“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 12:56
ЎЗO‘Z

Oʻzbekistonda “turistik mahallalar” quriladi

27 mar, 14:43 3 183 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Oʻzbekistonda “turistik mahallalar” quriladi Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasining “Qishloq joylarda agroturizm sohasini jadal rivojlantirish yuzasidan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori loyihasi joylashtirildi.

Hujjatga koʻra, Surxondaryo viloyati hokimligi, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Madaniyat vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasining tajriba tariqasida fermer xoʻjaliklari va boshqa qishloq xoʻjaligi korxonalarining faoliyatini kengaytirish va diversifikatsiya qilish, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari, shu jumladan, sharob mahsulotlari, quritilgan mevalar, shirinliklar va boshqalarni joyida tatib koʻrishni tashkil qilish yoʻli bilan ular hududida yagona tuzilmaga biriktirilgan agro-etno-qishloq shaklidagi model uyushma barpo etish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullanishi mumkin.

Surxondaryo viloyati hokimligi tadbirkorlik subyektlarini jalb qilgan holda qishloq turistik klasteri faoliyati samarali yoʻlga qoʻyilishini taʼminlaydi.

Bunda baxshichilik sanʼati, kashtadoʻzlik, anʼanaviy mahalliy raqs va milliy cholgʻu asboblari koʻrgazmasi, milliy musobaqa va oʻyinlarni oʻtkazilishiga alohida eʼtibor qaratiladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Madaniyat vazirligi bilan birgalikda 2019 yil yakuniga qadar dastlabki loyiha natijalarini tahlil qiladi va natijalari boʻyicha ijobiy tajribani boshqa hududlarda tatbiq etish yuzasidan takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi:

Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyat hokimliklari bilan birgalikda yetakchi loyiha institutlarini jalb etgan xolda qishloq va etnografik turlar (anʼanaviy turmush tarzi, hunarmandchilik, taom tayyorlash va boshqalar) doirasida sayyohlarni qabul qilish istagiga va imkoniyatiga ega boʻlgan dehqon va fermerlar uchun “turistik mahalla” tipidagi uy-joy komplekslari (anʼanaviy uslubdagi) namunaviy loyihasini milliy va zamonaviy arxitekturaning uygʻunlashgan uslubida ishlab chiqadi.

Belgilanishicha, “turistik mahalla” tipidagi uy-joy komplekslari namunaviy loyihasini ishlab chiqish xarajatlari Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi huzuridagi byudjetdan tashqari Turizm sohasini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi;

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda 2020-2025 yillar uchun har yili 1 fevralga qadar tasdiqlanadigan agroturizmni tashkil etish va rivojlantirish boʻyicha hududiy dasturlar doirasida turistik salohiyatga ega boʻlgan tumanlarda kamida ikkitadan “turistik mahalla” tipidagi uy-joy komplekslari qurilishini taʼminlaydi.

Bunda qurilish uchun tanlab olingan hududda tabiiy ravishda oʻsadigan oʻsimliklardan foydalangan xolda komplekslar yon-atrofini zamonaviy landshaft dizayni uslubida obodonlashtirishga alohida eʼtibor qaratiladi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • 5 may kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 04 мая, 11:46 12
  • Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi 30 apr, 19:54 535
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 135
  • “O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 28 apr, 11:05 119
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 211
  • «O‘zgidromet» 23 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 22 apr, 12:20 144
  • So'nggi yangiliklar
  • Endi maktablarda pedagogik sinflar tashkil etiladi 04 мая, 12:00 0
  • Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi? 04 мая, 11:50 4
  • 5 may kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 04 мая, 11:46 12
  • "Manchester Siti" futbolchisi Gvardiola haqida bor haqiqatlarni aytdi 04 мая, 11:41 16
  • Tbilisida noma’lum shaxslar namoyishchilarga hujum qildi 04 мая, 11:37 6
  • Ukraina yaradorlar bilan qanday muomala qilayotgani ma’lum qilindi 04 мая, 09:02 137
  • Moskvada "Falungun" sektasi tarafdorlari qo‘lga olindi 04 мая, 08:35 73
  • Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi 04 мая, 08:08 14
  • Gruziya Bosh vaziri AQSHga tashrif buyurishdan bosh tortdi 04 мая, 07:40 122
  • Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi 04 мая, 07:13 72
  • AQSH va Yaponiya gipertovushli qurollarni urib tushirish uchun raketa yaratadi 04 мая, 06:50 61
  • Umarali Rahmonaliyev: "Butun O‘zbekiston xalqidan ming bor uzr so‘rayman" 04 мая, 06:30 219
  • Bo‘limlar