“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 11:48
ЎЗO‘Z

Prezident qabulxonasi haqidagi xabarlarga oydinlik kiritildi

27 mar, 10:00 2 833 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Prezident qabulxonasi haqidagi xabarlarga oydinlik kiritildi Internetda Toshkent shahrining Qoratosh va Furqat koʻchalari kesishmasida prezident Shavkat Mirziyoyevning qabulxonasi ochilishi toʻgʻrisida xabarlar tarqaldi.

Iddao etilishicha, navbatga yozilgan ilk fuqarolar bilan prezident Mirziyoyev shaxsan uchrashadi va ularning murojaatlarini tinglaydi.

Kun.uzʻning hukumatdagi manbasi bildirishicha, bu haqdagi xabarlar yolgʻondir. Toshkent shahrida prezidentning shaxsan oʻzi fuqarolar bilan uchrashadigan hech qanday qabulxona ochilmaydi.

Shuningdek, onlayn-translyatsiya koʻrinishidagi qabullarni tashkillashtirish ham rejada yoʻq.

Manba bu kabi asossiz xabarlarga ishonmaslikka chaqirdi.

Maʼlumki, prezident virtual qabulxonasi Rossiya, Qirgʻiziston, Belarus, Ukraina va boshqa koʻplab davlatlarda bor. Biroq, hech bir mamlakatda prezidentning shaxsan oʻzi qabulxonada oʻtirishi kuzatilmaydi. Qabulxonalarda ishlovchi shaxslar davlat rahbarining vakili sanaladi.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekistonning barcha hududlarida Prezidentning Virtual va Xalq qabulxonalari tashkil etildi. 2017 yil esa Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili, deb eʼlon qilingandi.

2019 yil 17 yanvarda Oʻzbekiston prezidentining “Aholi muammolari bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmoni qabul qilindi.

Hujjat bilan 2019 yil 1 fevraldan boshlab Xalq qabulxonalarining aholi murojaatlari bilan ishlash boʻyicha amaldagi tizimi bilan bir qatorda, Xalq qabulxonalarining muammolarni uyma-uy yurish orqali aniqlash va hal qilishini, davlat organlarining aholi bilan bevosita ishlashini nazarda tutuvchi yangi tizim joriy qilindi.

Prezident farmoni bilan Xalq qabulxonalariga bir qator qoʻshimcha vazifalar ham yuklatildi. Xususan, endi Prezident Xalq qabulxonalari sektorlar, davlat organlari va boshqa tashkilotlarning uyma-uy yurish, ijtimoiy va boshqa obyektlarni oʻrganish orqali ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni aniqlash va hal qilish borasidagi faoliyatini doimiy ravishda muvofiqlashtirib boradi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • 5 may kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 04 мая, 11:46 141
  • Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi 30 apr, 19:54 544
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 136
  • “O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 28 apr, 11:05 123
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 211
  • «O‘zgidromet» 23 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 22 apr, 12:20 145
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiya tashqi ishlar vaziri Makronni Napoleon va Gitler bilan solishtirdi 06 мая, 11:00 0
  • Tadqiqot: dunyoda antisemitizm to‘lqini kuzatilmoqda 06 мая, 10:36 0
  • Si Jinping Ukrainada tinchlik o‘rnatish bo‘yicha Parij bilan hamkorlikka tayyorligini bildirdi 06 мая, 09:45 17
  • Oq uy Ukraina 2025 yilda hujumga o‘tishini taxmin qilmoqda 06 мая, 09:41 21
  • APL. “Liverpul” 6 ta gol urilgan o‘yinda “Tottenhem”ni mag‘lub etdi 06 мая, 08:26 24
  • Yaponiyada tish o‘stiruvchi dunyodagi birinchi dori sinovdan o‘tkaziladi 06 мая, 08:21 18
  • Bekxem Ronalduni “Inter Mayami”ga olib kelish bo‘yicha ish boshladi 06 мая, 06:00 80
  • AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi 06 мая, 00:30 199
  • Surxondaryoda Telegram orqali arzon mahsulot sotishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 06 мая, 00:12 31
  • Ispaniya va Argentina o‘rtasida diplomatik mojaro yuzaga keldi 05 мая, 23:50 170
  • Aleksandr Stoymirovich: "Tarkibimizda yo‘qotishlar bor" 05 мая, 23:34 66
  • Samvel Babayan: "Istalgan jamoa Namanganga kelganida himoyaviy uslubda o‘ynaydi" 05 мая, 23:20 58
  • Bo‘limlar