“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 08 2024, 02:31
ЎЗO‘Z

O‘zbekistonda dam olish kunlari qanday ob-havo kutilyapti?

12 apr, 11:00 3 483 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekistonda dam olish kunlari qanday ob-havo kutilyapti? Respublika Gidrometeorologiya markazi 13 - 16 aprel kunlari bo‘yicha ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazmda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-15 daraja iliq, kunduzi 13 aprelda 23-28 daraja, 14-16 aprelda 20-25 daraja issiq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatida havo o‘zgarib turadi, 13-14 aprelda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 15-16 aprelda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 12-17 daraja iliq, kunduzi 13-14 aprelda 23-28 daraja issiq, 15-16 aprelda 17-22 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, 13-14 aprelda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 15-16 aprelda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 13-14 aprelda kechasi 10-15 daraja iliq, kunduzi 22-27 daraja issiq, 15-16 aprelda kechasi 12-17 daraja, kunduzi 17-22 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatida havo o‘zgarib turadi, 13-14 aprelda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 15-16 aprelda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 13-14 aprelda kechasi 12-17 daraja iliq, kunduzi 25-30 daraja issiq, 15-16 aprelda kechasi 13-18 daraja iliq, kunduzi 20-25 daraja issiq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 13-15 aprelda 10-15 daraja, 16 aprelda 12-17 daraja iliq, kunduzi 13 aprelda 20-25 daraja, 14-15 aprelda 22-27 daraja issiq, 16 aprelda 17-22 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, 13-14 aprelda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 15-16 aprelda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 13 aprelda 2-7 daraja, 14-16 aprelda 5-10 daraja, kunduzi 13-14 aprelda 13-18 daraja, 15-16 aprelda 8-13 daraja iliq bo‘ladi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • 5 may kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 04 мая, 11:46 146
  • Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi 30 apr, 19:54 554
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 144
  • “O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 28 apr, 11:05 127
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 211
  • «O‘zgidromet» 23 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 22 apr, 12:20 145
  • So'nggi yangiliklar
  • Isroil rasmiysi: “Isroil urushni to‘xtatmaydi” 08 мая, 00:13 18
  • Putin taktik yadro quroli bilan mashg‘ulot o‘tkazishni buyurdi. Bu nimani anglatadi? 07 мая, 23:49 68
  • Apple yangi iPad Air va iPad Pro taqdimotini o‘tkazdi 07 мая, 23:25 17
  • Mirjalol Qosimov: "O‘yinni tashlab yubormay, oxirigacha kurashganimiz meni quvontirdi" 07 мая, 23:03 42
  • Ro‘ziqul Berdiyev: "Tablodagi hisob 4:1 ko‘rinishiga kelganidan so‘ng xotirjamlikka berildik" 07 мая, 22:44 74
  • Kuba prezidenti harbiy paradda ishtirok etish uchun Moskvaga keldi 07 мая, 22:16 69
  • Mashhur yozuvchi Stiven King Putin va Zelenskiyga o‘zaro mushtlashishni taklif qildi 07 мая, 21:55 100
  • Amerikaliklarning 60 foizdan ortig‘i AQSH prezidentining iqtisodiy islohotlaridan norozi bo‘lmoqda 07 мая, 21:30 43
  • Superliga. OKMK va "Nasaf" o‘rtasidagi o‘yinda 7 ta gol urildi 07 мая, 21:11 84
  • Turk dunyosining umumiy alifbosi 2026 yilgacha shakllanishi mumkin 07 мая, 21:01 64
  • Fuqaro foydasiga 130 million so‘m undirildi 07 мая, 20:45 24
  • Superliga. "Paxtakor" 7 ta gol urilgan o‘yinda "Metallurg"ni mag‘lub etdi 07 мая, 20:32 53
  • Bo‘limlar