“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 08 2024, 13:19
ЎЗO‘Z

Mirziyoyev: “Qarsaklar, balandparvoz gaplarga chek qoʻyib, har bir xonadon, shaxs bilan alohida ishlash zarur”

30 mar, 14:17 3 333 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Mirziyoyev: “Qarsaklar, balandparvoz gaplarga chek qoʻyib, har bir xonadon, shaxs bilan alohida ishlash zarur” Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida Buxoro viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalariga bagʻishlangan faollar yigʻilishi boshlandi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Davlat rahbari mamlakatimiz ichki va tashqi siyosatida ulkan islohotlar amalga oshirilayotgani, uning natijalari har bir sohada sezilib, odamlar ertangi kunga umid bilan qarayotganini taʼkidladi.

- Hamma ishlarimiz, rejalarimiz Oʻzbekiston xalqining manfaati uchun. Bu hududlarda, har bir koʻchada, odamlar hayotida namoyon boʻlishi uchun quyi darajada sifat, bilim, fidoyilik yuqori boʻlishi kerak. Qarsaklar, balandparvoz gaplarga chek qoʻyib, har bir xonadon, shaxs bilan manzilli, alohida-alohida ishlash zarur, - dedi Shavkat Mirziyoyev.

Mamlakatning barcha hududlari singari Buxoro viloyatini ham jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi daromadlarini oshirish va hayotini yaxshilash ishlariga ustuvor eʼtibor qaratilayotgani qayd etildi.

– Moddiy koʻmak, tizim boʻmasa, natija boʻlmaydi. Shuning uchun har bir qarorni moddiy manbalari bilan qabul qilyapmiz. Buxoroga ham katta tayyorgarlik bilan keldik, – dedi prezident.

2019-2020 yillarda viloyatda sanoat, xizmat koʻrsatish va qishloq xoʻjaligi sohalarida umumiy qiymati qariyb 25 trillion 353 milliard soʻm boʻlgan 625 ta yirik va oʻrta investitsiya loyihalari dasturi ishlab chiqilgani taʼkidlandi. Bu salkam 30 ming doimiy ish oʻrni yaratishni taʼminlaydi.

Yigʻilishda viloyat iqtisodiyotini rivojlantirish, investitsiya loyihalarini amalga oshirish, ish oʻrinlarini koʻpaytirish boʻyicha ustuvor vazifalar belgilab berilmoqda.

Uni videoselektor orqali shahar va tumanlar aholisi kuzatib bormoqda, deyiladi xabarda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • 5 may kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 04 мая, 11:46 146
  • Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi 30 apr, 19:54 554
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 144
  • “O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 28 apr, 11:05 127
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 212
  • «O‘zgidromet» 23 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 22 apr, 12:20 145
  • So'nggi yangiliklar
  • Olimpiadaga chiqqan futbolchilar qancha mukofot pullari olgani ma’lum bo‘ldi 08 мая, 12:50 0
  • Gollivudning eng uyatchan yulduzlari (foto) 08 мая, 12:22 0
  • Hindiston aeroportida ikki nafar o‘zbekistonlik 5 kilo oltin bilan ushlandi 08 мая, 12:00 0
  • BMT Isroilni xalqaro huquqning barcha normalarini buzganlikda aybladi 08 мая, 11:35 4
  • Si Szinpin Makronni omma oldida e’tibordan chetda qoldirdi 08 мая, 11:16 58
  • Luis Enrike PSJning ECHLdan chiqib ketishiga munosabat bildirdi 08 мая, 10:58 39
  • Onkolog tatuirovka ishqibozlarini jiddiy ogohlantirdi 08 мая, 10:35 19
  • Putin Rossiyada tug‘ilishni ko‘paytirishga buyruq berdi 08 мая, 10:16 79
  • Rossiyalik xaker uchun 10 million dollar va’da qilindi 08 мая, 09:53 106
  • “Chelsi”ning eng yomon o‘yinchilari nomi aytildi 08 мая, 09:30 52
  • Qirg‘iziston-Tojikiston davlat chegarasida otishma sodir bo‘ldi 08 мая, 09:27 112
  • O‘zbekistonda Vengriya va Yevropa kompaniyalari uchun maxsus iqtisodiy zona ishga tushiriladi 08 мая, 08:57 24
  • Bo‘limlar