

09 мая, 16:30 4 267 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Qirg‘iziston pansionatlar bo‘yicha sudda O‘zbekistonga yutqazdimi? Qirg‘iziston Respublikasi hukumati arbitraj sudda pansionatlar masalasi bo‘yicha O‘zbekiston tomoniga yutqazgani to‘g‘risida tarqalgan ma’lumotlar haqiqatdan yiroqdir. Bu haqda Qirg‘iziston hukumati apparatining axborot ta’minoti bo‘limi xabar qildi.

«Qator axborot agentliklari va ijtimoiy tarmoqlarda Qirg‘iziston hukumati xalqaro arbitraj sudda o‘zbek tomoniga Issiqko‘l viloyatidagi pansionatlar masalasi bo‘yicha mag‘lub bo‘lgani haqida tarqalgan ma’lumotlar yuzasidan quyidagilarni xabar qilamiz.

Bugungi kunda ushbu ishni Xalqaro arbitraj sudida ko‘rib chiqish davom etmoqda.

Shuni ta’kidlash kerakki, bu kabi da’vo arizalarni ko‘rib chiqishda dastlab da’voning o‘zi emas, bu da’voni Halqaro arbitraj ko‘rib chiqish vakolatiga ega yoki ega emasligi muhokama qilinadi. Shundan so‘ng masalani ko‘rib chiqish jarayoni boshlanadi.

Joriy yilning may oyi boshida birinchi bosqich yakuniga yetdi, unda xalqaro arbitraj bu masalani ko‘rib chiqishga vakolatli ekani to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Shu munosabat bilan Qirg‘iziston hukumatining xalqaro arbitraj sudda bu masala bo‘yicha yutqazgani haqidagi ma’lumot haqiqatdan yiroqdir.

Bugungi kunda hukumat tomonidan keng ko‘lamli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda va dalillar bazasini yaratish hamda da’vogarning dalillarini o‘rganish bo‘yicha ishlar davom etmoqda», - deya xabar berilgan ushbu davlat hukumati apparatidan.

2016 yil 4 aprelida Qirg‘izistonning o‘sha paytdagi bosh vaziri Temir Sariyev Issiqko‘ldagi O‘zbekistonga qarashli «Dilorom», «Rohat», «Oltin qum» va «Bo‘ston» pansionatlarini Qirg‘iziston ixtiyoriga o‘tkazish to‘g‘risida qaror imzolagan edi.

2017 yilning dekabrida Qirg‘iziston parlamenti pansionatlarni O‘zbekistonga qaytarish bo‘yicha Toshkent bilan imzolangan shartnomani ratifikatsiya qildi. O‘sha paytdagi bosh vazir Sapar Isaqov to‘rt pansionatni O‘zbekistonga qaytarish to‘g‘risidagi qarorni imzoladi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 208
  • «O‘zgidromet» 23 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 22 apr, 12:20 140
  • O‘zbekistonda 22 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumoti 22 apr, 00:55 171
  • O‘zbekistonda kelasi hafta boshida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 20 apr, 18:40 224
  • O‘zbekistonda hafta oxirida kuzatiladigan ob-havo prognozi e’lon qilindi 18 apr, 11:56 269
  • 18 aprel kuni havo harorati 30 darajagacha ko‘tariladi 17 apr, 11:55 64
  • So'nggi yangiliklar
  • Murzoyev: "Qaysidir ma’noda baribir Indoneziya qulayroq raqib, biz musobaqa favoritimiz" 28 apr, 08:51 0
  • Tojikiston o‘z fuqarolarini «o‘ta zarurat bo‘lmasa» Rossiyaga bormaslikka chaqirdi 28 apr, 08:41 0
  • Qashqadaryoda sifatsiz alkogol mahsulotlari muomalaga kiritilishining oldi olindi 28 apr, 06:34 8
  • AQSH Ukrainaga Patriot havo-mudofaa tizimlarining yangi to‘plamini yetkazib beradi 28 apr, 06:00 20
  • Toshkentda o‘g‘lini onasidan ajratmoqchi bo‘lib kaltaklagan ota 5 sutkaga qamaldi 28 apr, 00:33 79
  • Ukraina urushidagi vaziyat: AQSHning yordami kechikmadimi? 28 apr, 00:30 221
  • Umarali Rahmonaliyev: "Yarim finalga hech qachon kuchsiz jamoalar yo‘l olmaydi" 28 apr, 00:00 95
  • Bundesliga. "Bayer" 90+6 daqiqada gol urib yana mag‘lubiyatdan qutulib qoldi! 27 apr, 23:54 54
  • Istanbulda kuchli zilzila yuz berishi aytildi 27 apr, 23:44 114
  • Global Janub kimniki? 27 apr, 23:41 168
  • AQSH 13 milliard dollarga yangi «Qiyomat kuni samolyoti»ni quradi 27 apr, 23:38 149
  • "Bugun gapirsam, hammasi yonadi!". Muhammad Saloh Klopp bilan urishib qoldi 27 apr, 22:40 225
  • Bo‘limlar