“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 12:27
ЎЗO‘Z

Shavkat Mirziyoyev Davos forumida ishtirok etish uchun taklif etildi

17 apr, 14:17 3 173 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Shavkat Mirziyoyev Davos forumida ishtirok etish uchun taklif etildi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2020 yili Shveysariyaning Davos shahrida tashkil etiladigan va shu nom bilan ataladigan xalqaro iqtisodiy forumda ishtirok etish uchun taklif etilmoqda. Bu haqda Moliya vazirligining Davlat suveren, korporativ qarz majburiyatlari va davlat qarzi boshqarmasi boshlig‘i Temurmalik Narziqulovga tayanib Kun.uz nashri ma’lum qildi.

«Diqqatga sazovor Xalqaro iqtisodiy forum tashkiloti tomonidan o‘tkaziladigan Davos forumida ishtirok etish uchun Shavkat Mirziyoyev nomiga taklifnoma kelib tushgan. Bu O‘zbekistonning iqtisodiy salohiyati va investitsion muhitini jahonga tanitish uchun yaxshi imkoniyat. Ayni paytda esa davlat rahbarining ishtiroki borasida yakuniy javob berilmagan. O‘ylaymanki, ushbu imkoniyatdan oqilona foydalanamiz», — deydi u.

Ma’lumot uchun, xalqaro anjuman 1971 yilda tashkil etilgan Xalqaro iqtisodiy forum nodavlat notijorat tashkiloti tomonidan, 1988 yili imzolangan Davos deklaratsiyasidan so‘ng, muntazam o‘tkazib kelinmoqda. Unda siyosatchi, davlat arboblari, iqtisodchi va turli sohalarning yetuk mutaxassislari global siyosatga oid mavzularda muhokamalarda ishtirok etadi. So‘nggi marta forum ishtirokchilari to‘rtinchi sanoat inqilobi mavzusida suhbatlashgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi 30 apr, 19:54 516
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 134
  • “O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 28 apr, 11:05 119
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 210
  • «O‘zgidromet» 23 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 22 apr, 12:20 142
  • O‘zbekistonda 22 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumoti 22 apr, 00:55 172
  • So'nggi yangiliklar
  • Ruslanbek Jiyanov: "Yaponiya terma jamoasi bilan ikki yil avval ham to‘qnash kelganmiz" 02 мая, 11:53 0
  • Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi 02 мая, 11:30 35
  • Kolumbiya Isroil bilan diplomatik aloqalarni uzdi 02 мая, 11:06 13
  • Saudiya Arabistoni energetika vaziri O‘zbekistonga tashrif buyuradi 02 мая, 10:43 6
  • Rossiya hududlari dronlar hujumi haqida xabar berdi 02 мая, 10:20 70
  • Germaniyada Rheinmetall qurol kompaniyasi rahbarining dachasi yoqib yuborildi 02 мая, 09:56 55
  • Taniqli aktyor va rejissyor Mashrab Kimsanov 69 yoshida vafot etdi 02 мая, 09:36 84
  • Toshkentda voyaga yetmagan qizga shilqimlik qilgan yigitga sud hukmi o‘qildi 02 мая, 09:31 65
  • Tbilisidagi namoyishlar: politsiya qalampir gazidan foydalandi 02 мая, 08:53 24
  • AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi 02 мая, 08:32 129
  • Ronaldu "Al Nassr"ni Qirol kubogi finaliga olib chiqdi 02 мая, 08:27 83
  • Chempionlar ligasi 1/2 final. “Borussiya D” o‘z maydonida “PSJ”ni kichik hisobda mag‘lub etdi 02 мая, 08:21 42
  • Bo‘limlar