“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 19:27
ЎЗO‘Z

O‘zbekiston Dubaydagi yirik ko‘rgazmada ishtirok etadi

18 apr, 18:54 2 868 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekiston Dubaydagi yirik ko‘rgazmada ishtirok etadi O‘zbekiston Yaqin Sharqda 1994 yildan buyon muntazam ravishda o‘tkazib kelinuvchi eng yirik Arabian Travel Market xalqaro turizm ko‘rgazmasida ishtirok etmoqda, deya xabar beradi Uzbekistan.travel'ga tayanib Kun.uz.

Har yili aprel oyida butun dunyodan turizm sohasining 39 mingdan ziyod mutaxassisi va OAV vakillari Dubai International Convention and Exhibition Centre’da to‘planishadi va to‘rt kun davomida o‘zaro tajriba almashishadi, bitimlar imzolashadi, jahon turizmining so‘nggi yangiliklari va trendlaridan xabardor bo‘lishadi.

B2B formatidagi uchrashuvlar natijasida, butun dunyo sayyohlari va turoperatorlari uchun 2800 dan ortiq turistik mahsulot va yo‘nalishlar namoyish qilinadi.

28 apreldan 1 maygacha o‘tkazilishi kutilayotgan navbatdagi ko‘rgazmada O‘zbekiston ham o‘zining milliy stendi bilan ishtirok etadi.

Bunday nufuzli ko‘rgazmada qatnashish yangi bozorlarga chiqish, yangi mijozlar orttirish hamda mavjud aloqalarni mustahkamlash, yangi mahsulotlarni yo‘lga qo‘yish imkonini beradi.

Arabian Travel Market 2019 ko‘rgazmasida ishtirok etuvchilar asosan mehmonxona biznesi vakillari, turoperatorlar, transport kompaniyalari, mehmondorchilik sanoati mutaxassislari, o‘quv muassasalari va ixtisoslashgan ommaviy axborot vositalari.

Shuningdek, Dubaydagi ko‘rgazmada turli anjumanlar, seminarlar, ma’ruzalar o‘tkazilib, ularda turizm sohasining yetakchi ekspertlari o‘z tajriba va bilimlari bilan almashishadi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • 5 may kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 04 мая, 11:46 142
  • Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi 30 apr, 19:54 545
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 138
  • “O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 28 apr, 11:05 123
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 211
  • «O‘zgidromet» 23 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 22 apr, 12:20 145
  • So'nggi yangiliklar
  • Naoya Inoue meksikalik raqibini nokautga uchratdi 06 мая, 18:55 0
  • Ot sporti. Konkur bo‘yicha yana bir turnir o‘tkazildi 06 мая, 18:18 0
  • Si Szinpin Falastindagi mojaroni hal qilish shartlarini aytdi 06 мая, 17:57 1
  • Yetti nafar o‘zbekistonlik mehnat muhojiri Qozog‘istondan chiqarib yuborildi 06 мая, 16:34 23
  • AQSH Isroil bilan tinchlik o‘rnatishga rozi bo‘lgandan keyingina Ar-Riyod bilan shartnoma tuzadi 06 мая, 16:10 33
  • Toshkentdagi issiqlik ta’minoti operatori daraxt tagida qolib ketgan qizaloq yuzasidan munosabat bildirdi 06 мая, 15:45 50
  • Qozog‘istonlik milliarder Angliya klubini sotib oldi 06 мая, 15:25 119
  • Braziliyada suv toshqinlari: qurbonlar soni 75 kishiga yetdi 06 мая, 15:00 45
  • Mashhur agent PSJga to‘rtta yulduzni tavsiya qilmoqda 06 мая, 14:38 75
  • Robert Levandovski: “Mbappe futbolchi va shaxs sifatida juda aqlli” 06 мая, 14:14 20
  • Xarkivga yana bomba zarbalari uyushtirildi 06 мая, 13:52 103
  • Ishsizlik nafaqasi miqdorini belgilashga aniqlik kiritilmoqda 06 мая, 13:29 50
  • Bo‘limlar