“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2024, 12:07
ЎЗO‘Z

Qo‘qonda Hyundai Ioniq va Hyundai Kona elektromobillari ishlab chiqarilishi mumkin (foto)

07 мая, 11:30 3 951 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Qo‘qonda Hyundai Ioniq va Hyundai Kona elektromobillari ishlab chiqarilishi mumkin (foto) O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Farg‘ona shahridagi Listem-Fergana qo‘shma korxonasiga tashrifi davomida viloyatda amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan e’tiborga molik loyihalar taqdimoti o‘tkazildi.

Prezident matbuot xizmati xabarida aytilishicha, Hyundai bilan hamkorlikda «Qo‘qon» erkin iqtisodiy zonasida elektromobillar ishlab chiqarish, Vodil ko‘mir konida ko‘mir qazib chiqarish, toshdan ekologik toza qog‘oz ishlab chiqarishga (bunisi elektromobildan ham qiziq) oid rejalar, «Farg‘onaazot» va «Qo‘qonsuperfosfat»ni modernizatsiya qilishga qaratilgan loyihalar muhokama qilingan.

Prezident loyihalarni ma’qullab, ularni amalga oshirishda sifat va muddatga alohida e’tibor qaratish zarurligini ta’kidlagan.

«O‘zbekiston 24» telekanalining ushbu tashrifga bag‘ishlangan dasturida loyihaning ayrim tafsilotlari bo‘yicha ma’lumot berildi.

Telekanal lavhalarida Hyundai Ioniq xetchbeki va Hyundai Kona krossoverlari ko‘rsatildi. Zamonaviy elektromobillar ishlab chiqarish va ular uchun infratuzilma yaratish ko‘zda tutilgan loyihaga ko‘ra, Janubiy Koreyaning Hyundai Motor va Evergreen Motors kompaniyalari hamda O‘zbekiston Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi va Farg‘ona viloyati hokimligi hamkorligida amalga oshiriladi. Loyihaga ko‘ra, 2021 yilda zavod qurilishini boshlash, 2023 yildan esa O‘zbekistonda seriyali elektromobillar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan.

«Qo‘qon» EIZ hududidagi ushbu loyihaning umumiy qiymati 300 million dollarga baholangan, loyiha doirasida elektromobillar ishlab chiqarilishidan tashqari, ular uchun zarur infratuzilma (masalan, elektromobillarni quvvatlantirish tarmoqlari) ham tashkil etiladi. Yaratiladigan ish o‘rinlari soni- 1000 kishi, ishlab chiqarish quvvati - 10 mingta elektrda harakatlanuvchi avtomobil.

Ma’lumot uchun, 2016 yildan beri ishlab chiqarilayotgan Ioniq elektrokari bir marta to‘liq quvvatlantirilganidan so‘ng 280 kilometrgacha yo‘l bosishi mumkin.

Hyundai Ioniq
Foto: International Business Times

Elektrda yuradigan versiyasi 2018 yildan beri yig‘ila boshlagan Hyundai Kona esa bitta to‘liq quvvatda 470 kilometrgacha yo‘l bosa oladi.

Hyundai Kona
Foto: International Business Times

Eslatib o‘tamiz, Janubiy Koreyaning Hyundai Motor va Evergreen Motors kompaniyalari bilan hamkorlikda Namangan viloyatida tijorat avtomobillari va avtobuslar ishlab chiqaruvchi avtozavod qurish loyihasi amalga oshirilmoqda. Rejaga ko‘ra, zavodda ilk mahsulotlar 2019 yil sentyabrida tayyor bo‘lishi ko‘zda tutilgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • 5 may kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 04 мая, 11:46 139
  • Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi 30 apr, 19:54 543
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 136
  • “O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 28 apr, 11:05 122
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 211
  • «O‘zgidromet» 23 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 22 apr, 12:20 144
  • So'nggi yangiliklar
  • Poroshenko Rossiyada qidiruvga berilganiga javob qaytardi 05 мая, 11:48 17
  • Ronaldu Messidan uzoqlashmoqda! 05 мая, 11:23 9
  • Rossiyalik zobitning Buxoroda ko‘rgan-kechirganlari... 05 мая, 11:05 46
  • 118:9: “Barselona” futbol o‘ynashni qizlardan o‘rgansin! 05 мая, 11:00 28
  • Ayollar erkaklarga qaraganda uzoqroq yashashadi, lekin... 05 мая, 10:13 30
  • Saul Alvares va Xayme Mungia ishtirokidagi jang to‘liq davom etdi 05 мая, 09:59 26
  • Messi amerikaliklarni hayratga solishda davom etmoqda 05 мая, 09:53 49
  • Messi “dahshatli” ko‘rsatkich qayd etdi (video) 05 мая, 09:51 60
  • Germaniyada Gebbelsning villasi istalgan odamga berib yuborilishi e’lon qilindi 05 мая, 07:16 139
  • Kanchelskis O‘zbekiston va Qozog‘iston futbolini taqqosladi: "Ular juda oldinlab ketishgan" 05 мая, 06:55 192
  • Xomyakov "Andijon"ning Superligadagi ilk mag‘lubiyati haqida qanday izoh bildirdi? 05 мая, 06:26 88
  • Ivan Boshkovich: "O‘yin vaqtidagi emotsiyalar normal holat" 05 мая, 06:00 48
  • Bo‘limlar